Мавзу: ареал ща+ида таълимот


Evropa-Sibir o’rmon kichik viloyati


Download 370.5 Kb.
bet23/42
Sana25.07.2023
Hajmi370.5 Kb.
#1662371
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’SIMLIKLАR АNАTОMIYASI VА MОRFОLОGIYASI

Evropa-Sibir o’rmon kichik viloyati. Bu kichik viloyatning shimoliy chegarasi Evropa va Osiyodagi o’rmonlarning shimoli (Kola yarim oroli, Oq dengizdan Enisey, Xatanga va Kolim daryosi) orqali o’tadi. Janubiy chegarasi esa Ural tog’ cho’qqisi hamda G’arbiy Sibir tekisligining qayin, qarag’ay, daur tilog’ochi o’sadigan janubiy chegaralari orqali o’tadi. Shunday qilib, Tinch okean bilan Atlantika okeani o’rtasidagi eni 1000 km bo’yi 5000 km dan iborat maydonni o’z ichiga oladi.
Bu kichik viloyat uchun xos bo’lgan o’simliklardan fin qarag’ayi (Skandinaviya uchun endem), oddiy qarag’ay(Kola yarim oroli uchun endem), Sibir qarag’ayi (Oq dengizdan Uzoq Sharqqacha), pixta, tilog’och, ayan qarag’ayi(Uzoq Sharq uchun xos), chetan, cheremuxa, qayin, grab, eman, zarang, lina, tog’terak kabilarni ko’rsatish mumkin.
Ninabargli aralash va keng bargli o’rmonlarning chiqib kelish tarixi bir xil bo’lib, boreal, O’rta Evropa va atlantik flora elementlaridan tashkil topgan.
Evropa-Sibir floristik viloyatining deyarli ko’pchilik qismi to’rtlamchi muz qatlami ostida qolib, qadimgi uch­lamchi o’simlik yo’qolib ketgan. Zakarpate, Donets o’lkasi(Kryaji), Janubiy Ural Oltoy tog’oldi va Sayan maydonlarigina muzlik ta’siriga duch kelmagan. Muzlikning chekinishi bilan aynan shu erlarda yana o’simliklar keng tarqala boshlagan.
Xitoy—Yapon viloyati Golarktik olamning eng qadimiy kichik viloyati. U 20000 dan ortiq o’simlik turiga ega. Bu kichik viloyat territoriyasida bo’r davridan buyon sodir bo’lgan qandaydir katta o’zgarishlar(muzlik qoplashi) sababli uchlamchi davrdan hozirgi kungacha relikt tipli tekislik va tog’ florasi saqlanib kelmoqda.
Xitoy territoriyasida Manjuriya, Shimoliy Xitoy, Markaziy Xitoy va Janubiy(nam subtropik) Xitoy floralarini ko’rish mumkin. Bu erlarda daur tilog’ochi, koreya kedri, Man­juriya va Ussuriya qarag’ayi, mo’g’il emani, zarang, shumtol, grab, baxmal daraxti, to’t daraxti, bambuk va boshqa turkumlarning vakillari ko’p uchraydi.
Yapon orollari florasi Yapon orollarining Osiyo materigidan ajralishi u erlarda o’ziga xos endem o’simlik turlarining vujudga kelishiga sabab bo’lgan.
Bahor va yoz mavsumida bu erlarda olxo’ri, navro’zgul, qarg’atuyoq, jenshen, sarvigul va liliya(piyozgul)larning gullashi, kuz-qish mavsumida esa xrizantema va kammeliyalarning gullab turishi Yapon orollari manzarasini bezab turadi. Yaponiyaning janubida tropik fikuslar, palmalar, yapon zaranglari, yong’oq daraxtlari, kashtan va podokarpuslar, O’rta Yaponiyada Uzoq Sharq uchun xos bo’lgan eman, qoraqarag’ay, jo’ka, grab, qayin va tuxumak(sofora) o’rmonlar hosil qiladi.
Kriptomeriya, podokarpus, tiss, qarag’ay, tiog’och, oq qarag’ay, qora qarag’ay va archa kabi ochiq urug’li o’simliklar Shimoliy Yaponiyada juda keng tarqalgan.
Xitoy florasi uchlamchi davrdan boshlab rivojlana borib, hozirgi vaqtda mavjud bo’lgan subtropik, ninabargli, keng bargli va aralash o’rmonlar vujudga qelgan.

Download 370.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling