Мавзу: ареал ща+ида таълимот
Download 370.5 Kb.
|
portal.guldu.uz-O’SIMLIKLАR АNАTОMIYASI VА MОRFОLОGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Meksika viloyati.
- And viloyati.
Tropik viloyat. Antil va Bagam orollari arxipelagini, Janubiy Florida va Markaziy Amerikani jo’z ichiga oladi. Kichik viloyatning florasi nam tropik o’rmonlar, siyrak o’rmonlar, savannalar, chala cho’l, dasht va subtropik o’rmonlarda o’suvchi o’simliklardan tashkil topgan.
Vest-Indiya, Janubiy Florida, Antil orollari arxipelagi, Bagam va Bermud orollarining iqlimi ancha qulay tropik iqlimdan iborat bo’lganligi uchun hozirgi vaqtda bu erlardagi o’rmonlar maydoni juda qisqarib, ularning o’rniga shakarqamish, g’o’za, ananas kabi ekinlar ekiladi. Hozirgi vaqtda mavjud bo’lgan o’rmonlarda, asosan, maxagon yoki qizil daraxt, tsedrel, seyba, xamedorsa, oreodoksa, kapernitsiya daraxtlari o’sadi. Amazonka tekisligida palmaning 200 dan ortiq turi uchraydi. Shundan 60 tasi endemdir. Ikki pallalilardan bertolletsiya, kakao daraxti, qovun daraxti, geviya, kastilloa, seyba(yoki jun daraxti), kapaifera, tsezalpiniya, lavr, mimoza, bambuk va bananlar juda keng tarqalgan bo’lib, ular muhim xo’jalik ahamiyatiga ega. Maxagon, kvebraxo va tsezalpin daraxtlarining yogochi yuqori sifatli bo’lishi, seyba esa pishiq tola berishi, geveya, kastilloa kabilar kauchukka boy bo’lishi tufayli katta ahamiyatga ega. Meksika viloyati. Meksika tepaligidagi Kolorado cho’li hamda Kaliforniya yarim orollarining kattagina qismini o’z ichiga oladi. Uning florasida kaktuslarning 500 ga yaqin turi mavjud bo’lib, mamillariya turkumining o’zi 240 turga ega, shundan 224 tasi endemdir. Meksika makkajuxori, avokado daraxti, anona, kungaboqar, kartoshkagul kabilarning vatanidir. Evropa(Ispaniya)ga makkajuxori XVI asrning boshlarida, XVII asrda esa Janubiy Evropa, Xitoy va Yaponiyada tarqala boshlagan. And viloyati. Argentinaning bir qismini, Patagoniya, Chili va Peruning janubiy rayonlarini o’z ichiga oladi. And tog’i etaklarida nam tropik o’rmonlar bor. Dengiz satxidan 2000 m balandlikdagi joylarda doim yashil emanlar, podokarpuslardan tashkil topgan tumanli mintaqa o’simliklari uchraydi. Xuddi shu mintaqada xinin va koka daraxtlari keng tarqalgan. Qadimgi peruliklar koka daraxtining bargida kokain va xinin daraxti tarkibida xinin moddasi borligini birinchi bo’lib aniqlaganlar. Xinindan bezgak kasalligini davolashda foydalanilgan. Dengiz sathidan 4000 m ko’tarilgach, tekisliklardagi savannalarga o’xshash manzarali punalar uchraydi. Bu erlarda qurg’oqchilik 6—7 oygacha davom etadi. Punalarda yostiqsimon o’simliklar o’sadi. And tog’larining janub qismida vereshatniklar bo’lib, ular yostiqsimon and chalovlari, yorongul, vodyanika, smorodina, zirk kabi o’simliklardan tashkil topgan. And viloyati geologik jihatdan ancha yosh bo’lib, uchlamchi davrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan. Bo’r davrida Braziliya ekvatorial Afrika bilan bog’langan bo’lib, Braziliya Efiopiya materigini tashkil qilgan. Janubiy Atlantika okeanining vujudga kelishi bu materikning ajralib ketishiga olib kelgan. Janubiy Amerikada uchraydigan 80 dan ortiq o’simlik turi tropik Afrikada ham uchraydi. Bu esa Janubiy Amerika bilan Afrikaning avvallari bir butun materikni tashkil etganligidan dalolat beradi. Paleozoy erasida Amazonkaning o’rnini dengiz egallagan bo’lib, Gviana tog’ini Braziliya yassi tog’idan ajratib turgan. And tog’lari bo’r davridan keyin paydo bo’lgan. Meksika bilan tutashmagan. Ularning tutangashi pliotsen davrida sodir bo’lgan. Ba’zi farazlarga ko’ra And florasining bir qismi bo’r davrida vujudga kelgan va rivojlana borgan, qolgan qismi janub(Antarktida)dan va shimoldan(Golarktikadan) kelib tarqala boshlagan. Download 370.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling