Мавзу: ареал ща+ида таълимот


O’rmonli O’rta dengiz viloyati


Download 370.5 Kb.
bet24/42
Sana25.07.2023
Hajmi370.5 Kb.
#1662371
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’SIMLIKLАR АNАTОMIYASI VА MОRFОLОGIYASI

O’rmonli O’rta dengiz viloyati. Bu floristik viloyat Janubiy Evropa va Shimoliy Afrikaning Atlantik dengizi qirg’oqlari bo’ylab, O’rta dengiz, Qoradengiz, Kichik Osiyo, Suriya, Palastin, Shimoliy Afrika, Misr va Marokko territoriyasini o’z ichiga oladi.
To’rtlamchi davrda umumiqlim sharoitlari o’zgara borib O’rta dengiz atrofidagi o’simliklarga ta’sir eta boshlagan. Natijada O’rta dengizning shimolida ninabargli tropik o’simliklar mavjud bo’lgan.
Tekisliklarda tropik va subtropik o’rmonlar mavjud bo’lib, tog’ mintaqasida chinor, yong’oq, kashtan, terak, eman, qoraqayin kabilardan tashkil topgan keng bargli o’rmonlar, qarag’ay, qoraqarag’ay, oqqarag’aylardan iborat ninabargli o’rmonlar rivojlangan.
Pliotsenda hamda muzlikaro davrlarda O’rta dengiz viloyati florasining kserofit o’simliklardan tashkil topishi va tropik floraning yo’qola borishiga olib kelgan.
Shunday qilib, O’rta dengiz viloyatida hozirgi vaqtda lavr, chinor, zaytun, eman, anjir, shamshod, allet qarag’ayi, paporotniklardan tashkil topgan doim yashil bo’talar va daraxtlar mavjud bo’lib, sof O’rta dengiz flora elementini tashkil qiladi. Bulardan tashqari Fap6 tomondagi ya’ni Kanar orollaridagi kanar lavri, eman, kanar palmasi kabilar Makaroneziya flora elementi; yong’oq, tok, tsefalotaksus kabilardan iborat Sharqiy Osiyo turlari va qarag’ay, qoraqarag’ay, oqqarag’ay, tilog’och, qayin, qoraqayin, qayrag’och, shumtol, zarang, eman kabilardan iborat mu’tadil — evropa florasi uchraydi.
O’rta dengiz kichik viloyati florasining 60% i endem turlardan tashkil topgan. Bu kichik viloyatning sharqiy qismida g’arbiy qismiga nisbatan iqlim ancha quruq bo’lib, chalov, astragal, shuvoq, dasht piyozi kabi o’t o’simliklar ko’p uchraydi.
Bu viloyat bug’doy, suli, no’xat, zig’ir, kanop, karam, sabzi, turp, zaytun, tut, bodom, yong’oq, lavr, kashtan, mirta, tiss kabi o’simliklarning vatani hisoblanadi(Misr, Old Osiyo, Zakavkaze). Xitoy, Yaponiya va Amerikadan keltirib o’stirilgan tsitrus o’simliklari(apelsin, limon, mandarin); tok, atirgul, Avstraliya ekvalipti, kazuarina, kaktus, agava, yukka kabilar ko’p uchraydi.

Download 370.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling