Mavzu: Audit standartlari
Download 233.56 Kb.
|
Audit standartlari kurs ishi
Mavzu: Audit standartlari. Kirish Re’ja:
2. Xalqaro auditorlik stamdartlarini qabul qilishning talablari va tarkibi 3. Xalqaro auditorlikning umumiy standartlari 4. O’zbekistonda mustaqil auditorning umumiy maqsadlari va auditni xalqaro standartga muvofiq o’tkazish 5. Moliyaviy hisoblar auditi sifatini nazorat qilish 6. Xalqaro auditorlik tashkilotlari va ularning faoliyat yo’nalishlari Xulosa
Kirish Mavzuning dolzarbligi: Audit standartlari - o’zining professional faoliyati davomida hamma auditorlar rioya qilishi lozim bo’lgan yagona asos tamoyillardir. Auditorlik standartlariga rioya qilish audit sifati darajasini va audit natijalarining ishonchliligini ta’minlaydi. Auditorlik standartlari sudda auditorlarning haqqoniy ishlaganligining asosi bo’lib xizmat qiladi. Agar auditor standartdan chekinish qilgan bo’lsa, buning sababini ko’rsatishi lozim. Butunjahon mamlakatlari o’rtasida bo’ladigan savdo-iqtisodiy va boshqa ko’rinishdagi aloqalar ular o’rtasida bo’ladigan hisob-kitoblarni unifikatsiyalashni taqozo etmoqda. Buning uchun, milliy hisob va audit tizimlarini yaxlit shaklga keltirish talab qilinadi. Jahon mamlakatlari o’rtasida milliy hisob va audit tizimlarini yaxlit holga keltirish uchun yagona qoidalarni ishlab chiqish lozim edi. Bu qoidalar auditorlik amaliyotida auditning xalqaro standartlari maqomini oldi. Auditorlik faoliyatida me’yoriy hujjatlar sifatida auditning xalqaro standartlarini ishlash borasida ham ma’lum darajada urinishlar bo’lgan. 1948 yilda Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar instituti tomonidan «Umumlashtirilgan audit standartlari» ishlab chiqildi. Shu kabi mamlakatda auditorlar instituti tomonidan «Ichki auditorlarning majburiyatlari» e’lon qilindi. 1976 yilda ma’lumotga elektron ishlov berish auditi assotsiatsiyasi tuzilib, 1987 yilda «Axborot tizimi bo’yicha umumiy qabul qilingan audit standartlari» ishlab chiqildi. Dunyoning ko’pchilik davlatlarida milliy kuzatuv auditor-konsultant firma vakolatxonalari mavjud bo’lib, ularning barchasi xalqaro auditorlik standartlari va ularga mos keladigan me’yorlardan keng foydalanadilar Auditning umumiy malaka va etika standartlari: 1. Majburiy tayyorgarlik va mahoratlilik. Auditor tekshirish o’tkazishda maxsus texnik tayyorgarlikka va auditorlarning professional xulq sifatlariga ega bo’lishi kerak 2. Mustaqillik. Har qanday vazifani bajarishda auditor yoki auditorlar mustaqil bo’lishi shart . 3. Majburiy malakaviy ziyraklik. Tekshirishni o’tkazishda va xulosani tayyorlashda auditordan professional ziyraklik talab etiladi . Xalqaro audit standartlari xalqaro miqyosda auditorlik faoliyatining sifati va mavqeini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu standartlar va me’yorlar bir qancha sohalar bo’yicha ishlab chiqiladi: a) audit bo’yicha xalqaro me’yorlar; b) boshqaruv hisobining xalqaro amaliy qoidalari Auditorlik standartlari 4 xil bo’ladi: 1. Auditning umumiy standartlari; 2. Auditning ishchi standartlari; 3. Hisobot standartlari; 4. Maxsus standartlar. Auditning umumiy standartlariga quyidagilar kiradi: - Moliyaviy hisobot auditining maqsadi va uni tartibga soluvchi asosiy tamoyillar; - Auditni o’tkazishga rozilik haqida auditorlik tashkilotining xat majburiyati. Auditning ishchi standartlariga quyidagilar kiradi: - Auditni rejalashtirish; - Auditorlik dalillar; - Auditni hujjatlashtirish; - Tavakkalchilik va ichki nazoratni baholash; - Buxgalteriya hisobotida o’zgarishlar bo’lganida auditorning hatti-harakati; - Ekspert xizmatidan foydalanish Download 233.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling