Mavzu: asosiy va aylanma kapital yo’lchiboyev johongir


Download 0.71 Mb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi0.71 Mb.
#1018244
  1   2   3   4
Bog'liq
Moliya

MAVZU: ASOSIY VA AYLANMA KAPITAL Umaraliyev Shaxzod

REJA: 1. Asosiy kapital doiraviy aylanishining mohiyati, tarkibiy tuzilmasi va samaradorligi. 2. Aylanma kapital: mazmuni, tarkibiy tuzilmasi va foydalanish samaradorligi. 3. Aylanma mablag’larni mye’yorlashtirish.

1. Asosiy kapital doiraviy aylanishining mohiyati, tarkibiy tuzilmasi va samaradorligi. Umumlashtirilgan kо‘rinishda asosiy kapital mehnat vosita-lariga (binolar, inshootlar, uzatish qurilmalari, mashinalar va dastgohlar, transport vositalari va foydali foydalanish muddati 12 oydan oshadigan boshqa vositalar) joylashtirilgan avanslashti-rilgan kapital qiymatining bir qismidir. XYUSning buxgaltyeriya balansida asosiy kapital aylanmadan tashqaridagi aktivlar sifa-tida aks yettiriladi. Uning asosini asosiy vositalar tashkil yeta-di. Bu aktivlarning boshqa yelementlari, ya’ni nomoddiy aktivlar, tugallanmagan qurilish, moddiy boyliklarga daromadli joylash-tirish, uzoq muddatli Moliyaviy qо‘yilmalar, bevosita yoki bilvo-sita asosiy kapitalni kengaytirilgan ishlab chiqarishga xizmat qiladi. Mehnat va mahsulotni yaratish jarayonida asosiy kapital ishlab chiqarish omili va ishlab chiqarishning moddiy-texnik aso-si shaklida amal qiladigan unumli kapitalning qismi sifatida maydonga chiqadi.

Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi unga tegishli bо‘lgan qiymatning quyidagi uch funksional shakllarida harakat qilishini anglatadi: 1. Pulli 2. Unumli 3. Tovarli Asosiy kapital qiymatining bu shakllarda amal qilishi foyda olishni va mehnat vositalarining takror ishlab chiqarili-shini ta’minlaydi.

Ishlab chiqarish jarayonida asosiy kapitalni buYumlashgan shakli sifatida asosiy fondlar – uzoq vaqt davomida natural-istye’molli shaklda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilayotgan moddiy boyliklar yig’indisi – maydonga chiqadi. Iqtisodiy mо‘ljal-langanligiga kо‘ra asosiy fondlar quyidagilarga bо‘linadi: 1.asosiy ishlab chiqarish fondlari. 2.noishlab chiqarish asosiy fondlari. Ishlab chiqarish jarayonida buyumlashgan-natural shaklda ishtirok etadigan va kо‘plab ishlab chiqarish sikllari davomida о‘zining qiymatini tayyor mahsulotga qismlarga bо‘lib о‘tkazuvchi mehnat vositalariga asosiy ishlab chiqarish fondlari deyiladi. Noishlab chiqarish asosiy fondlarining tarkibiga XYUSning balansida bо‘lgan va noishlab chiqarish maqsadlari uchun foydala-nishga mо‘ljallangan XYUSning mulklari kiradi. Ular bо‘yicha amortizasiya hisoblanmaydi. Bu fondlarning qiymati ularning yeskirishi munosabati bilan XYUSning foydasi hisobidan takror ishlab chiqariladi.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling