Mavzu: Arxivshunoslik


Download 276.13 Kb.
Sana12.02.2023
Hajmi276.13 Kb.
#1191347
Bog'liq
arxvshunoslik

Mavzu: Arxivshunoslik

TAYYORLADI: MUXABBATOVA NOZIMAXON

TEKSHIRDI: AZIZBEK MO`MINOV

ARXIVSHUNOSLIK

REJA:

  • O`ZBEKISTONDA DAVLAT ARXIV HUJJATARINI TARTBI.
  • O`ZBEKISTONDA ARXIV TARIXI.
  • HOZIRGI KUNDAG ARXIVLAR HOLATI.

O`ZBEKISTONDA DAVLAT ARXIV HUJJATARINI TARTBI

O’zbekiston Milliy arxivi tarkibiy bo‘limlari Nizomlarni, xodimlarning lavozim yo‘riqnomalari, Ekspert-tekshiruv uslubiy komissiyasi (ETUK) to‘g‘risidagi Nizom, Mehnatni ilmiy tashkil etish kengashi (MITEK) to‘g‘risidagi Nizomlarni tasdiqlaydi; O’zbekiston Milliy arxivi hujjatlarini korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga vaqtincha foydalanish uchun berish, matbuotda nashr qilish, tadqiqotchilarni arxiv o‘quvxonasida hujjatlar bilan ishlashiga ruhsat berish masalalarini hal qiladi; O’zbekiston Milliy arxivi faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, hujjatlarni jamlash, saqlash, ta’mirlash, zarar yetmaydigan holda saqlash (konservatsiyalash), nusxa ko‘chirish, ulardan foydalanish va muhofaza qilishning samarali tizimi va usullarini joriy qiladi; arxivning uskunalar va boshqa zarur materiallarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi, binodan texnik jihatdan foydalanish (texnik ekspluatatsiyasi)ni ta’minlaydi;

O`ZBEKISTONDA ARXIV TARIXI

O’zbekistonda arxiv tizimining tashkil etilganligiga 100 yil to’ldi.

"O’zarxiv” agentligining 2019 yil 7 avgustdagi "O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2019 yil 5 avgustdagi "O’zbekistonda davlat arxivlari tizimini tashkil topganligining 100 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bo’yicha 08/1-220-son chora-tadbirlar rejasi” to’g’risidagi 146-son buyrug’i ijrosi yuzasidan O’zbekistonda arxiv tizimining tashkil etilganligini 100 yilligi munosabati bilan sohani targ’ib qilish, keng ommaga sohada olib borilayotgan islohotlarni yoritish maqsadida

Tadbirlar o`tkazildi

Arxiv hujjati tushunchasi. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli ekspertiza asosida arxiv ahamiyatiga molik deb topilgan matnli, qo‘lyozma va mashinada o‘qiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, vidioyozuvlar, kinolentalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari, chizmalar, sxemalar, xaritalar, shuningdek, boshqa moddiy ashyolardagi yozuvlar – arxiv hujjatlari deyiladi. Mustaqillik yillarida qabul qilingan bir qator huquqiy-me’yoriy hujjatlarda arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan faydalanish tizimi xususida keltirilib o‘tiladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 15- iyunda qabul qilingan “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonunning 5-bobi, 20-26 moddalarida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5- apreldagi 101-son qarori bilan tasdiqlangan “Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda o‘z ifodasini topgan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Quyidagilar tuziladi: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi negizida O‘zbekiston Milliy arxivi; O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivi negizida O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi; O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivi negizida O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi; Toshkent shahar davlat arxivi negizida Toshkent shahar markaziy davlat arxivi; Agentlik huzurida muassasa shaklida Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi; Agentlik huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Arxiv ishini rivojlantirish jamg‘armasi. Belgilab qo‘yilishicha, O‘zbekiston Milliy arxivi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivining, O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivining, O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivining, Toshkent shahar markaziy davlat arxivi Toshkent shahar davlat arxivining huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

E`tiboringiz uchun raxmat!


Download 276.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling