Mavzu: Atmosferaning ifloslanish muammolari


Download 1.68 Mb.
bet3/4
Sana26.10.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1723623
1   2   3   4
Bog'liq
Ekologiya mustaqil ish

2 mln 225 ming tonnani tashkil qilib, 2018 va 2019 yilga nisbatan 7 foizga (155,0 ming va 150,0 ming tonna) kamaygan. Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining hisob-kitoblariga koʼra, Oʼzbekistonda havoning ifloslanishidan kelib chiqadigan yillik oʼlim darajasi, har 100 ming aholi soniga 81,1 ni tashkil qiladi. Holbuki aksariyat Yevropa davlatlarida ushbu koʼrsatkich 40 dan past, Ruminiya 59,3 va Bolgariyada 61,8 ni tashkil etadi. Respublika boʼyicha bir yilda oʼrtacha qariyib 6,5 mln tonna tashlanmalar korxona va tashkilotlarda hosil boʼladi va shundan 5,6 mln tonnasi (yoki 87,3 foiz) ChGTUlarga yoʼnaltiriladi, shundan 5,5 mln tonnasi (yoki 85,2 foizi) ushlab qolingan va zararsizlantirilgan. Ulardan 4,6 mln tonnasi (yoki 83,6% foizi) utilizatsiya qilingan.
Gidrosferaning ifloslanishi birinchi navbatda sanoat, qishloq xo‘jaligi va maishiy chiqindi suvlarning daryo, ko‘l va dengizlarga quyilishi natijasida yuzaga keladi. Suv ifloslanishining bir necha turlari mavjud: Og'ir metallar Radioaktiv moddalar Noorganik chiqindilar Kanalizatsiya chiqindilari Sintetik o‘g'itlar. Gidrosferaning ifloslanish manbalari
Asosiy muammo gidrosferaning ifloslanishi. Mutaxassislar suvning quyidagi ifloslanish manbalarini nomlaydilar:
sanoat korxonalari;
uy-joy kommunal xizmatlari;
neft mahsulotlarini tashish;
qishloq xo‘jaligi agrokimyosi;
transport tizimi;
turizm.
Aholining dunyo miqyosida yildan-yil ortib borishi yangidan-yangi, ilgari bo‘lmagan muammolarni yuzaga keltirmoqda. Ana shunday dolzarb muammolardan yana biri ichimlik suv masalasidir. Masalaga yuzaki qaraganda sayyoramizda suv behisob cheksiz-chegarasizdek bo‘lib ko‘rinadi. Lekin, aslida unday emas. Agar jahondagi barcha suv zahiralari 1.500 million kub km bo‘lsa, uning 94 foizi okean, dengiz suvlaridir. Suv zahiralarining faqat 6 foizi esa yer osti suvlari va muzliklaridir. Jahondagi ichishga yaroqli suvlar esa barcha suv zahiralarining faqat 0,0221 foizini tashkil etadi, ko‘rinib turganidek, ichimlik suv masalasi dunyodagi eng og’ir muammolardan biri sifatida kun tartibida turibdi. Suvda har xil zararli moddalar to‘planib suvning fizik xossalari va kimyoviy tarkibi o‘zgaradi. Organik va mineral qo‘shilmalar miqdori ortadi. Zaharli birikmalar paydo bo‘ladi. Suv tarkibida kislorod kamayadi. Bakteriyaning turlari va miqdori o‘zgaradi va yuqumli kasalliklar tarqatuvchi bakteriyalar paydo bo‘ladi.
Suv yana sanoat va kommunal xo‘jaliklardan chiqqan oqava suvlar, neft, radiaktiv moddalar va boshqalar bilan ifloslanadi.
Rivojlangan davlatlarning sanoatida ishlatiladigan toza suvlar kommunal maishiy xo‘jaliklarga sarflanadigan suvlardan bir necha barobar ko‘pdir. Chiqindi suvlar insonni ichimlik suv bilan ta’minlashda yaroqsiz hisoblanadi. Chunki zaharli moddalar bilan to‘yingan suv inson salomatligiga salbiy ta’sir etadi. Turli yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Keyingi vaqtda shifokorlar poliomielit, sariq va sil kasalliklar mikroblarining suv orqali tarqalishini aniqladilar.
Kimyo sanoatida sintetik yo‘l bilan ishlab chiqariladigan bo‘yoq, portlovchi modda va turli xil dori- darmon kauchuk sun’iy tola va boshqalar toza suvni ko‘p miqdorda talab qiladi. Oqibatda bunday ishlab chiqarish manbalaridan chiqqan iflos suvlar tarkibida tabiatda uchramaydigan zararli moddalr ham uchraydi [4].
Suv shaxtalarda ko‘mir olishda ham ishlatiladi. Ko‘mir qatlamlari oralig’idagi tog’ jinslarining tarkibiga qarab suv turli moddalarga to‘yinadi. Ba’zan shaxtalar gurunt suvidan to‘lib qoladi. Natijada ish jarayoniga katta zarar yetkazadi. Bunday hollarda shaxtalardagi iflos suvlar kuchli nasoslar yordamida turli suv havzalariga chiqarib tashlanadi.
Qora va rangli metallurgiya, kimyo, qog’oz, neftni qayta ishlash, tog’-kon sanoati chiqindilari va qishloq xo‘jaligi sababli yer yuzasidagi suvlar ifloslanmoqda.
Keyingi paytlarda suvni ko‘p sarflaydigan sanoat tarmoqlari joylashgan sex va zavodlarda chiqindi suvlarni tozalaydigan uskunalar qurilmoqda.
Sanoat va qishloq xo‘jaliklaridan chiqqan iflos suvlarni zararsizlantirib yana qaytadan ishlatish mumkin. Masalan, hozirgi zamon neftni qayta ishlash va metallurgiya zavodlari va sexlarida ishlatilgan suvning 97% qaytadan ishlatilmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizning bir qancha sanoat korxonalaridan ko‘plab iflos chiqindi suvlar chiqmoqda. Xo‘jalik maishiy obyektlardan chiqan iflos suv ilgarigiga qaraganda endilikda 4 marta ko‘p.
Oqova suvlarning suv havzalariga tushishi ularning kimyoviy, fizikaviy, bakteriologik tarkibini o‘zgartirib yuboradi. Natijada suvda yashovchi jonivorlar qirilib, suvdagi modda almashinuvi jarayoni izdan chiqadi. Keyingi vaqtlarda suv hayvonlarining bu omillarga sezgirligi ancha yuqori bo‘lib qoldi.
Atmosfera havosining ifloslanishi turli ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Insonlar sog'lig'ining yomonlashuvi, binolar, tarixiy obidalarning emirilishi, o‘simlik va hayvonlarning nobud bo‘lishi va boshqa hodisalar katta iqtisodiy zarar etkazadi. Faqatgina AQSHda havoning ifloslanishi inson sog'lig'iga etkazilgan ziyonni hisobga olmaganida, yiliga 30 mlrd. dollardan ortiq moddiy zarar etkazadi.
Atmosfera havosi o‘z o‘zini tozalash xususiyatiga ega. Lekin uning bu imkoniyati cheklangan. Yuqori darajadagi texnogen ifloslanishni bartaraf qilish insonlarning o‘zlari amalga oshirishlari lozim bcf Igan vazifadir. Havo ifloslanishining oldini olish va kamaytirishning turli yo‘llari mavjud. Korxonalarda tozalash qurilmalari o‘rnatiladi, zararli korxonalar shaxar chekkasiga chiqariladi.
Ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zgartirish, ayniqsa chiqindisiz texnologiyaga o‘tish ushbu muammoni hal qilishning eng istiqbolli yo‘llari hisoblanadi. Hozirgi vaqtda havoning ifloslanishida avtotransportning hissasi oshib bormoqda. Dunyo bo‘yicha 500 mln.dan ortiq avtomobil har kuni havoga yuz minglab tonna zararli birikmalar chiqaradi. Avtomobil tutunida 200 dan ortiq zararli birikmalar, shu jumladan o‘pka raki va boshqa og'ir kasalliklarni keltirib chiqaruvchi birikmalar (benzapirin, qo‘rg'oshin va boshqalar) mavjud.
Toshkent shahrida havo ifloslanishining 70 foizidan ortig'i avtotransport hissasiga to"g'ri keladi. O‘zbekistonning boshqa yirik shaharlarida ham havo ifloslanishida transportning hissasi ortib bormoqda. Transport harakatini tartibga solish, metro, elektr transportini rivojlantirish, yoqilg'1 sifatini yaxshilash va boshqa tadbirlar yirik shaharlar havosining ifloslanishini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Ekologik toza transport vositalarini yaratish shu kunning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.
Atmosferaning ifloslanishi, ya'ni havoda ifloslantiruvchi moddalar mavjudligi ham tabiiy, ham texnogen sabablarga ega. Atmosfera ifloslanishiga olib keladigan eng katta omillar: 
Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling