Mavzu: Atoyi va Lutfiy G'azallari reja
Mavzu: Atoyi va Lutfiy G'AZALLARI Reja: 1. Atoyi g‘azallarida yetakchi timsollar. Lirik qahramon masalasi. 2. Mahbuba va shoir. Raqib va shoir. 3. Atoyi g‘azallarida majoz va haqiqat talqini. 4. Lutfiy lirikasi janr xusussiyatlari va mavzular ko‘lami. Atoyi XV asrning o‘rtalarida yashab ijod etgan yirik so‘z san’atkori. Atoyi XV asrning o‘rtalarida yashab ijod etgan yirik so‘z san’atkori. Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirrasida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Atoyi Balx shahrida yashagan, Ismoil ota farzandlaridan bo‘lib, xushtabiat, sodda, darveshvash va xushxulq kishi bo‘lgan. Turkiygo‘y shoir edi. Uning she’rlari turkiy xalqlar orasida ko‘p shuhrat tutgan, qabri ham Balxda. Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat” asarida yozishicha, Ismoil ota Ahmad Yassaviyning inisi Ibrohim otaning o‘g‘lidir. Demak, Atoiyi, nasab jihatdan Ahmad Yassaviyga juda yaqin. Shoir devonining muqovasida va qo‘lyozmaning oxirida “Devoni shayxzoda Atoyi” deb qayd qilinishi ham uni hsayxlar oilasidan kelib chiqqan, deyishga asos beradi. U shayxlar – otalar avlodiga mansub bo‘lgan uchun Atoyi taxallusini olgan, asli ismi noma’lum. Mirzo Ulug‘bek o‘z saroyiga bir qator olim va shoirlarni jalb qilganda, Atoyi ham o‘sha shoirlar davrasida bo‘lgan. Atoyining bir devoni ma’lum bo‘lib, bu devonda shoirning 260 g‘azali jamlangan. Atoyi g‘azallarining vazni haqida filologiya fanlari nomzodi Sayfiddin Sayfulloh (Rafiddinov) batafsil ma’lumot bergan. Uning ko‘rsatishicha, Atoyining 260 g‘azalidan 109 tasi ramali musammani maqsur vaznida yozilgan. Atoyi g‘azallarining vazni haqida filologiya fanlari nomzodi Sayfiddin Sayfulloh (Rafiddinov) batafsil ma’lumot bergan. Uning ko‘rsatishicha, Atoyining 260 g‘azalidan 109 tasi ramali musammani maqsur vaznida yozilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |