Мавзу: ареал ща+ида таълимот


Download 370.5 Kb.
bet27/42
Sana25.07.2023
Hajmi370.5 Kb.
#1662371
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’SIMLIKLАR АNАTОMIYASI VА MОRFОLОGIYASI

Paleotropik olam
Afrika va Osiyo materigida joylashgan bo’lib, dipterokarpdoshlar, nepentesdoshlar, pandanusdoshlar, rafleziyadoshlar, sapindadoshlar, palmadoshlar, bignoniyadoshlar, imbirdoshlar, orxisguldoshlar, anonadoshlar, sutpechakdoshlar kabi oilalarning ko’pchilik vakillari endem hisoblanadi. Bu olam florasini quyidagi 5 ta viloyatga bo’lib o’rganish mumkin.
Hind—Afrika viloyati. Afrikadagi Sahroi Kabir cho’lidan Oranj daryosigacha. bo’lgan joylarni, Osiyodan Arabiston, Hindiston va Hindixitoyni o’z ichiga oladi. Uning Shimoliy chegarasi Himolay tog’lari orqali o’tadi.
Mezazoy erasining bo’r davridan va kaynazoy erasining uch­lamchi davridan boshlab Kongoda va Gvineyada turlarga boy tropik flora vujudga keladi. Bu erlarda 13 000 dan ortiq tur mavjud bo’lib, ular tutdoshlar, dukkakdoshlar, palmadoshlar, anonadoshlar, sterkuliyadoshlar, pandanusdoshlar kabi tropik oilalarning vakillaridir.
Uchlamchi davrda Sharqiy Afrika va Arabiston territoriyasida iqlim quruqlashib, doim yashil uchlamchi gileya o’rmonlari bargini to’kuvchi o’rmonlar bilan almashina bordi. Keyinchalik o’rmonlar siyraklashib savanna o’rmonlari bilan, savanna o’rmonlari esa savannalar bilan almashingan.
Hindiston territoriyasida ham shunday o’zgarishlar sodir bo’lib, uchlamchi nam tropik flora boreal flora bilan alma­shina borgan. Bu hodisa ayniqsa tog’li rayonlarda yaqqol ifodalanib, ninabargli tog’ o’rmonlari va alp o’tloqlarining vu­judga kelishiga olib kelgan.
Bu viloyat uchun rafi palmasi, moyli palma, liliya, kofe daraxti, bananlar, bambuklar, chalov, qamish, aka­tsiya, sutlama, kaktuslar va boshqa bir qancha o’simliklar xarakterlidir.
Maleziya viloyati. Shimoliy-g’arbiy himolay tog’lari bilan, Sharqiy Xitoyning janubiy chegarasi bilan tutashib Gavay orollarigacha cho’zilgan. Shuningdek Janubiy Amerikaga yaqin orollarni Yangi Zelandiyani ham o’z ichiga olgan. Janubda esa Avstraliya floristik viloyati bilan chegaralanadi.
Arxeologik qazilmalarga ko’ra bu viloyatning iklimi ham, florasi ham uchlamchi davrdan buyon deyarli o’zgarmagan. Yiliga bu erlarda 2500—10000 mm yog’in yoqqan. Yil davomida issiq va nam iqlimning mavjudligi nam tropik o’r­monlar florasining rivojlanishiga imkon bergan. Maleziya florasi 45000 turga ega. Ular orasida dukkakdoshlar va dipterokarpadoshlar oilasining vakillari keng tarqalgan.
Tsezalpiniya, altingiya, fikus, sagovnik, qalampirmunchoq daraxti, dolchin daraxti va 300 turdan iborat palmalar Maleziya viloyati uchun xarakterlidir. Shuningdek, orxisgul va paporotniklarning juda ko’p turlari epifit holda uchraydi. Nepentes, rafleziya kabi hasharotxo’r o’simliklar ham ko’p o’sadi. Maleziya viloyati sholi, banan, shakarqamish, non daraxti, taro, yams va choy o’simliklarining markazi hisoblanadi.

Download 370.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling