Mavzu: Aruz tizimidagi she’rlarning tarkibiy qismlari
Ifodali o’qishda orfoepik va tinish belgilar
Download 73.68 Kb.
|
Aruz tizimidagi she’rlarning tarkibiy qismlari (bo‘g‘in, turoq, vazn, qofiya, raviy, radif kabi)
Ifodali o’qishda orfoepik va tinish belgilar.
Ifodali o’qish jarayonida o’quvchilarga tinish belgilariga rioya etib o’qish malakalarini takomillashtirib borish joiz. Aslida ko’nikma holida ulardagi bunday xususiyat boshlang’ich sinflarni bitirgan o’quvchilarda nuqtadan keyin ozroq ovoz pasayishini, so’roq va undov belgilarida esa tegishli ohanglarni ifodalashga intilishlarini kuzatish mumkin. Ularda muayyan tinish belgisi bilan gapda ifodalangan mazmun ohangini aloqalantira olish ko’nikmasini takomillashtirib borish muhim. Bunda gapda ishtirok etayotgan tinish belgilarini ko’rsatishning o’zi kamlik qiladi. O’quvchi gapdagi tegishli mazmun mundarijasidan kelib chiqqan holda unda ifodalanayotgan shodlik, qayg’u, ko’tarinkilik yoki ajablanish, hayratni o’z ovozida aks ettirish lozimligini anglab yetishi kerak. O’quvchilar asta-sekinlik bilan bo’lsa-da, boshlang’ich sinflardayoq nuqtaning gap oxiriga qo’yilishi, uyushiq bo’laklar orasida vergul qo’llanishi, bog’lamasiz hollarda ega bilan kesim orasida tirening, umumlashtiruvchi so’zdan keyin ikki nuqtaning ishlatilishini bilib olishgan bo’ladi. Endi ularning gap mazmuniga mos va muvofiqligini amaliy jihatdan o’rganishlari lozim. O’quvchi uchun eng yaxshi namuna o’qituvchining o’zi ko’rsatgan namunadir. Shuning uchun har bir yangi gapni, yangi she’r yoki hikoyani gazetadan olingan xabarni, kitoblardan olingan ko’chirmalarni dastlab o’qituvchining o’zi munosib tarzda o’qib bergani ma’qul. Undan keyin oynaga – bolalarga qaralsa, oynadagi aksni tezda ko’rish mumkin bo’ladi Ma’lumki, o’zbek tilida nuqta, so’roq belgisi undov belgisi, ko’p nuqta, vergul, ikki nuqta, tire, qavs, qo’shtirnoq kabi tinish belgilar mavjud. Gapirish jarayonida mazkur tinish belgilariga asoslangan holda nutq amalga oshiriladi. Masalan: vergulda ozroq, nuqtada ko’proq, uch nuqtada yanada ko’proq pauza qilinadi. Demak, tinish belgilariga asoslangan holda ifodali o’qish madsadga muvofiq. Nuqta qo’yilgan o’rinlarda ifodali o’qish jarayonida ozroq jim turib o’tib ketiladi. Darak gaplar, odatda, tinch ohang bilan o’qiladi va nuqtadan keyin ma’lum muddat pauza qilinadi. So’roq belgisi qo’yilgan gaplarda ifodali o’qishda: So’roq gap orqali so’zlovchi o’zi bayon qilgan fikrga suhbatdoshini fikr bildirishga ustuvorlik qildiradi. So’roq gaplardagi pauzada so’roq ohangi hukm suradi. So’roq gaplarning yana bir turi ritorik so’roq gaplardir. Bunday gaplarda yashirin tasdiq, yashirin, inkor, taajjub, tashvish, g’azab, gumon, kuchli hayajon ma’nolari ifodalanishi mumkin. Shuning uchun ham ritorik so’ro’q gaplardagi pauza ifodali nutqqa kuchli emotsionallik yorqinlik va ta’sirchanlik baxsh etadi. Masalan: Muhabbat ne o’zi? Nedir sadoqat ? O’zingdan ming bora so’rarsan o’zing. Titrab toqatingga tilarsan toqat, Aytursan xilqatga ilohiy so’zing Undov belgisi qo’yilgan gaplarda ifodali o’qish va pauza. Undov belgisi qo’yilgan gaplarda kuchli his-hayajon tuyg’ulari ifodalanadi. Ba’zan buyurish, tilak, orzu ma’nolari ham mujassamlashgan bo’ladi. Og’zaki ijroda mazkur holatlarni pauza orqali namoyon qilish nutqni yanada ta’sirchan qiladi. Ko’p nuqta qo’yilgan o’rinlarda ifodali o’qish. Fikrning tugallanmaganligi, so’zlovchining yana nimadir aytmoqchi ekanligini ko’rsatish uchun qo’llaniladi. Ba’zi o’rinlarda ko’p nuqta so’zlovching o’ylashi, mulohaza qilishini ham ko’rsatadi. Masalan: Yo’q, uning vijdoni qiynaladigan yozug’i yo’q. U qirq yil saltanat tebratib, bobosi yanglig’ jang-jadalning suronli nash’asini surmadi. Lekin bular… uning zurriyotlari, uzoq Hirotdagi jiyanlari… Bular bobosining taxtiga minsa… Movaunnahr va Xurosonning holi ne kechadi. (Odil Yoqubov “Ulug’bek xazinasi”) Nutqda vergul va nuqtaga qaraganda ko’p nuqtada pauza uzoqroq davom etadi. Ko’p nuqtadagi pauza qahramonning ruhiy kechinmasini, hissiy-ta’siriy holatini ifodalashda muhim vosita hisoblanadi. Download 73.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling