O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Optik tolaning asosiy fizik parametrlari
Bajardi: Xolboyev E. Q
Tekshirdi: Nurmurodov J. X
Samarqand 2023-yil
Mavzu: Optik tolaning asosiy fizik parametrlari
REJA
4.1 Optik toladagi so’nish xodisasi.
4.2 Optik tolaning xususiy yuqotishlari. Kabel yuqotishlari.
4.3 Optik toladagi dispersiya xoddisasi va uning turlari.
4.4 Modalararo dispersiya. Xromatik dispersiya. Material dispersiyasi.
4.5 Tulqin uzatish bilan bog’lik dispersiya.. Dispersiyani kamaytirish usullari.
4.1. Optik toladagi sunish xodisasi.
Optik signal tola orqali uzatilganda yorug‘lik to‘lqinlarini tola muhiti bilan chiziqli va nochiziqli o‘zaro ta’siri natijasida signal quvvatini yo‘qolishidan optik signal so‘nadi. So‘nish tolali optik aloqa uzatish tizimlarining regeneratsiyalash uchastkasi uzunligini aniqlovchi, optik tolaning eng muhim parametri hisoblanadi. So‘nish bu tolada yorug‘lik oqimlarining kuchsizlanishidir. Tola uzunligi bo‘yicha so‘nishni o‘zgarish qonuni quyidagi umumiy ko‘rinishga ega:
R=R0 yexr(-α*L), (4.1)
bu yerda R0 – tolaga kiritiladigan quvvat;
L – tola uzunligi;
α - so‘nish koeffitsiyenti yoki toladagi yo‘qotishlar.
Bu formulani qo‘llab solishtirma yo‘qotishlarni baholashimiz mumkin:
asolishtirma = - (10/L)*lg(P/P0) = 4,343 a. (4.2)
3.12-расм. Толадаги йўқотишларнинг асосий турлари.
Umumiy holda so‘nish signallarni sochilishi va yutilishidan hosil bo‘luvchi yo‘qotishlar va kabel yo‘qotishlaridan yuzaga keladi.
Yutilish va sochilishdan hosil bo‘ladigan yo‘qotishlar xususiy yo‘qotishlar, kabel yo‘qotishlari esa qo‘shimcha yo‘qotishlar deyiladi.
Tola yo‘qotishlarini to‘liq ularning yig‘indisi ko‘rinishida yozishimiz mumkin:
a = ax+ak = ayu + as + ak, (dB/km). (4.3)
Do'stlaringiz bilan baham: |