Mavzu: Audit ish sifatini nazoratini o’tkazish usullari. Reja: - Moliyaviy hisobotlarda aniqlangan kamchilik va qonunbuzarliklar yuzasidan auditor xatti-harakati.
- Moliyaviy hisobotlardagi xatoliklar.
- Auditorlik hisobotining mohiyati.
Moliyaviy hisobotlardagi xatoliklar - Moliyaviy hisobotlardagi xatoliklar – buxgalteriya ma’lumotlarini belgilangan qonun-qoidalar, standartlarni buzgan holda moliyaviy hisobotlarda noto‘g‘ri shaklda aks ettirishdir. Xatoliklar ikki xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:
Moliyaviy hisobotdagi xatoliklar Moliyaviy hisobotlarda bilmagan holda qilingan xatolik - audit tekshiruvidan o‘tayotgan korxona xodimlarining bilmagan holda amalga oshirgan yoki amalga oshirmagan xatti-harakatlarining natijasi hisoblanadi. Bunday xatolikning yuzaga kelishiga sabab xodimlarning buxgalteriya hisobini yuritishda bilmagan holda arifmetik, mantiqiy xatoliklarga yo‘l qo‘yishida, hujjatlarni to‘liq o‘rganmaganlikda, xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya tizimida to‘liq aks ettirmaganlikda bo‘lishi mumkin.
Moliyaviy hisobotlarda atayin qilingan xatolik (firibgarlik) - audit tekshiruvidan o‘tayotgan korxona xodimlarining bilib turib amalga oshirgan yoki amalga oshirmagan xatti-harakatlarining oqibatida yuzaga keladi. Bunga sabab, xodimlar o‘zlarining shaxsiy maqsadlarini ko‘zlagan holda buxgalteriya ma’lumotlaridan foydalanuvchilarning e’tiborini chalg‘itishdan iborat bo‘lishi mumkin.
- Auditorlik firmasi o‘tkazilgan tekshiruv natijasi yuzasidan mijozga yozma ko‘rinishdagi hisobot taqdim etadi. Tekshiruvni o‘tkazish jarayonida esa auditorlik firmasi oraliq hisobotlarni yozma yoki og‘zaki ko‘rinishda rahbariyatga berishi ham mumkin. Bu ishchi qog‘ozlar auditorlik hisoboti deb nomlanadi.
Auditorlik hisobotida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi: - a) nomi («Auditorlik hisoboti» yoki «Auditorlik tashkilotining hisoboti»: ikkala nom bir xil kuchga ega);
- b) adresat nomi
- d) kirish qismi;
- e) Tahliliy qism;
- f) yakuniy qism.
Do'stlaringiz bilan baham: |