Mavzu: Asosiy vositalar auditi


Moliyaviy hisobotning asosiy vositalarga doir hisobot shakllari


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1556662
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ASOSIY VOSITALAR AUDITI

Moliyaviy hisobotning asosiy vositalarga doir hisobot shakllari 
ko‘rsatkichlarining o‘zaro mosligini tekshirish
Buxgalteriya hisoboti va Bosh daftar (yoki tegishli hisob registrlari) 
ko‘rsatkichlarining mosligini tekshirishda №3 shakldan foydalaniladi. Ushbu 
amallarni bajarish natijalari quyidagi tarzda rasmiylashtiriladi. 


20 
Keyinchalik Bosh daftar ma’lumotlarini sintetik va analitik hisob registrlari 
ko‘rsatkichlari bilan solishtirish natijalari bo‘yicha tekshiruv davom ettiriladi. 
Asosiy vositalar analitik hisobining inventar kartochkalari ma’lumotlari bilan 
taqqoslanadi. Auditor asosiy vositalar guruhlari bo‘yicha harakat ko‘rsatkichlarini 
inventar kartochkalar bo‘yicha analitik hisob ma’lumotlari bilan mosligini 
tekshirishi mumkin. Auditor tekshiruvning mazkur bosqichida kuzatib chiqish 
amallari yordamida dastlabki hujjatlar ma’lumotlarining analitik va sintetik hisob 
registrlarida aks ettirilishini, Bosh daftar yozuvlarini tekshiradi. Natijada u asosiy 
vositalar harakatiga doir muomalalar buxgalteriya hisobi schyotlarida to‘g‘ri aks 
ettirilganligiga ishonch hosil qiladi. 
4. Asosiy vositalar analitik hisobini tashkil etish auditi


21 
Dastavval, auditor moddiy javobgar shaxslarni va ular bilan tuzilgan to‘liq 
moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi shartnomalar mavjudligini aniqlashi zarur. Agar 
shartnomalar bo‘lmasa, u holda auditor ularni tuzishni tavsiya qilishi lozim.
Amaldagi tartibga ko‘ra, asosiy vositalarning analitik hisobi ularning tasnifiy 
guruhlari va inventar obyektlari bo‘yicha, shuningdek, obyektlarning moddiy 
javobgar shaxslarda turish joyi (bo‘linmalar, brigadalar, sexlar, uchastkalar va 
boshqalar) bo‘yicha yuritiladi.
Korxonaga kelib tushgan asosiy vositalarni tekshirishda har bir obyekt 
bo‘yicha alohida tuzilgan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (nakladnoyi) (AV-1 
shakl) ning rasmiylashtirilishiga e’tibor qaratish zarur. Bunda dalolatnomadagi 
obyektning tavsifi, turgan joyi, sotib olingan manbayi, chiqarilgan yoki qurilgan yili, 
ishga tushirilgan vaqti, obyektning sinov natijalari, uning texnik talablarga 
muvofiqligi va boshqa ma’lumotlar tekshiriladi.
Ayrim hollarda bir turdagi va narxi bir xil xo‘jalik inventarlari, asboblar, 
stanoklar olinganda «Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish umumiy 
dalolatnomasi» tuzilishi mumkin.
Bunda ushbu dalolatnoma ma’lumotlari, unga ilova qilingan passportlar, 
ishlatish tartibi, yo‘riqnomalar ham tekshirilishi zarur.
Hisobga qabul qilingan har bir asosiy vosita obyektiga inventar raqam 
berilgan bo‘lishi lozim. Masalan, 001 dan 099 gacha inventar raqamlar binolarga, 
100 dan 199 gacha inshootlarga, 200 dan 299 gacha bo‘lgan raqamlar uzatish 
qurilmalariga beriladi va hokazo. Berilgan inventar raqami asosiy vositalar 
obyektiga metall jeton bilan qoqib qo‘yilishi, o‘chmaydigan bo‘yoq bilan yozib yoki 
boshqa usullarda belgilab qo‘yilishi lozim. Bu belgilar obyekt foydalanishda bo‘lgan 
jami davr ichida saqlanib, buxgalteriya hisobining barcha tegishli dastlabki 
hujjatlarida va hisob registrlarida ko‘rsatiladi. Obyekt hisobdan chiqarilganidan 
so‘ng uning inventar raqami yangi kirim qilingan asosiy vositalarga berilmaydi.
Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (ilova qilingan 
hujjatlar bilan birga) buxgalteriyaga o‘z vaqtida topshirilgan bo‘lishi lozim. 
Korxona buxgalteriyasida asosiy vositalarning analitik hisobi, ularning har bir turi 


22 
bo‘yicha ochiladigan AV-6 shakldagi inventar kartochkalarda yuritiladi. Bu 
kartochkada obyekt haqidagi barcha ma’lumotlar (dastlabki yoki tiklanish qiymati, 
amortizatsiya ajratmalari me’yori, kirim qilingan paytdagi eskirish darajasi) qayd 
etilgan bo‘lishi kerak.
So‘ngra inventar kartochkalar ma’lumotlarining «Asosiy vositalarni hisobga 
olish bo‘yicha inventar kartochkalar ro‘yxati (AV-7 shakl) ga asosiy vositalarning 
tasnifiy guruhlari bo‘yicha o‘tkazilganligi tekshiriladi.
Ro‘yxatga olingan kartochkalar asosiy vositalar kartotekasida tarmoq 
tasnifiy guruhlariga, guruh ichida esa turgan joyi, foydalanish joyi va turlari 
bo‘yicha guruhlangan bo‘lishi kerak.
Ishlatilmayotgan asosiy vositalarning inventar kartochkalari alohida 
guruhlangan bo‘lishi kerak.
Asosiy vositalar hisobdan chiqarilganida dalolatnoma tuzilab, uning 
ma’lumotlari tegishli inventar kartochkalarda qayd qilinadi va so‘ngra bu inventar 
kartochkalar kartotekadan olib qo‘yiladi.
Ayni vaqtda auditor asosiy vositalar obyektlari qiymatini baholash va qayta 
baholash natijalarini inventar kartochkalarida, ham buxgalteriya hisobi schyotlarida 
aks ettirishning to‘g‘riligini tekshirishi maqsadga muvofiqdir. Bunda u O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi (№129), Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi (№4) 
va Davlat Soliq qo‘mitasi (№2002- 86) tomonidan tasdiqlangan «1 yanvar holati 
bo‘yicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni o‘tkazish to‘g‘risida Nizom»da 
belgilangan qayta baholash usullarining qo‘llanilishini tekshiradi. Xususan, qayta 
hisoblash koeffitsiyentlarining qo‘llanilishi va hisob-kitoblar to‘g‘riligiga alohida 
e’tibor berishi lozim.
Shu bilan birga qayta baholash natijasida narxlar oshgan yoki kamaygan 
summalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishi ham tekshiriladi.
Qayta baholanib oshgan summa 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oladigan 
schyotlar» (0110-0190) debeti va 8510-«Mulklarni qayta baholash bo‘yicha 
tuzatishlar» schyotining kreditiga yoziladi. Qayta baholangan asosiy vositalar 
obyektlari bo‘yicha tiklanish qiymati bo‘yicha inventar kartochkaning 


23 
«Rekonstruktsiyalash, modernizatsiyalash» bo‘limida qayd etilgan bo‘lishi lozim. 
Shu bilan birga qayta baholangan eskirish summasi ham inventar kartochkaning 
tegishli bo‘limida aks ettirilgan bo‘lishi kerak. Har bir moddiy javobgar shaxs asosiy 
vositalar obyektlarining analitik hisobini AV-9 shakldagi vedomostda yuritishi 
kerak. Shuning uchun auditor tekshirilayotgan korxonada ushbu qoidaga rioya 
qilinayotganligiga ham ishonch hosil qilishi lozim. Bunda hamma moddiy javobgar 
shaxslar bilan belgilangan shaklda va ikki nusxada to‘la moddiy javobgarlik 
to‘g‘risida shartnomalar tuzilganligi, shartnomalarning bir nusxasi moddiy javobgar 
shaxslarning hujjatlar to‘plami (shaxsiy delosi) da, ikkinchi nusxasi esa shu 
xodimlarning o‘zlarida saqlanayotganligi tanlab tekshirilishi lozim. 
Bulardan tashqari, auditor barcha moddiy javobgar shaxslar asosiy 
vositalarni o‘z javobgarligiga olganligini tasdiqlab inventarizatsiya vedomostlarida 
imzo qo‘yganliklari hamda asosiy vositalarning keyingi kirimlari esa ularning 
dastlabki hujjatlardagi imzolari bilan tasdiqlanganini tekshiradi.
Amaliyotda eng ko‘p uchraydigan kamchiliklardan biri - korxonalar bunday 
kartochkalarni yuritishni ortiqcha ish deb hisoblaydilar (korxona buxgalteriyasida 
inventar ro‘yxatlarning borligini nazarda tutib), inventar kartochkalarni yuritadigan 
korxonalar esa hamma vaqt ham bu kartochkalarning rekvizitlarini to‘liq 
to‘lg‘azishga rioya qilmaydilar.
Bulardan tashqari, asosiy vositalar kirimga olingan, hisobdan chiqarilgan va 
korxona ichida joyi (moddiy javobgar shaxslar) o‘zgartirilganda, ularning inventar 
kartochkalariga bu haqda tegishli yozuvlar yozilganidan keyin, oy oxirigacha joy-
joyiga qo‘yilmasdan alohida saqlanganligi aniqlanadi. So‘ngra shu kartochkalar 
asosida har oyda asosiy vositalar amortizatsiyasi (eskirishi) ni hisob-kitobi tuzilib, 
ularning har bir turi bo‘yicha jamlangan kirim, chiqim oborotlari va shu asosda 
tuzilgan «Asosiy vositalar harakatini hisobga olish kartochkasi» (AV-8 shakl) 
ma’lumotlar ham tekshiriladi.
Asosiy vositalar harakatini hisobga olish kartochkasi (AV-8 shakl) joriy 
yilning 1 yanvariga ochilib, unda asosiy vositalarning mavjud qoldiqlari turlari 
bo‘yicha ko‘rsatilishi lozim. Undagi oylik oborotlar va oy oxiriga, ya’ni keyingi 


24 
oyning 1-sanasiga chiqarilgan qoldiqlari tekshiriladi. So‘ngra uning ma’lumotlariga 
asosan tuzilgan asosiy vostalarning oborot vedomostlari tekshirilib, yakunlari esa 
Bosh daftardagi yakunlar bilan solishtirilib chiqiladi. Shular asosida «Asosiy 
vositalarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi hisobot» (3-shakl) ma’lumotlari 
tekshiriladi. 
Xulosa qilib aytganda, inventar kartochkalarini korxona buxgalteriyasida 
tasnifiy guruhlar bo‘yicha, ularning ichida esa ishlatilish joylari bo‘yicha saqlash 
yillik moliyaviy hisobot tuzishda asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot (3-
shakl) ni to‘ldirishni osonlashtiradi. Auditor buxgalteriya xodimlarining e’tiborini 
ushbu holatga qaratmog‘i lozim. Agar hisob jarayonlari avtomatlashtirilgan bo‘lsa, 
kartochkalarni qo‘lda to‘lg‘azishga ehtiyoj qolmaydi. Bunda axborotlar korxonada 
mavjud bo‘lgan analitik hisob mashinagrammalarida saqlanadi, lekin ular AV-6 
shakldagi kartochkalarda hisobga olinadigan pozitsiyalardan kam bo‘lmasligi lozim. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling