Mavzu: Asbob-uskunalar yordamida ekologik nazorat qilish usullari. Reja


Download 1.33 Mb.
bet4/5
Sana04.04.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1325346
1   2   3   4   5
Bog'liq
21-mavzu. Asbob uskunalar

POLYAROGRAFIK TAHLIL.
POLYAROGRAF
Radiometrik usul.
Radiometrik usul radiaktiv izotoplarni qo‘llagan holda, konsentrasiyaga juda kam bo‘lgan moddalarning alohida aralashmalardagi miqdorini tez aniqlash imkonini beradi. Radioktiv izotoplar quyidagi tahlil usullarida qo‘llaniladi: radiaktiv elementlar bo‘lsa, cho‘kish izotopli aralashma, radiometrik titrlash, faollashtirilgan tahlil, tabiatda uchraydigan izotoplarni o‘lchashga asoslangan aniqlash.
Radiometrik tahlil - reagentlarga qo‘shilgan yoki tahlil qilinayotgan moddaga yadro zarrachalari ta`sirida hosil bo‘luvchi radionuklidlardan foydalanib moddani sifat va miqdoriy tarkibini aniqlash usulidir. Radiometrik tahlil natijalari ionlashtiruvchi kameralar, Geyger- Myuller hisoblagichlar, hamda fotometrlar spektrofotometr kabi asboblar yordamida o‘lchanadi.
Dozometr
Radiatsiya nurlarining odam tanasiga nisbatan o‘tuvchanligi:
α - alfa nuri, kuchsiz, uni qog‘oz varag‘i ham to‘sib qolishi mumkin
β - betta nur, uni odam terisi to‘sib qolishi mumkin, odam ichiga tushganda zararli;
γ - odam tanasidan o‘tib ketadi, undan yuqori zichlikdagi materiallar bilan himoyalanish mumkin.
Mass - spektrometriyada tekshirilayotgan modda ionlashadi, "ionlashgan gaz" bir xil massa va zaryadga ega bo‘lgan ion bog'lamlariga bo‘linadi, so‘ng har bir ion bog'lamining ionli tok kuchi qayd qilinadi. Hosil bo‘ladigan ionlar turiga qarab, mass- spektrometriya musbat va manfiy ionlarga bo‘linadi. Ionli toklarni qayd qilinishiga qarab esa mass- spektrograf va mass-spektrometrlarga bo‘linidi. Birinchidan mass-spektr fotoplastinkada turli darajada qoraygan chiziqlar ko‘rinishda, ikkinchidan- ko‘p kanalli ossillograf yordamida fotoqog'ozga yoki komp'yuterga uzatib yozib olingan elektr impul'slar ko‘rinishida qayd qilinadi.
Ko‘proq magnit analizatorli musbat ionlarning mass-spektrometrlari tarqalgan. Moddaning ionlanishi uning elektronlari bilan portlatishi natijasida amalga oshiriladi.
Mass-spektrometriya organik birikmalarni tizimini tadqiq qilish uchun ishlatiladi.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling