Mavzu. Asosiy tushunchalar. Xarorat maydoni. Xarorat gradienti. Fure qonuni Reja Asosiy tushunchalar


Download 120.06 Kb.
bet2/2
Sana09.04.2023
Hajmi120.06 Kb.
#1346183
1   2
Bog'liq
Abrorbek 22-20

Materiallar nomi

, kg/m3

t, S

, Vt/ (mgrad)

c, kJ/ (mgrad)

Q106 m2/sek.

Azbest

770

30

0,11163

0,816

0,186

Beton

2300

20

0,279

1,13

0,622

Nam tuproq

1700

17

0,657

2,01

0,192

Pishiq g‘isht

1800

0

0,768

0,879

-

Muz

920

0

2,25

2,26

1,08

Quruq qum

1500

20

0,326

0,795

2,74

Shisha

2500

20

0,744

0,67

0,444

Alyuminiy

2670

0

204

0,921

86,7

Mis

8800

0

384

0,381

112,5

Nikel

9000

20

58

0,461

17,8

Kumush

10500

0

458

0,234

170

Uglerodli po‘lat

7900

20

45

0,461

14,7

Suv

999,9

0

0,5513

4,212

0,131

Havo (quruq)

1,293

0

0,0244

1,005

18,8

Kislorod

1,429

0

0,0247

0,915

18,8

Issiqlik o‘tkazuvchanlikning differentsial tenglamasi. Chegara shartlari
Izotermik sirt dF dan d vaqt ichida o‘tayotgan issiqlik miqdorini aniqlash uchun (8.5) tenglamani F va  bo‘yicha integrallash lozim, ya’ni jism ichidagi temperatura maydonini bilish kerak. Bu masalani yechish uchun issiqlik o‘tkazuvchanlikning differentsial tenglamasi keltirib chiqariladi.
Tenglamani keltirib chiqarishda quyidagi shartlar qabul qilinadi: jism bir jinsli va izotrop; uning fizik parametrlari o‘zgarmas. Energiyaning saqlanish qonuniga asosan, jismning elementar hajmiga  vaqt ichida tashqaridan issiqlik o‘tkazuvchanlik yo‘li bilan keltirilgan dQ1 issiqlik miqdori va ichki issiqlik manbai tomonidan ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori dQ2 yig‘indisi jismning ichki energiyasining o‘zgarishiga teng bo‘lishi kerak dQ=dU:

8.2-rasm. Issiqlik o‘tkazuvchanlikning differentsial tenglamasiga
doir. Dekart (a) va Silindrik (b) koordinatalarda

dQ1+dQ2=dQ (8.9)
Bu tenglama hadlarini Dekart koordinata tizimida aniqlash uchun jismda tomonlari dx, dy, va dz bo‘lgan parallelepiped ajratib olamiz (8.2-rasm).
Bu yerda dQx, dQy, dQz – olib keltirilayotgan issiqlik. dQx+dx, dQy+dy, dQz+dz – olib ketilayotgan issiqlik. U holda dydz qirra uchun Fure qonuniga (8.5) asosan:
Bu kattaliklar farqi parallelepipedda qolayotgan issiqlik miqdorini beradi:
Xuddi shunday bog‘lanishni qolgan ikki qirra uchun keltirib chiqarish mumkin. U holda jismga keltirilgan va unda qolgan umumiy issiqlik miqdori quyidagiga teng bo‘ladi:
Agar ichki issiqlik manbaining solishtirma issiqlik unumdorligini qv(J/m3) orqali belgilasak:
dQ2=qv dxdydzd bo‘ladi.
d vaqt ichida jismning ichki energiyasining o‘zgarishi
dQ1, dQ2 va dQ larni (8.9) tenglamaga qo‘yib, ba’zi o‘zgartirishlardan so‘ng quyidagini hosil qilamiz:
yoki
bu yerda
- temperatura o‘tkazuvchanlik koeffitsienti;
- Laplas operatori.
U holda, issiqlik o‘tkazuvchanlik differentsial tenglamasini quyidagicha ifodalash mumkin:
(8.11)
Silindrik koordinatalar tizimida (8.2-rasm, b) (8.11) tenglama quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
bu yerda r – radius vektor;  - burchak.
Statsionar holat uchun t/=0, u holda (8.11) tenglamani quyidagicha yozish mumkin:
Ichki issiqlik manbai bo‘lmasa:
Statsionar holatda 2t=0 (8.14)
Nostatsionar holatda t/=a2t (8.15)
(8.11) va (8.12) tenglamalar, issiqlik o‘tkazuvchanlik jarayoni ro‘y berayotgan jismning istalgan nuqtasidagi temperaturaning vaqt va fazoviy o‘zgarishlari orasidagi bog‘lanishni belgilaydi. Issiqlik o‘tkazuvchanlikni differentsial tenglamasi (Fure tenglamasi) issiqlik o‘tkazuvchanlik usuli bilan issiqlik uzatilishini eng umumiy holda yoritadi.
Bu tenglamani aniq bir hollar uchun qo‘llashda, vaqtning boshlang‘ich paytida jismda temperaturaning taqsimlanishini va boshlang‘ich shartlarni bilish zarur.
Bundan tashqari quyidagilar ma’lum bo‘lishi kerak: jismning geometrik shakli va o‘lchami, muhit va jismning fizik parametrlari, jism sirtida temperaturaning taqsimlanishini belgilovchi chegara shartlari. Yuqoridagi barcha xususiyatlar differentsial tenglama bilan birgalikda aniq bir issiqlik o‘tkazuvchanlik jarayonlarini to‘liq yoritadi va bir xillilik shartlari yoki chegara shartlari deb aytiladi. Odatda, temperaturaning boshlang‘ich taqsimoti =0 vaqt uchun beriladi.
Chegara shartlari uch xil usulda berilishi mumkin. Chegara shartlarining birinchi turida temperaturaning jism sirtida taqsimoti vaqtning istalgan har qanday payti uchun beriladi. Chegara shartlarining ikkinchi turida vaqtning har qanday istalgan payti uchun jism sirtidagi har qaysi nuqtada issiqlik oqimining zichligi beriladi.
Chegara shartlarining uchinchi turida jismni o‘rab turgan muhit temperaturasi va jism sirti bilan atrof muhit o‘rtasidagi issiqlik berish qonuniyatlari beriladi.
Issiqlik o‘tkazuvchanlikning differentsial tenglamasini bir xillilik shartlari asosida yechish, jismni butun hajmi bo‘yicha vaqtning istalgan paytida temperatura maydonini aniqlash imkonini beradi.
ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT.
Download 120.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling