Mavzu: Aruz tizimidagi she’rlarning tarkibiy qismlari
Download 73.68 Kb.
|
Aruz tizimidagi she’rlarning tarkibiy qismlari (bo‘g‘in, turoq, vazn, qofiya, raviy, radif kabi)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish Mavzuning dolzarbligi.
- Aruz tizimidagi she’rlarning tarkibiy qismlar Aruz
Mavzu: Aruz tizimidagi she’rlarning tarkibiy qismlari (bo‘g‘in, turoq, vazn, qofiya, raviy, radif kabi) Mundarija
Kirish Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston respublikasi o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng barcha: ham iqtisodiy, ham ijtimoiy sohalarda keng imkoniyatlar qo’lga kiritildi. Mustaqillik xalqimizning har tomonlama rivojlangan, kamol topgan, o’z tarixiy va an’analarimizni yangicha bir tarzda rivojlantirishga imkon beradigan, o’zbek millatni dunyodagi ma’naviyati eng yuksak xalq darajasiga ko’tarishga sharoit yaratadigan kelajagimizni barpo etishga zamin yaratdi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng, uning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy sohalarning rivojlanishi uchun bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilayotgan islohotlar hammaga ma’lum. “Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi” qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 29-avgustda bo’lib o’tgan sessiyasida O’zbekiston Respublikasi Przedenti I.A.Karimov “Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzusida so’zlagan nutqida istiqbolimiz, umidimiz bo’lgan yosh avlodni tarbiyalash strategiyasini aniq va ravshan belgilab berdi. Binobarin, ijtimoiy hayotning ana shu murakkab jabhasida faoliyat ko’rsatayotgan har bir ziyoli pedagog uni o’ziga dastur sifatida qabul qilinishi, o’z ish rejasini undagi g’oyalar, taklif va mulohazalar asosida tuzib, ish ko’rmog’i lozim bo’ladi.1 Maktabga ona tili ta’limining oldiga qo’yilgan bosh maqsad o’quvchining mustaqil fikrlash, og’zaki va yozma nutqni to’g’ri, ravon ifodalash ko’nikmalarini shakllantirishdan iboratdir. Darhaqiqat, bugungi ona tili ta’limi oldidagi maqsad va vazifalar doirasida ta’lim jarayoniga ilg’or pedagogik texnalogiyalarni joriy etish, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash, o’qituvchilarning kasbiy mahorati, sohaviy bilimini oshira borib o’qitishning sifat-samaradorligini ko’tarish va eng muhimi ona tili darslarining sifat samaradorligini oshirish uchun dars mazmunini bugungi ilg’or pedagogik texnalogiyalar asosida ya’ni Aruz tizimidagi she’rlarning tarkibiy qismlar Aruz (arab.– arz qilmoq) – she’-riy o‘lchov, vazn. Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari she’r tizimi. A. nazariyasi tur-kiy xalqlarga, xususan o‘zbek she’riyatiga arablardan o‘tgan.Navoiyning "Mezon ul-avzon" asarida ko‘rsatilishicha A. vodiy, rukn nomiga to‘g‘ri keladi, ko‘chma ma’noda "ustun" de-gani. A. nazariyasi birinchi marta Xalil ibn Ahmadning "Kitob al-aruz"i ("Aruz kitobi")da bayon qilingan, keyinchalik Rashididdin Vatvot, Tusiy, Shams Qays Roziy, Mavlono Yusuf Aruziy Nishobu-riylar tomonidan rivojlantirilgan. Turkiy xalqlarda A.ning ilk namunalari islom kirib kelgungacha bo‘lgan dav-rlardagi qadimgi maqol va topishmoqlarda, "Devonu lug‘otit turk"da uchraydi. Yusuf Xos Hojibning "Qutadg‘u bilig"i shu vaznda bitilgan turkiy dostondir. A. avval arab alifbosi asosidagi eski o‘zbek yozuviga asoslanadi, unda 29 undosh va 3 unli harf, ya’ni cho‘ziq unli tovush bo‘lgan.Harakatlar bilan ko‘rsatiluvchi yana uchta unli – zabar –a, zer, – i, pish – u mav-jud. Harakatlarni undosh harflarning usti yo ostiga qo‘yib, ochiq bo‘g‘inlar hosil etilgan, yopiq bo‘g‘in undosh ustiga sokin (ko‘pligi sukun) alomati (–)ni qo‘yish orqali hosil qilingan. Cho‘ziq unlilar ochiq bo‘g‘inda sokinli deb tushu-nilgan va bunday bo‘g‘inlar, asosan, cho‘ziq hisoblangan. Harf va harakatlardan juz-vlar tuzilgan. Juzvlar Zta bo‘lib, ularning har biri 2 xil ko‘rinishga ega. Ara-blar chodir uyni, Ko‘chma ma’noda, ikki misra she’rni ham bayt (uy) deyishgan, shu sababli, juzvni tushuntirishda cho-dir jihozlari bo‘lgan – arqon, qoziqcha, paloye atamalaridan foydalanilgan. Juzvlar sabab (arqon), vatad (qoziqcha), fosila (palos) deb nomlangan. Ular o‘z ichida sababi xafif (yengil sabab): (may): –; sababi saqil (og‘ir sabab): (ko‘zi): W; vatadi majmu’ (yig‘iq vatad): (samar): V –; vatadi mafruq (yopiq vatad): (noma) – 655V; fosilai sug‘ro (kichik fosila): (yura-gim): W –; fosilai kubro (katta fo-sila): (yashamagan): VW –kabi turlarga bo‘linadi.Juzvlardan 8 ta asl rukn hosil bo‘lgan: failun, faulun, mutafailun, mafailun, mustaf’ilun, failatun, ma-failatun, maf’ulatu (cho‘ziq unli bosh harf bilan yoziladi). Bobur yana ikkita asl ruknni keltirgan: fai-la-tun bilan mus-taf’i-lun. Asl ruknlar juzvlardan tu-ziladi: "faulun"da vatadi majmudan so‘ng sababi xafif keladi. A.da zihof degan qism bor.Unda asl ruknlardan tarmoq ruknlarning kelib chiqishi ko‘rsatiladi. Bu, asl ruknlardagi biron harf yo harflarni orttirish yo tushurib qoldirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunday o‘zgarishlar 44 ta. Mas, jazm zihofida oldingi harakatli harf olib tashlanadi: (ma-failun) dan (failun) qoladi, uning o‘rnida (maf’ulun) qabul qilingan va hokazo. Maf’ulun tarmoq rukn deyi-ladi. A.nazariyasida rukn va zihofdan so‘ng bahr turadi, ular 21 ta. Bahrlar guruhlanadi:1) asl ruknlarning takroridan hosil bo‘luvchi bahrlar (bunday baxrlar yet-tita): hazaj mafailunning, rajaz mu-staf’ilunning, ramal failatunning, vofir mufailatunning, komil mutafa-ilunning, mutaqorib faulunning, mu-tadorik Failunning takrorlanishidan hosil bo‘ladi;2) ikki xil asl ruknning al mashinib kelishidan tuziluvchi bahrlar (ular uch turlidir): a) ikkita asl rukn navbatla-shib (almashib) keladi. Xafif: failatun mustaf’ilun failatun mustaf’ilun. Munsarih: mustaf’ilun maf’ulatu mu-staf’ilun maf’ulatu. Muzori’: mafai-lun failatun mafailun failatun. Muj-tass: mustaf’ilun failatun mustaf’-ilun failatun. Muktazab: maf’ulatu mustaf’ilun maf’ulatu mustaf’ilun. Tavil: faulun mafailun, faulun mafa-ilun. Madid: failatun fAilun faila-tun failun. Basit: mustaf’ilun failun mustaf’ilun failun. Ariz: mafailun faulun mafailun faulun. Amiq: fai-lun failatun failun failatun; b) ikki xil asl rukndan biri avval takrorlana-di, ikkinchisi takrorlanmaydi. Sari’: mustaf’ilun mustaf’ilun maf’ulatu. G‘arib (jadid) failatun failatun mu-staf’ilun. Qarib: mafailun mafailun failatun; v) ikki xil asl rukndan biri takrorlanmaydi, so‘ng biri takrorlanadi. Mushokil: failatun mafailun mafa-ilun.Bahrlar ham asl va tarmoq bahrlarga bo‘linadi. Asl runklardan hosil bo‘lgan bahrlar solim bahrlar, tarmoq ruknlardan yasalgan baxrlar tarmoq baxrlar dey-iladi. Solimlik va tarmoqlik xususiya-ti vaznlarga ham xos.A.ni tushuntirish vositalaridan biri – doira. Baxrlar tuzilishidagi o‘xshashliklariga ko‘ra doiralarga birik-tiriladi. Doiradan so‘ng taqti’ (parcha-lash) turadi. Bunda bayt ruknlarga aj-ratilib, vazni aniqlanadi, Taqgi’ til, yozuv va talaffuz bilan bog‘liq. A. haqidagi o‘rta asr nazariyasida shakl bilan mazmun o‘rtasidagi uzviylik xususiyati haqida gapirilmaydi. A.ni juzv, zihof, bahr, doira, faulunsiz ham oson tushuntirish mumkin. Bunda bo‘g‘in, rukn, vazn, ritmik pauza, turkumlar ritmni yuzaga keltiradi.A. ga oid hozirgi zamon qarashi o‘zbek kirill yozuviga asoslangan. Bunda ochiq (unli tovush bilan tugagan) bo‘g‘in qisqa va cho‘ziq bo‘g‘in vazifasini, yopiq (un-dosh tovush bilan tugagan) bo‘g‘in cho‘ziq bo‘g‘in va-zifasini, o, i, e, u tovushlaridan yasalgan yopiq bo‘g‘inlar o‘ta cho‘ziq bo‘g‘in vazifasini o‘taydi. Ochiq bo‘g‘in cho‘ziq bo‘g‘in vazi-fasida ham, qisqa bo‘g‘in vazifasida ham kelaveradi, chunki u bilan yopiq bo‘g‘inning cho‘ziqlik darajasidagi tafovut oz. Ba’zi yopiq bo‘g‘inlardagi unlilar boshqa yopiq bo‘g‘inlardagi unlilarga nisbatan cho‘ziqroq bo‘lgani uchun yopiq bo‘g‘in doimo cho‘ziq yoki o‘ta cho‘ziq bo‘g‘in o‘rniga o‘tishi mumkin. Ayrim yopiq bo‘g‘inlardagi un-dosh tovush ochiq bo‘g‘indagi undosh to-656vushdan ko‘p (qor, zulm), bunday yopiq bo‘g‘inlar misra ichida bir cho‘ziq va bir qisqa bo‘g‘in o‘rniga o‘tadi. Bunda qisqa bo‘g‘in "V", cho‘ziq bo‘g‘in "–", o‘ta cho‘ziq bo‘g‘in "so" belgisi bilan ko‘rsatiladi. Yonma-yon kelgan ikki undosh tovush ora-sida qisqa "i" bordek aytiladi:Zor meni qilur ishq, G‘ -VV- V-coXor meni qilur ishq VV- V–so I II(Bobur, "Muxtasar") Bu baytdagi "zor", "xor" bo‘g‘inlarining har biri cho‘ziq va bir kisqa bo‘g‘in hisobiga o‘tgan, yuqorida "–V" belgisi bilan tay-inlangan. Ko‘pincha, misra ichida shun-day ko‘rsatiladi, aslida "so" belgisini qo‘yish ham mumkin. "Ishq" bo‘g‘ini misra oxirida kelganligi uchun "so" belgisi ishlatilgan. Mazkurbaytdagi II rukn to‘rt bo‘g‘inli, o‘lchovi ham "V–so"dir. Ammo "ishq", "ilm" kabi so‘zlar taqti’da o‘zlaridan keyingi unli bilan boshlangan so‘zlarga tutashadi, bunda so‘z oldingi vazifasini bajarmaydi.A.da ritm bo‘g‘inlardan ruknlarni hosil qilish orqali paydo bo‘ladi. Bo‘g‘inlarning ruknlarga uyushuvida ruknlarning shakli katta ahamiyatga ega. Bu hol, goho bir so‘zning ikki ruk-nga bo‘linib ketishiga olib keladi: "hajring" – "hajring", ko‘nglumda" – "ko‘nglumda" kabi. Bu ritmni uyush-tirishning o‘ziga xos jihatlaridan bi-ridir. Ruknlar bir bo‘g‘inlidan olti bug‘inligacha-dir. Har bir misradagi ruknlar o‘zaro uyushib, vaznni yuzaga keltiradi. Ritm yaratilishi ruknlardan vazn hosil etishga ham bog‘liq: vaznlar bayt doirasida to‘rt ruknli (murabba), olti ruknli (musaddas) va sakkiz ruk-nli (musamman) bo‘ladi. Ritm yaratili-shining sabablaridan biri ritmik pau-zadir. Ritmik pauza misra oxiridagina emas, ichida ham bo‘ladi. She’riyatdagi pauza izchil, mutanosib, parallel va rit-mikdir. Boburdan keltirilgan har bir misrada ikkitadan rukn bo‘lib, rukn oxi-rida ritmik pauza yuzaga chikadi, ammo 1-rukn oxiridagi ritmik pauza bilan mis-ra oxiridagi ritmik pauza cho‘ziqlikda teng emas. Bu, avvalo, she’rda ifoda etil-gan mazmun va u taqozo etgan intonatsiyaga qaraydi. Misralar ichida, ba’zi ruk-nlardan so‘ng ritmik pauza bo‘lmasligi ham mumkin. Bunday holat bir so‘z ikki ruknga bo‘linib ketganda uchraydi.A.da ritmni uyushtirishda turkum ham qatnashadi. Habibiyning "Ko‘klam", Er-kin Vohidovning "Lola" g‘azallaridagi har bir misra 14 bo‘g‘inli, lekin boshqa-boshqa vaznda. Ularning vaznlari turli-cha bo‘lsada, ritmda yaqinlik seziladi. Bu ikki g‘azal UniversitetUrtlik tur-kumga qarashli. Bu turkumda yana boshqa vaznlar ham bor. A.da miyerasi 4 bo‘g‘inligacha bo‘lgan she’-rlar mavjud. Abu Nuvos (762-815), Abu Tammom (796 -843), al-Maarriy va boshqa arab tilida; Sa’diy, Hofiz, Dehdaviy, Jo-miy va boshqa fors tilida; Lutfiy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Nodira, Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqat va boshqa turkiyda A.dagi she’riyatning eng mukammal namunalarini yaratdilar.A. o‘zbek she’riyatida 20-asrning 20-yillarigacha yetakchi bulgan, barmoq tizimi kam qo‘llanilgan. Keyinchalik barmoq ti-zimi yetakchilik qilgan. Bu – uslub, shoirlarning qiziqishi, malakasi 6-n bog‘liq hodisa.Ad.: Alisher Navoiy, Mezon ul-avzon, T., 1949; Bobur, Muxtasar, T., 1971; To‘ychiyev U., O‘zbek poeziyasida aruz siste-masi, T., 1985.U. Tuychiyev. uroq — boʻgʻinlarning misralar boʻyicha takrorlanib kelgan muayyan boʻlagi. T. sillabotonik sheʼr tizimida urgʻuli va urgʻusiz boʻgʻinlarning sheʼr oʻlchovini belgilaydi. Barmoqtizimida sheʼr misralaridagi ritmik boʻlak hisoblanadi, sheʼrning ritmini, musiqiyligini vujudga keltiradi. T.lar aruzda rukn deb yuritiladi; ruknlar hijolarning miqdori va sifatiga qarab xarakterlanadi. Sheʼriy misralar ikki, uch va undan ortiq T.dan tashkil boʻladi. Barmoq vazni sheʼrlaridagi xar bir misrada 2—3 T., har bir T.da 2—3—4 va undan ortiq boʻgʻin boʻladi. Download 73.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling