Mavzu: Qirqquloqlar bo’limi


Download 1.62 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1575361
Bog'liq
qirqquloq bo\'limi

Mavzu:Qirqquloqlar bo’limi.

  • Reja
  • Paporotniksimonlar haqida ma’lumot?
  • Qirqquloqlar qanday tuzilgan?
  • Qirqquloqlar qanday qilib ko'payadi?
  • Qirqquloqlar va qirqbo'g'imlarning farqini ayting.
  • Zuhrasoch qirqqulog'ining o'ziga xos belgilari nimalardan iborat?
  • Suv qirqqulog'i qanday tuzilgan?

Paporotniksimonlar-polypodiophyuta

  • Paporotniklar o`zining tarqalishi bilan yer shari o`simliklar qoplamida mustaqil Senozlar (jamoalar) hosil qiladi. Ayrim turlari dori sifatida (O`rmon qirqqulog`i), yana boshqalari esa o`g`it (Azolla) va manzarali o`simlik sifatida ishlatiladi.

Bu bo`lim vakillari oldingi bo`limlaridan yirik bargliligi (makrofiliya) bilan ajralib turadi. Barglarining shakli har-xil bo`lib, ular patsimon, panjasimon, chetlari bo`laklarga bo`lingan, ba`zan butun holida bo`ladi.

Yer yuzida qirqquloqlarning 10 000 ga yaqin turi tar-qalgan. Qirqquloqlarga ildizpoyali ko'p yillik o'tlar kiradi. Faqat tropik va subtropik mintaqalardagina ularning daraxt-simon vakillari uchraydi.

  • Yer yuzida qirqquloqlarning 10 000 ga yaqin turi tar-qalgan. Qirqquloqlarga ildizpoyali ko'p yillik o'tlar kiradi. Faqat tropik va subtropik mintaqalardagina ularning daraxt-simon vakillari uchraydi.

Matinli ma’lumot

  • Yer betiga qirqquloqlarning bir to'p patsimon qirqilgan uzun barglari o'sib chiqadi. Yosh barglaming uchi o'ralgan bo'lib, barg o'sgan sari yozila boradi.
  • Qirqquloqlar o'sishi jihatidan qirqbo'g'imlarga o'xshasa ham, lekin bargining yirikligi va spora beruvchi boshoqlari-ning bo'lmasligi bilan ulardan farq qiladi. Qirqquloqlarning sporalari barglarining ostki tomonida yoki chetida joylash-gan qo'ng'ir rangli bo'rtma (sorus)lar ichiga joylashgan sporangiylarda yetishadi.

Matinli va Rasimli malumot.

  • Qirqquloqlarning ko'payishi ham xuddi qirqbo'g'imlar-nikiga o'xshash jinssiz va jinsiy bo'g'inlarning gallanishi bilan sodir bo'ladi. Soruslardagi sporangiylar ichida yetilgan sporalar sporangiy po'sti yorilgach tashqariga chiqadi va shamol yoki suv yordamida tarqaladi.

Nam tuproqqa tushgan sporadan gametofit o'sib chiqadi. Qirqquloqlarning gametofit bo'yi 1 sm keladigan, yashil, yupqa va yuraksimon o'simta bo'lib, pastki qismidagi rizoidlari bilan tuproqqa yopishib turadi. Lekin u uzoq yashamaydi.

  • Nam tuproqqa tushgan sporadan gametofit o'sib chiqadi. Qirqquloqlarning gametofit bo'yi 1 sm keladigan, yashil, yupqa va yuraksimon o'simta bo'lib, pastki qismidagi rizoidlari bilan tuproqqa yopishib turadi. Lekin u uzoq yashamaydi.

Gametofitdagi anteridiylarda ko'p xivchinli harakatchan spermatozoidlar, arxegoniylarda esa tuxum hujayra yetiladi. Yomg'ir paytida anteridiy va arxegoniy uchidan ochiladi va anteridiydan chiqqan spermatozoidlar arxegoniylar ichiga kirib, tuxum hujayra bilan qo'shiladi. Urug'langan tuxum hujayradan murtak hosil bo'ladi. Murtak esa o'sib, undan yangi qirqquloq - sporofit rivojlanadi

  • Gametofitdagi anteridiylarda ko'p xivchinli harakatchan spermatozoidlar, arxegoniylarda esa tuxum hujayra yetiladi. Yomg'ir paytida anteridiy va arxegoniy uchidan ochiladi va anteridiydan chiqqan spermatozoidlar arxegoniylar ichiga kirib, tuxum hujayra bilan qo'shiladi. Urug'langan tuxum hujayradan murtak hosil bo'ladi. Murtak esa o'sib, undan yangi qirqquloq - sporofit rivojlanadi

Matinli ma’lumot.

  • Qirqquloqlarning O'zbekistonda suvda o'sadigan vakili suv qirqqulog‘idir. Suv qirqqulog'i bir yillik ildizsiz o'simlik. Ingichka, kalta poyasidagi bo'g'imlarda uchtadan barg joylashgan. Ikkita bargi butun bo'lib suv yuzasida, uchinchi bargi ipsimon qirqilgan bo'lib suv ostida turadi. Suv ostidagi barglari asosida soruslar joylashgan. Ularda ikki xil sporalar yetiladi

Suv qirqqulog’i

Bargi 2 xil bo`ladi.

a) Suvning betidagi bargi

b) Suvning ostidagi bargi

Suvning betidagi bargi yashil. Unda xlorofil donachalari bo`ladi. Bu bargda fotosintez protsessi bo`lib turadi. Suvning ostidagi bargi qo`ng`ir rangli bo`lib, ildiz vazifasini bajaradi. Qo`ng`ir rangli barglarda soruslar joylashgan. Soruslar ichida sporangiyalar taraqqiy etadi.

  • Har xil sporali qirqquloqlarga suv qirqqulog`ini olamiz. Suv betida suzib yuruvchi 1 yillik o`t o`simlik. Poyasi gorizontal ravishda shoxlangan.

Foydalaniladigan adabiyotlar:

  • Burigin V. A., Jongurazov F. X. Botanika. Toshkent, “O‘qituvchi”, 1977.
  • Kursanov A. va boshqalar. Botanika. Toshkent O‘rta va Oliy maktab Davlat nashriyoti. 1963.
  • Mustafayev S. M. Botanika. Toshkent, “O‘zbekiston”, 2002.
  • Sahobiddinov S. S. O‘simliklar sistematikasi. Toshkent, “O‘qituvchi”, 1976.
  • Xudoyqulov S. M., Nazarenko L. N. O‘simliklar sistematikasidan amaliy mashg‘ulot. “O‘qituvchi”, Toshkent, 1984.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling