Mavzu: Arkalarning yuklanishini o'rganish


Download 66.97 Kb.
bet3/3
Sana11.05.2023
Hajmi66.97 Kb.
#1452816
1   2   3
Bog'liq
45 Mavzu. Arkalarning yuklanishini o\'rganish

Gumbazlar ustyopmalarning eng samarali turidir. Gumbazlarning sirti ko‘pincha vertikal o‘q. atrofida aylana yoyini aylantirish bilan hosil qilinadi. Bunda hosil bo‘lgan gumbaz sferik gumbaz deyiladi. Ellips aylanganda elliptik gumbaz, to‘g‘ri chiziq aylanganda konussimon gumbaz va hokazo hosil bo‘ladi. Gumbazning momentsiz ishlashda gumbaz elementiga faqat bo‘ylama kuchlar meridional va doiraviy kuchlar ta’sir qiladi. Bu kuchlanishlarni gumbaz elementi muvozanati shartidan aniqlash mumkin. Agar temir-beton qobiqlar egrilik radiusining 1/20 qismidan ortmasa, u yupqa devorli qobiq deyiladi. Umumiy holda qobiqning ko‘ngdalang kesimiga normal kuch ta’sir qiladi. Silindrik qobiqlar. Ular gumbaz plitasidan iborat bo‘lib, uning chetlarida qobiqning tayanchlari bo‘lgan bort elementlari va diafragmalar bor. Diafragmalar orasidagi masofa qobiq oralig‘i deyiladi.

  • Gumbazlar ustyopmalarning eng samarali turidir. Gumbazlarning sirti ko‘pincha vertikal o‘q. atrofida aylana yoyini aylantirish bilan hosil qilinadi. Bunda hosil bo‘lgan gumbaz sferik gumbaz deyiladi. Ellips aylanganda elliptik gumbaz, to‘g‘ri chiziq aylanganda konussimon gumbaz va hokazo hosil bo‘ladi. Gumbazning momentsiz ishlashda gumbaz elementiga faqat bo‘ylama kuchlar meridional va doiraviy kuchlar ta’sir qiladi. Bu kuchlanishlarni gumbaz elementi muvozanati shartidan aniqlash mumkin. Agar temir-beton qobiqlar egrilik radiusining 1/20 qismidan ortmasa, u yupqa devorli qobiq deyiladi. Umumiy holda qobiqning ko‘ngdalang kesimiga normal kuch ta’sir qiladi. Silindrik qobiqlar. Ular gumbaz plitasidan iborat bo‘lib, uning chetlarida qobiqning tayanchlari bo‘lgan bort elementlari va diafragmalar bor. Diafragmalar orasidagi masofa qobiq oralig‘i deyiladi.

Xulosa

  • Temir-beton arkalar juda katta oraliqda, masalan, 30 m ortiq bo‘lganda fermalardan tejamliroqdir. Statik belgisiga arkalar quyidagi turlarga bo‘linadi: uch sharnirli (statik aniq); ikki sharnirli torqichsiz yoki tortqichli (bir noma’lumli) va sharnirsiz (noma’lumli). Arka tizimining o‘ziga xos xususiyati kerki kuchining mavjudligidir. Eng keng tarqalganlari tortqichli arkalardir. Katta oraliqli binolarda (angarlar, yopin bozorlar va boshqalarda) arkalar bevosita poydevorga tayanishi mumkin. Tortqichlar tayanch qurilmalari kerki kuchi ta’siridan ozod qiladi. Arkalarni hisoblash qurilish mexaniqasi usullari bilan amalga oshiriladi. Hisob natijasida bo‘ylama kuch N, eguvchi moment M kundalang R kuchlar aniqlanadi. Arkalarning ko‘ndalang kesimlarini tanlashda arka markazidan tashqari siqishga ishlaydi deb qaraladi, tortqichni hisoblashda esa u o‘q bo‘yicha cho‘ziladi deb faraz qilinadi. Arkalarning kesimi to‘g‘ri to‘rt burchakli yoki ikki (qo‘sh) tavrli qilib qabul qilinadi va simmetrik armaturalanadi, chunki momentlar epyurasi, odatda ishorasi, o‘zgaruvchan bo‘ladi.

Download 66.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling