Мавзу: ареал ща+ида таълимот


Download 370.5 Kb.
bet28/42
Sana25.07.2023
Hajmi370.5 Kb.
#1662371
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’SIMLIKLАR АNАTОMIYASI VА MОRFОLОGIYASI

Yangi Zelandiya viloyati asosan, Yangi Zelandiya oroli va uning atrofidagi joylarni o’z ichiga oladi. viloyatning shimoliy qismi subtropik, janubida esa o’rtacha iqlimli bo’lib, yillik yog’ingarchilik miqdori 500—5000 mm atrofida o’zgarib turadi.
O’simliklar va hayvonot dunyosi mezozoy erasidan buyon saqlanib qolgan bo’lib, endem turlarga boy. Tog’ cho’g’g’ilarida doimiy qor va muz qatlamlari mavjud. Doim yashil subtropik o’rmonlarda turli xil daraxtlar bilan birga paporotniklar, kordilina, podokarpuslar, libotsedrlar, doim yashil qoraqayinlar, daraxtsimon veronikalar, 50 ga yaqin moxlar va 30 ga yaqin lishayniklar ham o’sadi.
Yangi Zelandiya kichik viloyatida hozirgi vaqtda evkalipt, akatsiya kabi Avstraliyada o’suvchi o’simliklar uchramaydi. Ammo uchlamchi davr yotqiziqlaridan ularning qoldiqlari topilgan. Shunga asoslanib Yangi Zelandiya florasi Avstraliya florasi bilan ma’lum darajada bog’langan deb hisoblash mumkin.
Keyinchalik Yangi Zelandiyaga Maleziya florasining panda­nus va palma kabi vakillari kirib kela boshlagan.
Yangi Zelandiya zig’iri texnik tola olishda, orlyak deb atalgan paporotnik ovqat sifatida, kauri daraxti smola olishda ishlatiladigan foydali o’simlik hisoblanadi.
Gavay viloyati quruqlikdan 3000 km uzokda joylashgan bo’lib, Sandvich va Gavay kabi vulqonli orollarni o’z ichiga oladi. Bu orollar atrofidagi dengizlarning chuqurligi bir necha ming metrni tashkil etadi.
Gavayi orollarida keng tarqalgan o’simliklardan metrosideraslar, pandanuslar, akatsiyalar, palmalar, daraxtsimon
paporotniklarni ko’rsatish mumkin. Ularning ko’pchiligidan
texnik moy olinadi.
Sandvich orollari 705 o’simlik turiga, ega bo’lib, ulardan 653 tasi(yoki 93%) endemdir. Bu erdagi o’simlik turlarining 76%i daraxt va butalardan, 24%i o’tlardan iborat bo’lib, ochiq urug’li o’simliklarning birortasi ham uchramaydi.
Gavay va Sandvich orollarining geografik jihatdan boshqa materiklardan ajralib qolgan joylanishi u erda o’suv­chi o’simlik turlarining ma’lum darajada sof holda saqlanib kelishiga imkon bergan.

Download 370.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling