Mavzu. Arxitektura estetikasi


Xalq amaliy san’atining estetik jihatlari


Download 53.66 Kb.
bet5/5
Sana14.01.2023
Hajmi53.66 Kb.
#1092352
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-mavzu arxitektura estetikasi

Xalq amaliy san’atining estetik jihatlari. Amaliy san’at turlarining estetik xususiyati shundaki, ular bir vaqtning o‘zida ham badiiy, ham amaliy vazifani bajaradi. Shu bois, xalq madaniyati tarixini uning amaliy san’atisiz tasavvur qilish qiyin. O‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixida xalq amaliy san’ati turlari boy va rang-barang madaniy merosining eng ajoyib va ommaviy qismini tashkil etadi. O‘zbek xalq amaliy san’ati yodgorliklari o‘tmish ajdodlarimiz yaratgan barkamol, takrorlanmas va tarixan bebaho asarlarning namunalari bo‘lib, jahon madaniyatining durdonalaridan bo‘lgan badiiy va madaniy merosni tashkil etadi.
Xalq amaliy san’ati kishilarning ma’naviy olamini boyitadi, badiiy-estetik didini shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. Shuning uchun ham ham o‘zbek xalqi amaliy san’ati kishilarning badiiy, axloqiy, umuminsoni jihatdan tarbiyalab, ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ham madaniy darajasini yuksaltirishda eng zarur manbalardan hisoblanadi. Bu manbalardan bugungi kunda ham usta va hunarmandlar samarali foydalanib keladi.
Xalq amaliy san’atining milliy estetik mazmuni naqqoshlik san’atida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Naqqoshlik san’ati g‘oyat boy va mazmundor bo‘lib maishiy turmushimizda ishlatiladigan oddiy qoshiq, lagan, sandiq, cholg‘u asboblaridan tortib turar joy va jamoat binolarining devor hamda shiftlariga solingan naqshlar insonni hayratga soladi, zavqlantiradi. Bino yoki xonadon devoridagi naqshlar turli xil bo‘lib ulardan “girix” arabcha “tuguncha” degan ma’noni anglatgan xandasaviy naqshlar ya’ni to‘g‘ri to‘rtburchak, romb, kavadrat kabi yaxlit kompozitsiyani tashkil qilgan naqshlar va “islim” (arabcha) yuguruvchi ma’nosini anglatib to‘g‘ri yo‘l ichiga ilon izi shaklida chizilgan o‘simliksimon naqshlardan iborat bo‘lgan. Ular faqat foydali-amaliy ahamiyatga ega bo‘lib qolmay, balki xonadon egalarining orzu-umidlari, badiiy-estetik didi va estetik idealining ko‘rsatkichi sifatida ham namoyon bo‘lgan. Bugun ham zamonaviy turar joylar va binolarni bu naqshlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Bugungi zamonaviy inshootlar kabi turar joylarda amaliy san’atning bir qancha turlarini ko‘rish mumkin. Turar-joy binolarining turli-tuman badiiy-texnologik usullarda namoyon etilgan badiiy bezak turlari O‘zbekiston me’morchiligida muhim o‘rin tutadi. Chunonchi, turar-joy dizayni bu milliy an’analarga tayangan noyob ijodiy faoliyat bo‘lib, ularning mahorati va badiiy bezatilishning ko‘pgina qirralarini ifodalaydi. Turar-joylar intererlaridagi umumiy devorlarning sathi an’anaviy kompozitsion bo‘linish usullari, intererlarni badiiy-bezakli pardozlashning asoslariga tayanadi va ko‘plab estetik xususiyat kasb etadi. Masalan, binoning tashqi ko‘rinishi - tarz (fasad)ga qaraganda uyning intereri ko‘p hollarda ko‘rkam bezakli bo‘ladi. Devorlarning tokchalarga bo‘linishi turg‘unlik va sokinlik taasurotini yaratsa, devorning barcha sathi naqshinkor bezatiladi, bezakni bajarishda simmetriya, ritm, mutanosiblik qonunlariga rioya qilinishi unga tartiblilik, uyg‘unlikni namoyon qiladi. O‘yma bezaklar bilan oro berilgan yog‘och eshiklar, ustunlar, shift bolorlari, gohida shift ustidan ko‘prangli naqshlar, shuningdek naqqoshlik bilan devor sathining barcha qismlari tokchalar, shiftlar karniz va bolorlar ham bezatilishi, deraza darchalari va eshik tabaqalari, ustunlari devor va intererga berilgan naqshu bezaklar imoratga badiiy tantanvorlik va estetik qiyofa baxsh etadi.
Intererlarning badiiy bezatilishda asosiy ahamiyat devoriy naqqoshlikka qaratilgan bo‘lib bu o‘zbek xonadonini bezatishda muhim jihatlardan hisoblanadi. Devorda ketma-ket joylashgan naqshinkor va pardozlangan naqshlar yordamida juda ham rang-barang, jozibador kompozitsiyalar yaratiladi. Interer dizaynida devoriy naqqoshlikning bir necha kompozitsion yechimlarini kuzatish mumkin. Bu tokchalarga bo‘lingan, yalpi naqqoshlik bilan bezatilgan devor sathi va naqshinkor va o‘ymali naqshlar ketma-ket joylashgan, rang-barang naqshinkor kompozitsiya. Shift naqqoshligi ham Toshkent intererlarida muhim o‘rin tutadi. Ular o‘zida konstruktiv va badiiy yechimning sintezini namoyon etadi. Ular turar-joylari ayvon va dahlizlarda ham keng qo‘llaniladi. Bu amaliy san’at turining gullashi va rivojlanishi, hozirgi davrda shaharda shakllangan qulay iqtisodiy sharoit, innovatsion ta’sir va amaliy-bezak san’atining ko‘p asrlik an’analari bilan bog‘liqdir.
Yog‘och o‘ymakorligi faqat intererning sirtida namoyon bo‘lib qolmay turli shakl va kompozitsiyalarda ham aks etadi. Bu interer uchun ishlangan stol, stullar, xontaxtaning nafaqat shaklining bejirimligi balki yog‘och fakturasining go‘zalligi va ularga berilgan ishlov hamda naqshlarning betakror va yengilligi kishiga zavq bag‘ishlaydi. Toshkent turar joy me’morchiligida O‘rta Osiyo me’morchiligi amaliyotida qo‘llanilgan badiiy bezaklarning deyarli barcha turlari mavjud: suvalgan devor ganch naqqoshligi avva o‘ymakorligi shular jumlasidandir.
Intererning badiiy bezalishida asosiy ahamiyat devoriy naqqoshlikka qaratilgan bo‘lib, bu o‘zbek xonadonini bezatishda muhim jihatlardan hisoblanadi. Ko‘pincha naqqoshlik ganch o‘ymakorligi bilan muvofiqlikda bajariladi. Ayniqsa Toshkentda keng tarqalgan o‘simlik naqshlari- majnuntol, anor, xrizantema butalarining yoyilgan shoxlarini ko‘plab uchratish mumkin. Bu lavhalar faqatgina bezak emas o‘z falsafiy ma’nosiga egadir. Masalan majnuntol - sevgi sog‘inchi, anor - serhosillik, lola - bahor, gulsafsar - osoyishtalik va uzoq umrni anglatgan.
O‘zbek xalq amaliy san’atining eng rivojlangan ganchkorlik, naqqoshlik, kandakorlik, zardo‘zlik, kigizchilik, kashtachilik kabi bir qancha turlarining o‘ziga xos bajarish texnologiyasi, haqiqiy milliy nomlari, ularga xos atamalar, bu san’atlarga xos maktablar yo‘qolib ketishi xavfi bor edi. Ammo mustaqillikka erishgach milliy san’atimizning bu sohalariga bo‘lgan e’tibor kuchaydi. Ular tiklanib yangi an’analar paydo bo‘la boshladi. Bu esa hozirgi kunda san’atkorlar, xalq ustalari, mualimlar amaliy bezak sirlarini shogirdlariga o‘rgatib qolmay bu san’at asarlarini keng targ‘ib etib jamoatchilikning estetik didini, madaniy darajasini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.


1Кант И. Сочинения в 6 т. Т. 5. М., Мысль, 1966. С.314.

2 М.Хайдеггер. Вопрос о техники. В кн.Новая технократическая волна на Западе. Под ред.И.С.Гуревича., АНСССР Институт философии Москва, Прогресс, 1985.с.50.

3 Ясперс К.Современная техника. В.кн.Новая технократическая волна на Западе.Под ред.П.С.Гуреевича. Москва: Прогресс. 1986.С.120.

4 Иқтисоб:Холмянский Л.М. Шчипанов А.С. Дизайн.-Т.: Ўқитувчи. 1991.-5 б.

Download 53.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling