Antarktika viloyati
Antarktik flora olami Janubiy Amerikaning janubi-g’arbidagi Magellan qo’ltig’ini, Olovli Er, Folklend, Janubiy Georgiy orollarini va Antarktida materigini o’z ichiga oladi. Bu viloyatda 1600 ta o’simlik turi bo’lib, ulardan 1200 tasi (yoki 75%) endemdir. Mezodendrondoshlar oilasining parazit holda yashovchi ba’zi vakillari, fitsroy, libotsedr, araukariya deb atalgan ninabargli vakillari, daraxtsimon paporotniklardan belxnum paporotnigi hamda shimoliy subarktika uchun xarakterli bo’lgan vodyanika, alp ajriqboshisi, yorongul, erbahosi kabi gulli o’simliklar Antarktik olam uchun eng xarakterlidir.
Bo’r davrining boshlarida Antarktida bilan Janubiy Amerika o’zaro bog’liq bitta materik bo’lgan. Muzlik davrida Antarktidadagi qadimgi uchlamchi davr gulli o’simliklari nobud bo’lgan va uning o’rnini antarktik flora egallagan. Qazilma holida topilgan qoldiqlar bu fikrni to’liq tasdiqlaydi.
Antarktik olam o’ziga xos floraga ega bo’lgan 3 ta kichik viloyatga bo’lib o’rganiladi.
Subantarktik o’rmon viloyati. Janubiy kenglikning 40—48°larida joylashgan bo’lib, yillik yog’ingarchilik 2160mm ni tashkil qiladi. O’rtacha yozgi temperatura 14°, qishgisi esa 8°. And tog’lari doim yashil o’rmonlar bilan qoplangan.
And tog’larining sharqiy qiyaliklarida yozda yashil o’rmonlar mavjud bo’lib, ularda butalardan zirk, o’tlardan yaskolka, vodyanika bir necha xil mox va paporotniklar uchraydi. Bu o’rmonlarda torfli botqoqliklar ko’p.
Subantarktik o’rmonsiz viloyat asosan, Antarktika materigini, shimoldagi orol va orolchalarini o’z ichiga oladi. Uning florasi butasimon va o’t o’simliklardan tashkil topgan. Shuningdek, gulli o’simliklarning 135 ta turiga ega.
Antarktik qutb-sahro viloyati. Antarktika materigi kiradi. O’simliklardan, asosan moxlar, yopishqoq lishayniklar, qor va muzliklarda rivojlanadigan ba’zi suvo’tlarni uchratish mumkin.
Okeanik olam
Bu viloyatning florasi Er sharidagi barcha dengiz va okeanlarda yashovchi suvo’tlar va 30 ga yaqin gulli o’simliklardan tashkil topgan.
Okeanik olamni 3 ta viloyatga: Shimoliy (boreal), tropik va janubiy kichik viloyatlarga bo’lib o’rganiladi.
Shimoliy okeanik viloyat uchun fikus, laminariya, leseoniya kabi, qo’ng’ir suvo’tlar, tropik viloyat uchun qizil suvo’tlar va sargassum deb ataluvchi qo’ng’ir suvo’tlar, janubiy viloyat uchun makrotsistis(dengiz iloni), durvillea kabi qo’ng’ir suvo’tlar juda xarakterlidir.
I.AMALIY MASHG’ULOTLAR
1-mavzu: Tundra zonasi o’simliklari qoplami morfologik xususiyatlari va turlari tarkibi bilan tanishish
Do'stlaringiz bilan baham: |