Mavzu: Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi Bajardi: Ne’matullayev Ikromjon
Download 168.41 Kb.
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy vositalar quyidagilar natijasida tashkilot balansiga kirim qilinadi
Mavzu: Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobiBajardi: Ne’matullayev IkromjonAsosiy vositalar – qonunchilikka muvofiq zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkilot tomonidan uzoq vaqt davomida (bir yildan ortiq) foydalanadigan, shuningdek, ijaraga berishi mumkin bo’lgan moddiy aktivlardir. Asosiy vositalar tarkibida quyidagilar hisobga olinadi: imoratlar, inshootlar, mashina va uskunalar, kompyuter texnikasi va unga qo‘shimcha qurilmalar, transport vositalari, kutubxona fondi, uzatkich moslamalari, ishchi va mahsulot beruvchi hayvonlar va boshqa asosiy vositalar (muzey boyliklari, hayvonot olami eksponatlari, sahna-tomosha vositalari, o‘quv kinofilmlari, magnit disklari va lentalari, kassetalar va hokazo). Асосий воситаларни киримини қуйидаги счётдарда ҳисобга олинади: 0110 "Yer"; 0111 "Yerni obodonlashtirish"; 0112„Uzoq muddatli olingan ijara shartnomasi bo’yicha olingnan asosiy vositalarni obodonlashtirish "; 0120 "Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar"; 0130 „ Mashina va asbob-uskunalar"; 0140 „ Mebel va ofis jihozlari"; 0150 "kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi"; 0160„ Transport vositalari"; 0170 „ Ishchi va mahsuldor hayvonlar "; 0180„ Ko’p yillik o’simliklar "; 0190 „ Boshqa asosiy vositalar"; 0199 „ Konservatsiya qilingan asosiy vositalar" Asosiy vositalar quyidagilar natijasida tashkilot balansiga kirim qilinadi:oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha ob’ektni sotib olish; kapital qo’yilmalar tugaganidan so’ng tiklangan ob’ektni qabul qilish-topshirish; beg’araz kelib tushish; tovar-moddiy zahiralar tarkibidan o’tkazish; asosiy vositalarning ortiqcha (hisobga olinmagan) ob’ektlarini aniqlash; qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar. Dastlabki qiymat To’langan va qoplanmaydigan soliqlarni (yig’imlarni), shuningdek aktivni undan mo’ljal bo’yicha foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog’liq bo’lgan yetkazib berish va montaj qilish, o’rnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish bo’yicha haqiqatda qilingan xarajatlarning qiymati. Joriy qiymat Ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo’yicha asosiy vositalarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o’rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni Sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo’lgan summa. . Download 168.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling