Mavzu: Arifmetik amallarni o`rgatishda axborot texnologiyalardan foydalanish


Download 390.85 Kb.
Sana20.10.2023
Hajmi390.85 Kb.
#1713183
Bog'liq
Taqdimot

Mavzu:Arifmetik amallarni o`rgatishda axborot texnologiyalardan foydalanish

Reja: 1.Arifmetika tushunchasi. 2. Axborot texnologiyasi tushunchasi. 3. Axborot texnologiyalari turlari.

Arifmetika (lotincha: arithmos — son) — sonlar va sonli toʻplamlarda berilgan amallar (qoʻshish, ayirish, koʻpaytirish va boʻlish)ni oʻrganuvchi fan. Sonlar yordamida beriladigan misol va masalalar oʻziga xos sodda usullarda yechiladi va kelgusida mat.ni chuqur oʻrganishga zamin boʻladi. Arifmetika deganda son tushunchasining paydo boʻlishi va rivojlanishi, hisoblash usullari va hisoblash qurollari takomillashuvi va turli tarzdagi sonlar bilan amallar bajarish tushuniladi. Sonlar bilan mantiqiy mulohazalar yuritishga urgʻu berilganda nazariy arifmetika tushunchasi ishlatiladi. Butun sonlarning xususiyatlari sonlar nazariyasida oʻrganiladi. Arifmetika tushunchasi har xil buyumlar, narsalar ustida amallar bajarish zaruriyati tugʻilganda ham ishlatiladi. Arifmetika algebra bilan uzviy bogʻliq. Arifmetika qadimda odamlar barmoklari yor-damida sanash va hisoblashni boshlagan paytlarda paydo boʻlgan. 

Axborot moddiy resurslar bilan bir qatorda bebaho resurs hisoblanadi. Buning uchun quyidagi uchta gapni eslash kifoya. Kuch bilim va adolatda. Amir Temur, 14-asr Erursen shohsen, agar ogohsen sen, Agar sen ogohsen, shohsen sen. Alisher Navoiy, 15-asr Kimki axborotga egalik qilsa, u dunyoga egalik qiladi. Bill Geyts, 20-asr Axborot texnologiyalari-ob’ekt to’g’risida yangi sifatli axborot yaratish uchun dastlabki axborotni yig’ish,saqlash, qayta ishlash va uzatishning vositalari va usullari majmuidir.

Ma’lumki, bir xil moddiy resurslarga tadbiq qilingan har xil texnologiyalar har xil natijalarga olib keladi. Shunday qoida, axborot texnologiyalarida ham mavjud. Misol.1. DTM abbiturientlarga bir xil test variantlarini beradi. Abiturientlar o’zlarining usullarini qo’llab test savollariga javob berishadi. Lekin, natija har xil bo’ladi. Test echish uchun programmalar qo’llansa natijalar yana ham boshqacha bo’lishi aniq. Misol 2. Avtomobil haydashni kitobdan o’qib o’rganish mumkin, lekin bu bilan yosh avtohavaskor avtomobilni yaxshi haydab keta olmaydi. Uni Lassettiga o’tirgizib, shahar Chorsusi yo’lga qo’yib yuboraylikchi, nima bo’lar ekan. Yosh avtohavskor uzoqqa bora olmaydi. Chorsuda muvaffaqiyatli harakatlanish uchun tajriba kerak-bu esa jarayondir. Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasi va axborot ishlab chiqarish texnologiyasin quyidjagi jadvalda solishtiramiz.

Moddiy komponentalar Axborot komponentalar Xom ashyo va materiallarni tayyorlash Axborot yoki dastlabki ma’lumotlarni yig’ish Moddiy mahsulot ishlab chiqish Ma’lumotlarni qayta ishlash va yangi natijaviy axborot yaratish Iste’molchilarga yangi tovarlarni sotish Natijaviy axborotni foydalanuvchiga QQQ uchun uzatish AT ex ning (uskunaviy ) dasturiy vositalari Moddiy ishlab chiqarishda texnologik jarayon har xil texnik vositalar, jumladan, qurilmalar, stanoklar, qurollar, konveyr liniyalari va h.k. lar yordamida bajariladi.

Axborot texnologiyalarida ham shunga o’xshash narsalar bor, ular: apparat, dasturiy va matematik ta’minotdir. Ular yordamida dastlabki axborot yangi sifatli axborotga aylantiriladi. Ular orasidan dasturiy vositalarni ajratamiz va axborot texnologiyalarining uskunaviy dasturiy qurollari deb ataymiz. Axborot texnologiyalarining uskunaviy (dasturiy qurollari) vositalari deb foydalanuvchi tomonidan qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida kompyuter uchun o’zaro bog’liq bir yoki bir necha dasturlar majmuasiga aytiladi. Dasturiy vositalarga matn muharriri, kompakt nashriyot tizimlari, elektron jadvallar, MBBT, elektron yozuv kitobchalari, elektron kalendarlar, funkstional maqsadli axborot tizimlari (moliyaviy, buxgalteriya, marketing....), ekspert tizimlar kirishi mumkin. AT iz va AT ex orsidagi munosabat Axborot texnologiyalari u uchun muhit bo’ladigan axborot tizimlari bilan bevosita bog’langan bo’lishi mumkin.

Bir qarashda axborot texnologiyalari va axborot tizimlari uchun keltirilgan ta’riflar bir xilga o’xshaydi. Lekin bunday emas. Axborot texnologiyalari-kompyuterda saqlanayotgan axborot ustida aniq va belgilangan har xil murakkablikdagi amallar, harakatlar bajarish usullari va jarayonlari majmuidan iborat. Axborot texnologiyalarining maqsadi-boshlang’ich ma’lumotlarni maqsadga yo’nalgan harakatlar natijasida qayta ishlab, foydalanuvchi uchun zarur axborot olishdan iborat. Axborot tizimi-muhit bo’lib, unga kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, dasturiy mhsulotlar, ma’lumotlar bazasi, xodimlar, har xil texnik va dasturiy aloqa vositalari kiradi. Axborot tizimlarining asosiy maqsadi- axborotni saqlash va uzatish.

Axborot texnologiyasi-kompyuterda axborotga ishlov berish uchun xodimlarning aniq maqsadga yo’naltirgan harakatlar majmuidir. Axborot tizimlari- kompyuter axborot tizimlaridan foydalanib axborot mahsulotlari ishlab chiqish va qarorlar qabul qilishni qo’llab quvvatlovchm odam-kompyuter tizimidir. Axborot texnologiyalarining turlari Ma’lumotlarga ishlov beruvchi AT ex lar (MIBAT). 1. MIBAT ta’rifi va vazifasi. Ma’lumotlarga ishlov berishning axborot texnologiyasi strukturalangan masalalarni echish uchun mo’ljallangan bo’lib, bu masalalar bo’yicha zaruriy dastlabki ma’lumotlar mavjud bo’lishi va ularga ishlov berishning algoritmlari hamda standart prosteduralari ma’lum bo’lishi kerak.

Boshqaruv AT ex lari (BAT). 1. Xarakteristikasi va vazifasi. Boshqaruvning axborot texnologiyasi (BAT) ning maqsadi-firmadagi QQQ bilan aloqador bo’lgan har bir xodimning axborotga bo’lgan ehtiyojini qondirishdan iboratdir. U boshqaruvning ixtiyoriy darajasida foydali bo’ladi. Bu texnologiyada echiladigan masalalar yomon strukturalanganligi tufayli MIBAT dan tubdan farq qiladi. Mazkur AT firmaning har xil funkstional qismlari va boshqaruv darajalari uchun ideal ravishda to’g’ri keladi. AT yordamida beriladigan axborot firmaning o’tgan, hozirgi va mumkin bo’lgan kelajakdagi holati haqida ma’lumot beradi.


Download 390.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling