Mavzu: Atmosfera yog’inlarining daryo havzasi bo’yicha taqsimlanishi Atmosfera yogʻinlari
Download 14.07 Kb.
|
Mavzu Atmosfera yog’inlarining daryo havzasi bo’yicha taqsimlan
- Bu sahifa navigatsiya:
- daryo boshi
- Suvayirg’ichlar , daryo havzasi va suv to’plash maydoni
- 1. ТinchHind okeanlari yo’nalishida; 2. AtlantikaShimoliy Muz okeanlari yo’nalishida.
Mavzu: Atmosfera yog’inlarining daryo havzasi bo’yicha taqsimlanishi Atmosfera yogʻinlari – bulutlardan yogʻadigan yoki havoda suv buglarining kondensatlanishi natijasida yer yuzasiga va oʻsimliklar sirtiga tushadi-gan tomchi yoki muz holatidagi suv. Bulutlardan yomgʻir, qor, hoʻl qor va muz dona-chalari, doʻl va hokazo yogʻadi. Havodagi suv bugʻlaridan shudring, qirov, bulduruq va boshqa hosil boʻladi. Oʻta sovigan yomgir, tu-man yer yuzasida va narsalar ustida muz qatlamlari hosil qiladi. Atmosfera yogʻinlari davom-li va oʻrtacha tezlikda, jala shaklida va mayda shivalab yogʻuvchi yogʻinlarga aj-ratiladi. Davomli va oʻrtacha tezlikda yogʻuvchi Atmosfera yogʻinlari qatlamli yomgʻir beruvchi va yuqori qatlam bulutlardan yogʻadi. Jala boʻlib yogadigan Atmosfera yogʻinlari yomgʻirlitoʻp bulutlardan yirik tomchi yoki pagʻa-pagʻa qor, mayda muz donachalari, yezda esa doʻl sha-klida yogʻadi, tusatdan katta tezlik bilan boshlanib, tezda tuxtaydi, issiq davrda esa momaqaldiroq bilan birgalikda oʻtadi. Mayda shivalab yogʻuvchi Atmosfera yogʻinlari qatlamli bulutlardan (ba’zan tumanlardan) mayda tomchi va tez eriydigan qor shaklida yogʻadi. Atmosfera yogʻinlari meteorologik stansiyalarda yomgʻir oʻlchagich, yogin ulchagich va plyuvi-ograflar, katta maydonlarda esa radio-lokatorlar yorda-mida Ulchanadi. Yerga tushgan Atmosfera yogʻinlari mikdo-ri suv balansini koʻrsatadigan mm bilan, jadalligi esa vaqt birligi (min., soat, sutka)dagi miqdori (mm) bilan ulchanadi. Atmosfera yogʻinlari miqdori Oʻrta Osiyo hududi boʻylab gʻoyat notekis taqsimlanadi. Ularning yillik miqdori tekisliklarda oʻrtacha 100 – 200 mm, togʻ oldi va togʻli rayonlarda 500 – 1000 mm, ba’zan 1500 mm va undan koʻproq. Yogʻinlar tekisliklarning katta qismida, togʻ oldi va ba’zi tomi rayonlarda yoz oylarida eng kam, bahor (mart – aprel) yoki kuz (oktabr – noyabr)da eng koʻp yogʻadi. Shimoliy va baland togli rayonlarda esa eng koʻp yogʻingarchilik aprel – may oylarida kuzatiladi. Yezda faqat togli rayonlardagina yogʻingarchilik boʻladi. Oʻrta Osiyoning yogʻinlari kam tushadigan rayonlarida yoginlarning sut-kalik maksimum ekstremal miqdori 30 – 50 mm, yogʻingarchilik koʻp boʻladigan rayonlarda esa sutkalik maksimum miqdor 100 mm va undan koʻproq. Atmosfera yogʻinlari kuzatila-digan kunlar soni bir yilda 40 – 200 oʻrtasida oʻzgarib turadi. Atmosfera yogʻinlari qish – bahor davrida yerda tuproq nam zaxira-sini hosil qiladi, bu esa qishloq xoʻjaligida katta ahamiyatga ega. Atmosfera yogʻinlari yetarli (yiliga 200 mm va undan koʻproq) boʻlgan sharoitlarda eqilgan ekin tabiiy nam hisobiga unib chikadi, natijada birinchi sugorishni keyinroqqa surish mumkin boʻladi.Hamid Abdullayev, Olga Subbotina. O’zan aniq ko’rinishga ega bo’lgan va doimiy suv oqimi kuzatila boshlanadigan joy daryo boshi deb yuritiladi. Agar daryo ikki soyning qo’shilishidan hosil bo’lsa, daryo boshi sifatida ular qo’shilgan joy qabul qilinadi. Daryoning uzunligi esa katta irmoq bilan qo’shib hisoblanadi. Har qanday daryoni, uning uzunligi bo’yicha, birbiridan farq qiladigan umumiy belgilariga qarab, quyidagi uch qismga-yuqori oqim, o’rta oqim va quyi oqimlarga bo’lish mumkin. Тog’ daryolarining yuqori oqimlari uchun nisbatan katta nishabliklar xos bo’lib, shu tufayli suvning oqish tezligi ham ancha katta bo’ladi. Bu esa o’z navbatida o’zanda eroziya jarayonining jadal borishiga olib keladi. Daryoning o’rta oqimida uning nishabligi va suvning oqish tezligi kamayadi. Eng muhimi, daryoning suvliligi ortadi. Daryoning quyi oqimida nishablik va suvning oqish tezligi yanada kamayadi. Bu qismda tezlik kamayishi natijasida oqiziqlar cho’ka boshlaydi. Aksariyat hollarda daryoning quyi oqimida daryo uzunligi bo’yicha undagi suv miqdori kamaya boradi. Daryo ko’lga, dengizga yoki ikkinchi bir daryoga qo’shiladigan joy uning quyilishi deyiladi. Ko’llarga, dengizlarga quyiladigan yirik daryolarning quyilish qismida ular tarmoqlanib, o’zanning murakkab shakllari-deltalar hosil qiladi. Bunga dengiz yoki ko’ldagi suvning to’lqinlanishi, ko’tarilishi, pasayishi sabab bo’ladi. Qurg’oqchil hududlarda esa daryolar ba’zan quyilish qismiga yetib bormaydi. Bunda daryo suvining katta qismi bug’lanishga, o’zan tubiga shimilishga va asosan sug’orishga sarf bo’ladi. O’lkamizdagi ko’pgina daryolar (Murg’ob, Тajan, Zarafshon, Qashqadaryo)ni bunga misol qilib keltirish mumkin. Suvayirg’ichlar, daryo havzasi va suv to’plash maydoni Yer sirtiga yoqqan yog’inlardan hosil bo’lgan suvni ikki qaramaqarshi yo’nalishdagi yonbag’irlar bo’yicha taqsimlaydigan eng baland nuqtalar o’rni suvayirg’ich chizig’ini hosil qiladi. Yer kurrasining quruqlik qismiga yoqqan yog’inlardan hosil bo’lgan yuza suvlarni jahon suvayirg’ich chizig’i quyidagi ikki yo’nalishda taqsimlaydi: 1. ТinchHind okeanlari yo’nalishida; 2. AtlantikaShimoliy Muz okeanlari yo’nalishida. Jahon suvayirg’ich chizig’i Janubiy Amerikadagi Gorn burnidan boshlanib, And, Kordilera tog’laridan Bering bo’g’oziga, undan Chukotka tizmalari, Anadir yassi tog’lari, Gidan, Stanovoy, Yablonovoy, Markaziy Osiyo tog’liklari, Тyanshan, Pomir, Kopettog’, Arabiston yarim orolining shimoliy qismi, Afrikada esa meridian yo’nalishi bo’yicha o’tadi. Materikning janubiy qismiga yaqinlasha borganda Hind okeani qirog’oqlari tomon buriladi (Dunyo tabiiy xaritasiga qarang). Jahon suvayirg’ich chizig’idan tashqari nisbatan kichik o’lchamlardagi quyidagi suvayirg’ichlar mavjud. Download 14.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling