Mavzu: Asosiy vositalar auditi


Asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1556662
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ASOSIY VOSITALAR AUDITI

5. Asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni 
hujjatlashtirish, schyotlarda aks ettirish hamda soliqqa tortishning to‘g‘riligini 
tekshirish 
Asosiy vositalar kirimini hisobga olishning to‘g‘riligini tekshirishdan 
maqsad sotib olingan asosiy vositalar hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligini va 
foydalanishga topshirilgan obyektlarning real qiymatini ifodalashini tasdiqlashdan 
iborat.
Tekshiruvning ushbu bosqichida quyidagi amallarni bajarish zarur:
* sotib olingan asosiy vositalar obyektlarining ro‘yxatini (miqdori va qiymati 
ko‘rsatilgan holda) olish, olingan ma’lumotlarni 0110-0190 schyotlarning debet 
oborotlari bilan taqqoslash;
* yangidan sotib olingan asosiy vositalar obyektlarining jismonan 
mavjudligi va dastlabki hujjatlarini tekshirish;
* foydalanishga topshirilgan asosiy vositalar obyektlarining qiymati 
buxgalteriya hisobi schyotlarida tegishli tarzda aks ettirilganligini aniqlash;
* soliq qonunchiligining tegishli qoidalariga rioya qilinganligini aniqlash;


25 
* hisobot davri davomida asosiy vositalar katta miqdorda kirim qilingan 
hollarda eski qurilmalar qiymati hisobdan o‘chirilganligini. 
Asosiy vositalar kirimini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishni boshlashda 
dastlabki hujjatlar, ularning belgilangan qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilganligi 
nuqtai nazaridan shaklan tekshiruvdan o‘tkazilishi zarur. 
Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish (korxona ichidagi harakati) 
dalolatnomalaridagi ma’lumotlarga asosan 0110-0190 schyotlar debeti bo‘yicha 
kirimiga olingan asosiy vositaning manbayi aniqlanadi: Ustav kapitaliga hissa 
sifatida (4610 schyot krediti) kapital qo‘yilmalar tartibida puli to‘lanib sotib olingan 
yoki qurib bitkazilganda (0810, 0820 va 0890 schyotlarning krediti), asosiy podaga 
qabul qilingan mollar qiymati (0840 schyot krediti), tekinga olingan asosiy vositalar 
qo‘shilgan kapital tarkibiga kirimga olinganda (8530 schyotning krediti) va h. k. 
So‘ngra ko‘rsatilgan muomalalarni buxgalteriya hisobining schyotlarida aks 
ettirilish tartibi tekshiriladi.
Tekinga olingan asosiy vositalar obyektlarini hisobga olish bo‘yicha 
muomalalarni aks ettirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining tegishli me’yoriy hujjatlarida 
belgilangan.
2003-yil 1 yanvardan iqtisodiyotning nodavlat sektoridagi korxonalar uchun 
bepul (tekin) olingan asosiy vositalar qiymatiga korxona qo‘shilgan kapitali (8530-
schyot krediti) ko‘paytirilib kirimga olinadi. (Dt 0110-0190, Kt 8530) va ular 
qiymati soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shiladi.
Auditor soliqqa tortiladigan foydaning miqdorini aniqlash hisob-kitobi bilan 
tanishishi va bepul olingan mulklar qiymati soliqqa tortish maqsadida soliqqa 
tortiladigan foydaga qo‘shilganligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Auditor yana shuni nazarda tutish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 1995-yil 5-
sentabrdagi 92/72 son xatiga muvofiq ustav kapitali 100 foiz davlat mulkidan iborat 
bo‘lgan korxonalar va tashkilotlarning ichki tizimida o‘zaro bir-biriga o‘tkazishi 
natijasida tekinga olingan asosiy vositalar qo‘shimcha daromad deb hisoblanmaydi 


26 
va natijada ularning qiymati foyda (daromad) solig‘i bazasiga qo‘shilib, soliqqa 
tortilmaydi.
Bulardan tashqari, auditor inventarizatsiya o‘tkazish natijasida asosiy 
vositalar tarkibida hisobda turgan inventar va xo‘jalik ashyolari aniqlanib, ularni 
inventar va xo‘jalik ashyolari (1080 schyot) qatoriga o‘tkazilganining to‘g‘riligini 
ham tekshirishi zarur. Bundan dastlabki qiymatiga (Debet 1080 schyot va kredit 
0110-0199 schyot), hisoblangan eskirish summasiga provodkalar to‘g‘ri 
tuzilganligiga alohida e’tibor berish zarur.
Puli to‘lanib sotib olingan, zamonaviylashtirilgan va texnikaviy jihozlangan 
asosiy vositalar bo‘yicha korxona bir vaqtning o‘zida kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarishni ta’minlash maqsadida ularning moliyalashtirish manbalarini sof foyda, 
o‘tgan yildagi taqsimlanmagan foyda, zaxira kapitalini aks ettirish lozim.
Auditor korxonada sotib olingan avtomobillarining to‘g‘ri rasmiy-
lashtirilganligi, transport vositalarini sotib olganlik uchun to‘lanadigan soliqning 
aniq hisoblanganligi va o‘z vaqtida budjetga o‘tkazib berilganligini, to‘langan soliq 
summasining sotib olingan avtomobil dastlabki qiymatiga qo‘shilganligini 
tekshirishi lozim. Agar dastlabki hujjat shubha uyg‘otsa, ushbu muomalani amalga 
oshirish uchun javobgar shaxslardan yozma ravishda tushuntirish xati olinadi va 
qarama - qarshi tekshiruv o‘tkaziladi. 
Korxona tomonidan transport vositalari sotib olinganlik uchun to‘langan 
soliq to‘g‘risida soliq nazoratiga o‘z vaqtida ma’lumotnoma berilganligiga ishonch 
hosil qilish lozim. Agar korxonada asosiy vositalarni jismoniy shaxslardan sotib 
olish hollari uchrasa, auditor bunga alohida e’tibor berishi lozim.
Bunday muomalalar yozma ravishda tuzilgan, oldi-sotdi shartnomasi bilan 
sotuvchining pasport ma’lumotlari ko‘rsatilib rasmiylashtiriladi. Jismoniy shaxsdan, 
unga shaxsiy mulk huquqi bo‘yicha tegishli bo‘lgan vositalar (uy, dala hovli, 
avtomobil, garaj va boshqa mulklar) sotib olinganda, unga to‘lanadigan summadan 
belgilangan tartibda budjetga daromad solig‘i ushlash kerak. Shu bilan birga ushbu 
jismoniy shaxsga to‘lanishi lozim bo‘lgan summani o‘z vaqtida to‘lash uchun 


27 
bankdan xo‘jalik kassasiga pul olinganligi va kassadan o‘z vaqtida va to‘liq 
berilganligi ham tekshirilishi zarur.
Korxona sotuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi-sharifi va doimiy 
yashash joyini ko‘rsatib, oldi - sotdining summasi va ushlangan soliq summasi 
haqida soliq inspeksiyasiga xabar qilishi lozim. Agar jismoniy shaxs tadbirkor 
sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lsa, (litsenziyasi bo‘lsa) undan asosiy vosita sotib 
olinganda daromad solig‘i ushlanmaydi. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling