Mavzu: Atmosferaning ifloslanish muammolari


Atmosfera qobigʻi quyidagi qatlamlarga bo‘linadi


Download 1.68 Mb.
bet2/4
Sana26.10.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1723623
1   2   3   4
Bog'liq
Ekologiya mustaqil ish

Atmosfera qobigʻi quyidagi qatlamlarga bo‘linadi.
1. Troposfera – yer sirtida 0-15 km gacha
2. Stratosfera – 15-50 km gacha
3. Mezosfera – 50-80 km gacha
4. Termosfera – 80-800 km gacha
5. Ekzosfera – 800-1000 km dan yuqori.

Atmosfera havosi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat;


azot-78.1%,
kislorod 20.9%,
argon va boshqa inert gazlar 0.95%,
karbonat angidrid 0.03 %.
Bundan tashqari havoda doim 3-4 % suv bug'lari.


Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar
•Atmosferada sodir bo‘ladigan fizik, kimyoviy va biologik o‘zgarishlar tirik organizmlarga o‘z ta`sirini ko‘rsatadi. So‘nggi yillarda inson ta`sirining kuchayishi natijasida gazlar muvozanatining o‘zgarishi kuzatilmoqda. Atmosferadagi gazlar doimiy miqdorining o‘zgarishi sayyoramiz uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi aniqlangan.
•Buyuk mutafakkir Abu Ali Ibn Sino aytganidek “Agar havoda chang va tutun bo‘lmasa inson ming yilgacha umr ko‘rgan bo‘lardi”.
•Atmosferaning ifloslanishi deganda havoga zaharli birikmalarning qo‘shilishi natijasida uning fizik va kimyoviy xususiyatlarini o‘zgarishi tushuniladi.
•Insoniyatga qolaversa, barcha jonivorlarga hayot baxsh etadigan atmosfera havosini hozir asosan ikki manba:
tabiiy omillar va inson faoliyatining mahsuli – antropogen (sun`iy) manba ifloslantiradi.
Tabiiy omillarga: kosmik changlar, vulqonlarning otilishidan, to jinslarining emirilishi va tuproqning nurashidan vujudga kelgan moddalar, o‘simlik va hayvon qoldiqlari, o‘rmon va dashtdagi yonin, dengiz suvining mavjlanishi
bilan havoga chiqqan tuz zarrachalari kabilarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Аtmоsfеrаning sun’iy iflоslаnishidа аvtоmоbil trаnspоrti birinchi (40 %), enеrgеtikа sаnоаti (20 %) ikkinchi, sаnоаtning bоshqа tаrmоqlаri uchinchi o‘rinni (14 %) egаllаydi. Qishlоq хo‘jаligi ishlаb chiqаrishi, mаishiy kоmmunаl хo‘jаligi vа bоshqаlаr hissаsigа esа sun’iy iflоslаnishning 26%i to‘g’ri kеlаdi.
Iflоslоvchi mоddаlаr
1.Chаng (tutunning qаttiq zаrrаchаlаri vа sаnоаt chаngi)
2. Uglеrоd оksidi
3. Uchuvchаn uglеvоdоrоdlаr vа bоshqа оrgаnik mоddаlаr
4. Оltingugurt оksidi
5. Аzоt оksidi
6. Fоsfоr birikmаlаri
7. Оltingugurt-vоdоrоd birikmаsi
8. Аmmiаk
9. Хlоr
10. Ftоr-vоdоrоd birikmаsi

Atmosferaning mahalliy miqyoslarda ifloslanishi anchadan buyon ma‘lum bo‘lsada, XX asrda global muammoga aylandi. Atmosferaning ifloslanishi antropogen manbalardan chiqarilayotgan gazlar (90%) va aerozollar (yun. air – havo; nem. sol – erituvchi) (10%) tufayli sodir bo‘moqda. Atmosferaga chiqariladigan gazlar va aerozollar tarkibida 160 ga yaqin zararli moddalar borligi aniqlangan.
Transport, sanoat, issiqlik stantsiyalari va shuningdek, aholi manzilgohlari, xarbiy harakatlar, sinov maqsadlarida o‘tkaziladigan yadroviy portlatishlar atmosfera ifloslanishining asosiy antropogen manbalaridir. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab energiya olish maqsadlarida katta miqdorda mineral yoqilg‘ilardan foydalanish atmosferaga katta miqdorda turli chiqindilarni chiqarishga olish keldi. Tabiiy o‘rmonlarning yo‘q qilinishi ham is gazi hajmining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Sivilizatsiyaning rivojlanishi va sanoatning o‘sishi natijasida juda miqdorda atmosfera kislorodining qo‘shimcha sarflanishi ro‘y bermoqda. Agar kislorodni iste’mol qilish har yili 19% ga ortib boraversa, 100 yildan so‘ng kislorodning atmosferadagi ulushi 21% dan 8 % gacha kamayadi va bu hol insoniyat uchun kislorod taqchilligini yuzaga keltiradi. Amerikalik mutaxassislarning fikricha, freon gazlari Yer yuzasidan ko‘tarilgan issiqlikni is gaziga nisbatan 20 ming marta samaraliroq to‘xtalib qolar ekan. Xlor atomi 100 ming ozon molekulasini yo‘qotishga qodir. Hozirgi vaqtda atmosferaga chiqqan freon atomlari 100 yildan so‘ng ham “yashash” xususiyatiga ega. Shahardagi atmosfera bo‘shlig‘ining past shamollatilishi, shahar transportining ko‘pligi, yo‘llarning tirbandligi, keng ko‘lamli qurilishlar, shuningdek, daraxtlarni kesish, maysazorlar va magistral yo‘llarning keng ko‘lamda sug‘orilishining mavjud emasligi - bularning barchasi meteorologik sharoitlar va antropogen yuklanishga, havoning yuqori ifloslanishiga olib keladi. Shaharlar va sanoat hududlarida havoning ifloslanishi aholimiz salomatligiga jiddiy xavf solayotganini nafas yoʼllari, allergiya kabi muayyan kasalliklarning avj olishi, yosharishi misolida ham yaqqol koʼrish mumkin. Mamlakatimizda atmosfera havosini ifloslantirish darajasi boʼyicha hisob-kitoblar amalga oshirilishi yaxshi maʼlum. Unga koʼra, 2020 yilda atmosferaga tashlamalar miqdori 
Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling