Mavzu: Atom molekulyar ta’limot Reja


Download 255.53 Kb.
bet1/10
Sana19.06.2023
Hajmi255.53 Kb.
#1622509
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-mavzu (3)

MAVZU: Atom molekulyar ta’limot


Reja:


1.Kimyo fanining asosiy tushunchalari va qonunlari
2.Moddalar masasining saqlanish qonuni
3.Ekvivalent. Ekvivalentlar qonuni
4.Tarkibning doimiylik qonuni
5.Gaz qonunlari. Gey-Lyussakning hajmiy nisbatlar qonuni.
Avogadro qonuni

Dastlab, moddalar ko’zga ko’rinmaydigan zarrachalardan iborat degan tasavvurlar qadimgi Gretsiyada vujudga kelgan edi. Eramizdan ilgari V asrda yaratilgan bu atom gipotezasi rivojlanmasdan qolib ketdi. Undan yigirma asr o’tgach, ya’ni XVI asrning boshida fransuz olimi, fizik, matematik va filosof P. Gassendi tarixda uno’tib yuborilgan atom tushunchasini yana fanga kiritdi. P. Gassendi moddalar atomlardan tuzilgan va atomlarning xillari ko’p emas, degan fikrni maydonga tashladi. Ammo atom-molekulyar nazariya yana rivojlanmaganicha qolib ketdi.
Ilmiy asoslangan atom-molekulyar ta’limot ancha keyin XVIII-XIX asrlardagina yaratildi. Bu ta’limotni 1741 yilda M.V.Lomonosov yaratdi va uning assoslarini «Matematik kimyo elementlari» degan asarida bayon etdi.
M. V. Lomonosov tomonidan yaratilgan korpuskulyar nazariyaning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
1) barcha moddalar «korpuskula»lardan iborat bo’lib, ular bir-birlaridan oraliq, ya’ni fazo bilan ajralgandir (Lomonosovning «korpuskula» termini hozirgi «molekula» ma’nosiga ega).
2) «korpuskula»lar to’xtovsiz harakatda bo’ladi;
3) «korpuskula»lar «element»lardan tashkil topgan (Lomonosovning «element» tushunchasi hozirgi «atom» ma’nosiga ega). «Elementlar» ham to’xtovsiz harakatda bo’ladi;
4) «element»lar aniq massa va o’lchamga ega;
5) oddiy moddalarning «korpuskulalari» bir xil «element»lardan murakkab moddalarning «korpuskulalari» turli «element»lardan tuzilgan.
Materiyaning tuzilishi, moddalarning xossalari va kimyoviy o’zgarishlarning tabiati haqidagi hozirgi zamon tasavvurlarimiz atom-molekulyar ta’limotga asoslanadi.
Atom-molekulyar ta’limot asosida moddalarning diskretligi prinsipi yotadi, ya’ni moddalar yaxlit bo’lmasdan, balki mayda zarrachalardan tarkib topgan. Moddalar o’rtasidagi farq ularning zarrachalari orasidagi farq bilan belgilanadi. Moddalar doimo harakatda bo’ladi: jism harorati qanchalik yuqori bo’lsa, harakat ham shunchalik intensiv bo’ladi
Atom xozirgi kunda eng murakkab tarkibli yuzdan ortiq turli xil xossaga ega bo’lgan, o’zaro bir-biriga aylanib turadigan zarrachalardan tashkil topgan «yirik» zarra. Lekin unga qanchalik murakkab zarra sifatida karalmasin uning ayrim xossalari masalan, uning katta-kichikligi, massasi, unda elektronlarning joylashish tartibi, radiaktivlik, yadro zaryadi juda yaxshi o’rganilgan.
Atom elementning oddiy va murakkab moddalar hosil bo’lishida ishtirok etadigan eng kichik zarrachasi.
Atomlarning hammasi bir xildagi elementar zarralardan tashkil topgan. Ular proton (p+), neytron (n) va elektronlar (e-) soni, shuningdek elektronlarni joylashish tartibi, n/p+ nisbati bilan farqlanadi.
Musbat zaryadlangan yadro va manfiy zaryadlangan elektronlardan tashkil topgan kichik elektroneytral zarrachaga atom deb ataladi.
Keyinchalik, uning yana shunday muhim xossasi aniqlandiki, qaysiki u materiyaning kimyoviy harakat formasini saqlab turuvchi eng kichik zarracha ekan. Atomdan boshqa undan kichik (proton, neytron va boshqa elementar zarrachalar) birorta ham kimyoviy xossaga ega bo’lgan zarracha mavjudligi aniqlangan emas.
Atomning mavjud xossasi uning quyidagi taxriflarida aks etgan.
Elementning barcha kimyoviy xossalarini o’zida saqlab qoluvchi eng kichik zarrachasi atom deb ataladi. Haqiqatdan ham mavjud elementlarning kimyoviy xossasi faqat ularning elektronlarini yadro atrofida joylanishi va o’zgarishiga bog‘liq ekanligi ko’rsatilgan.Uning yadrosi fizikaviy va kimyoviy jarayonlarda elektronlar harakatini boshqaruvchi «kuch markazi» vazifasini bajarib o’zi hech qanday o’zgarishga uchramaydi.

Download 255.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling