Mavzu: Audit standartlari


O’zbekistonda mustaqil auditorning umumiy maqsadlari va auditni xalqaro standartga muvofiq o’tkazish


Download 233.56 Kb.
bet5/8
Sana24.06.2023
Hajmi233.56 Kb.
#1653764
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Audit standartlari kurs ishi

4. O’zbekistonda mustaqil auditorning umumiy maqsadlari va auditni xalqaro standartga muvofiq o’tkazish
“Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 4-avgust PQ-5210-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun auditning xalqaro standartlarini tan olish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
-auditorlik faoliyatining xalqaro standartlarini tan olish uchun Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi bilan bitim tuzish;
-auditning xalqaro standartlari matnini davlat tiliga tarjima qilish;
-auditning xalqaro standartlarini auditorlar, ekspertlar va ushbu standartlardan boshqa foydalanuvchilar, ilmiy jamoatchilik vakillari bilan muhokama qilish;
-auditning xalqaro standartlarining davlat tilidagi matni auditning xalqaro standartlarining ingliz tilidagi matniga muvofiqligini komissiya tomonidan ko‘rib chiqish tartibi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida auditning xalqaro standartlarini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
auditning xalqaro standartlari matnini davlat tiliga tarjima qilishda auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan hamkorlik qilsin;
2022-yil 1-noyabrga qadar auditning xalqaro standartlari bo‘yicha bepul o‘qitish ta’lim platformasini yaratish choralarini ko‘rsin.
3. Belgilansinki:
auditning xalqaro standartlari bo‘yicha bepul o‘qitish ta’lim platformasini yaratish bilan bog‘liq xarajatlar belgilangan tartibda Moliya vazirligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi;
Belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan auditorlik tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritish uchun ma’lumotlarni va auditorlar mehnat daftarchalarining ko‘chirma nusxalarini pochta orqali yoki elektron shaklda yuboradi. Ma’lumotlar elektron shaklda yuborilganda, ulardan “Audit” dasturiy majmuasidan foydalanish mumkin.


Download 233.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling