O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
1.Tik mintaqalarga tavsif bering.
2.Tik mintaqalarni qaysi omillar belgilaydi?
3.Tog’ mintaqasidagi o’simlik mintaqalarini ayting va ularga misollar keltiring.
4.Alp va subalp mintaqalariga xos o’simliklarni ayting.
7-mavzu: O’zbekiston cho’llari o’simliklari
Ishning maqsadi: O’zbekiston cho’l mintaqalari, ularning o’simliklari
qoplami bilan tanishish.
Ishni bajarish tartibi:
1.O’zbekiston atlasi yordamida O’zbekiston cho’llari chegarasini aniqlash va yozuvsiz xaritaga tushirish.
2.O’zbekiston cho’llariga ta’rif berish
3.Gerbariy materiallaridan foydalanib Mirzacho’l vohasi, Toshkent oldi cho’li va Qizil-Qum cho’li o’simliklari vakillari bilan tanishish, ularning morfolik xususiyatlaridagi farqlarni aniqlash va rasmini chizish.
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
1.O’zbekiston atlasidan mamlakatimizda mavjud cho’llarni ko’rsating.
2.O’zbekiston cho’llarida o’saadigan qaysi o’simliklarni bilasiz, ularning morfologik xususiyatlariga tavsif bering.
3.O’zbekiston cho’llari tuproq tiplariga xos o’simliklarni ayting.
8-mavzu: O’zbekiston adirlari o’simliklari
Ishning maqsadi: O’zbekiston adir mintaqalari, ularning o’simliklari
qoplami bilan tanishish.
Ishni bajarish tartibi:
1.O’zbekiston atlasi yordamida O’zbekiston adirlari chegarasini aniqlash va yozuvsiz xaritaga tushirish.
2.O’zbekiston adirlariga ta’rif berish.
3.Gerbariy materiallaridan foydalanib quyi va yuqori adirlar o’simliklari vakillari bilan tanishish, ularning morfolik xususiyatlaridagi farqlarni aniqlash va rasmini chizish.
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
1.O’zbekiston atlasidan mamlakatimizda mavjud adirlarni ko’rsating.
2.O’zbekiston adirlarida o’saadigan qaysi o’simliklarni bilasiz, ularning morfologik xususiyatlariga tavsif bering.
3.O’zbekiston adirlari tuproq tiplariga xos o’simliklarni ayting.
9-mavzu: O’zbekiston tog’lari o’simliklari
Do'stlaringiz bilan baham: |