Mavzu: Aruz tizimidagi she’rlarning tarkibiy qismlari


Vergul belgisi qo’yilgan o’rinlarda ifodali o’qish


Download 73.68 Kb.
bet5/6
Sana21.04.2023
Hajmi73.68 Kb.
#1368038
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Aruz tizimidagi she’rlarning tarkibiy qismlari (bo‘g‘in, turoq, vazn, qofiya, raviy, radif kabi)

Vergul belgisi qo’yilgan o’rinlarda ifodali o’qish.
Ifodali o’qishda nuqta yoki nuqtaga qaraganda vergulga nisbatan qisqaroq talaffuz qilinadi. Vergul belgisi gapda uyushiq bo’laklar orasida, undalmalarni ajratish uchun kirish so’zlar va kirish gaplarni ajratish uchun gapning ajratilgan bo’laklarini ta’kidlab ko’rsatish uchun bog’lovchisiz bog’langan qo’shma gaplarda ishlatiladi.
Masalan:
Shahodat barmog’iga oltin noxin taqib, ko’zlarini yumib, qanday tiniq kuz oftobiday mayin bir mung chulg’ab olar, kishi nechundir yig’lagisi kelardi, lekin ko’zidan oqqan bu yosh yurakni ezmas, aksincha, butun anduh, butun dard, butun g’uborni yuvib ketardi.
(Odil Yoqubov “Ulug’bek xazinasi”)
Nuqtali vergul belgisi qo’yilgan gaplarda ifodali o’qish. Odatda, o’z ichida verguli bo’lgan, mazmunan biroz farqlanuvchi gaplardan iborat bo’lgan qo’shma gaplarda nuqtali vergul qo’llaniladi.
Ikki nuqta qo’yilgan o’rinlarda pauza. Uyushiq bo’laklaridan oldin kelgan umumlashtiruvchi so’zdan keyin ikki nuqta qo’yiladi va og’zaki nutqda shu o’rinda ma’lum muddat to’xtalish bo’ladi. Shuningdek, bog’lovchisiz qo’shma gaplarda biror gap boshqa gapni izohlasa uning sababi yoki natijasi ko’rsatilsa ham, ikki nuqta qo’yiladi.
Masalan:
Men bu yil o’qishga kira olmadim: imtihonlarga yaxshi tayyorgarlik ko’ra olmaganim menga pand berdi.
Qavs ichida berilgan gaplarda ifodali o’qish. Ifodalanayotgan fikrga yoki uning biror bo’lagiga qo’shimcha izoh beruvchi so’zlar, kirish gaplar qavsga olinadi va ifodali o’qish jarayonida qavsga olingan bo’lak alohida pauza bilan ajratib aytiladi.
Masalan:
Mirzakarimboy boshqalarga maqtansa ham (maqtanchoqlikni yomon ko’rardi), ba’zi vaqt ichida faxrlanadi.
Qo’shtirnoq belgisi qo’yilgan gaplarda ifodali o’qish.
Qo’shtirnoq belgisi ko’chirma gaplarni ajratib ko’rsatish uchun qo’yiladi. Ba’zi hollarda ayrim so’z va birikmalari ham qo’shtirnoqqa olingan so’z va birikmalar ko’chma ma’noda, yoki kinoya ohangida ifodali tarzda o’qiladi. Bunday so’z, birikma yoki gaplar alohida pauza bilan o’qiladi.
Orfoepiya nutqimizdagi talaffuz me’yorlarini belgilash bilan bog’liq bo’lgan qoidalarning yig’indisidir. U adabiy tilda so’zlashuvchilar uchun yagonalikni ta’minlaydigan talaffuz me’yorlarini ko’rsatib beradi. Unga rioya etish adabiy tilda so’zlashning asosiy shartlaridan biridir. Orfoepiya tarixan shakllangan hamda nutq amaliyotida barqaror o’rin tutadigan talaffuz me’yorlariga tayanadi. Orfoepik me’yor- so’zlar va ularning tarkibidagi tovushlarni, shuningdek, o’zak va qo’shimchalardan iborat so’z shakllarini talaffuz etishdagi yagona yoki ustuvorlik beriladigan variantdir. Tilimizda so’zlarni talaffuz qilish bilan bog’liq ayrim umumiy qoidalar mavjud. Bir bo’g’inli so’zlar talaffuzda katta murakkabliklar mavjud emas. Ularni talaffuz qilishda xatoliklar deyarli uchramaydi: ol, el, en, bir, bol, un, o’n.

Xulosasi
O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng fanning turli dohalarida jumladan ona tilining rivojlanishiga katta e’tibor berildi. Davlat ta’lim standarti asosida dars jarayonlarini tashkil etish, hamda o’quvchilarning bilim sohalarini yanada mustahkamlash maqsadida qilinayotgan ishlarning salmog’i talaygina. Bu borada o’quvchilar oldiga qo’yilayotgan talablarning barchasida kelajak yoshlarning bilimlarini mustahkam va to’g’ri olishlari yotadi. Chunki biz ana shunday yoshlarni tarbiyalasakkina vatanimizning kelajagi ishonchli qo’llarda ekanligiga hech shubha qolmaydi. Jahon arenalarida bo’layotgan turli –tuman bilimlar bellashuvida bizning yoshlarimizni qo’lga kiritayotgan g’alabalari tahsinga loyiq. Shuning uchun biz vatan ravnaqini va jamiyat taraqqiyotini bilimsiz tasavvur qilib olmaymiz.


Fanni o’qitishda darslarni bugungi ilg’or texnologiyalar asosida dars mazmunini tushuntirish eng dolzab masalalardan biri bo’lib kelyapti. Har bir dars metodikasiga yangicha o’zgartirish kiritish, zamonaviy o’qituvchining birinchi galdagi vazifasidir. Ona tili o’qitishda ta’limning faol usullarini tadbiq etish usullarini va ijodiy tafakkur sohiblarini, ma’naviy barkamol shaxslarni tarbiyalash bugungi kun ona tili fani o’qituvchilari oldiga jiddiy mas’uliyatni qo’ymoqda. Bu bitiruv malaka ishi ana shunday mas’uliyatli vazifani yechishga qaratilgan. Ya’ni ishda ifodali o’qishning qanday o’qitilishi va o’quvchilarni ifodali o’qishga o’rgatish yoritilgan. Bu ishning yoritilishi va ishlanishi mavzuning dolzarb ahamiyat kasb etishini belgilaydi.

Download 73.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling