Mavzu: Audit standartlari
Xalqaro auditorlik standartlarini qabul qilishning talablari va tarkibi
Download 233.56 Kb.
|
Audit standartlari kurs ishi
2. Xalqaro auditorlik standartlarini qabul qilishning talablari va tarkibi
Xalqaro auditorlik amaliyoti qo’mitasi xalqaro audit standartlari (XAS)ni chop etish huquqiga ega. Ushbu hujjatning maqsadi auditorlar tomonidan ko’rsatilishi mumkin bo’lgan xizmatlar yuzasidan XAS chop etadigan kontseptual asosni yoritishdan iborat. Soddalashtirish maqsadida, maxsus ko’rsatma mavjud bo’lgan holatlar bundan istisno, “auditor” atamasi Auditning xalqaro standartlari matni bo’yicha auditorlik xizmatlari bilan bir qatorda, kasbga doir xizmatlarni ko’rsatadigan shaxsga nisbatan qo’llaniladi. Bunda kasbga doir xizmatlarni ko’rsatayotgan shaxs albatta sub’ekt moliyaviy hisobotining auditori bo’lishi lozim degani emas. Moliyaviy hisobot, odatda har yili tayyorlanadi va taqdim etiladi, keng doiradagi foydalanuvchilarning umumiy ma’lumotga bo’lgan ehtiyojlarini 146 qondirish uchun mo’ljallangan. Aksariyat foydalanuvchilar moliyaviy hisobotga ma’lumot olishning asosiy manbasi sifatida qaraydilar, zero ular aniq ma’lumot olish talablariga javob beradigan qo’shimcha ma’lumot olish vakolatiga ega emas. Moliyaviy hisobot quyida qayd etilgan bir yoki bir necha nizomlarga muvofiq tayyorlanishi lozim: (a) Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari; (b) Buxgalteriya hisobining milliy standartlari; (v) qo’llash uchun mo’ljallangan va moliyaviy hisobotda qayd etilgan moliyaviy hisobotni taqdim etishning nufuzli va keng qamrovli kontseptual asoslari. Audit va kasbga doir xizmatlarning kontseptual asosi audit va kasbga doir xizmatlar o’rtasidagi farqlarni belgilab beradi. Kasbga doir xizmatlarga sharhlar, kelishilgan muolajalar va kompilyatsiya kiradi. Quyidagi chizmada, yuqorida qayd etilganidek, audit va sharh auditor tomonidan tegishli ravishda yuqori va o’rta ishonchlilikni ta’minlaydi; ushbu atamalar ularning solishtirma turkumlanishini belgilash uchun qo’llaniladi Kelishilgan muolajalar va kompilyatsiyani bajarish bo’yicha kelishuv auditor tomonidan ishonch bildirishni nazarda tutmaydi. Xalqaro audit standartlarining kontseptual asosi auditor tomonidan taqdim etiladigan boshqa xizmatlar, masalan, konsalting, soliqqa tortish, shuningdek buxgalteriya hisobi va moliyaviy masalalar bo’yicha maslahatlar uchun qo’llanilmaydi. Kontseptual asosda ishonchlilik bir tomondan taqdim etilgan va ikkinchi tomon foydalanish uchun mo’ljallangan ta’kidlashlar ishonchliligi auditorning qoniqtira olganligi nuqtai-nazaridan qaraladi. Bunday ishonchlilikni ta’minlash maqsadida auditor amalga oshirilgan muolajalar natijasida to’plangan dalillarni baholaydi va xulosa chiqaradi. Auditorning qoniqqanligi darajasi va binobarin, ta’minlanishi mumkin bo’lgan ishonchlilik darajasi amalga oshirilgan muolajalar va ularning natijalari bilan belgilanadi. Audit bo’yicha kelishuvlarda auditor audit qilinayotgan ma’lumot ahamiyatli buzib ko’rsatilmaganligining yuqori, lekin mutlaq bo’lmagan ishonchlilik darajasini ta’minlaydi. Auditorlik hisobotida bu ijobiy bo’lib, etarli darajadagi ishonchlilik bilan ifodalanadi. Sharh bo’yicha kelishuvda auditor sharh qilinayotgan ma’lumot ahamiyatli buzib ko’rsatilmaganligining o’rtacha ishonchlilik darajasini ta’minlaydi. 2-chizma. Audit va kasbga doir xizmatlarning kontseptual asosi2 Auditorlik hisobotida bu salbiy ishonchlilik bilan aks ettiriladi. Kelishilgan muolajalarni amalga oshirishda auditor faqat amaldagi xulosalar bo’yicha hisobot taqdim etadi, ishonchlilik esa ifodalanmaydi. Buning o’rniga hisobotdan foydalanuvchilarga amalga oshirilgan muolajalarga va auditorlik hisobotida keltirilgan amaldagi xulosalarga mustaqil baho berish auditor tomonidan bajarilgan ishlar yuzasidan o’z xulosalarini chiqarish imkoniyatini beradi. Kompilyatsiyani amalga oshirishda, kompilyatsiyalashtirilgan ma’lumotdan foydalanuvchilar buxgalterning ishidan ma’lum miqdorda foyda olganliklariga qaramasdan, hisobotda hech qanday ishonchlilik bildirilmaydi. Moliyaviy hisobot auditidan maqsad auditorga moliyaviy hisobot barcha ahamiyatli jabhalari bilan moliyaviy hisobotni taqdim etish bo’yicha belgilangan kontseptual asosga muvofiq tayyorlanganligi yuzasidan xulosa taqdim etish (fikr bildirish)ga imkon berishdan iborat. Auditorlik xulosasini tayyorlashda quyidagi ma’nosi bir-biriga teng jumlalardan foydalaniladi: “to’g’ri va haqqoniy aks ettiradi” yoki “barcha ahamiyatli jabhalari bo’yicha haqqoniy taqdim etilgan”. Tegishli mezonlarga muvofiq tayyorlangan moliyaviy yoki boshqa ma’lumotlarni audit qilishda ham xuddi shunday maqsad qo’yiladi. Auditorlik xulosasini shakllantirish uchun, auditor ushbu xulosa asosidagi fikrlarni shakllantirish uchun kerakli bo’lgan etarli darajada tegishli auditorlik dalillarni to’playdi. Auditorlik xulosasi yuqori darajadagi, lekin mutlaq bo’lmagan ishonchlilik yo’li bilan moliyaviy hisobotga bo’lgan ishonchni oshiradi. Audit o’tkazishda buxgalteriya hisobi va ichki nazoratning har bir tizimlariga xos bo’lgan quyidagi omillar, ya’ni fikr yuritish zarurati, testlardan foydalanish, cheklashlar mavjud bo’lganligi, shuningdek, aksariyat qo’llaniladigan dalillar o’z tabiatiga ko’ra yakuniy emas, balki ishontiruvchan bo’lishi munosabati bilan mutlaq ishonchlilikka erishib bo’lmaydi Moliyaviy hisobotni sharhlashdan maqsad auditorga audit o’tkazishda kerakli bo’lgan barcha dalillar olish uchun amalga oshirilgan muolajalar asosida auditorning diqqatini jalb qilgan qandaydir boshqa jabhalar mavjudligi va auditorda ular moliyaviy hisobot barcha ahamiyatli jabhalari bilan moliyaviy hisobotni taqdim etish bo’yicha belgilangan kontseptual asosiga muvofiq tayyorlanmagan, deb hisoblashga asos berishdir. Tegishli mezonlarga muvofiq tayyorlangan moliyaviy va boshqa ma’lumotni sharhlashda ham xuddi shunday maqsad qo’yiladi. Sharhlash bir tomondan taqdim etiladigan va ikkinchi tomondan foydalanish uchun mo’ljallangan ta’kidlashlar ishonchliligini sharhlash uchun so’rov va tahliliy amallarni amalga oshirishni ko’zda tutadi. Sharhlashni amalga oshirish auditorlik usullar va ko’nikmalardan foydalanish, shuningdek, dalillarni to’plash bilan bog’liq bo’lganligiga qaramasdan, u buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlarini baholashni, audit o’tkazishda odatda amalga oshiriladigan muolajalar hisoblangan tekshiruv, kuzatuv, tasdiqlash va qayta hisoblashni o’tkazishda isbotlovchi dallilarni to’plash yo’li bilan hisob yozuvlarini test sinovdan o’tkazish va berilgan so’rovnoma bo’yicha javoblarni olishni nazarda tutmaydi. Sharhlash muolajalarini o’tkazish paytida auditor barcha ahamiyatli jabhalar bo’yicha tasavvurga ega bo’lishga intilganligi bilan, audit o’tkazishga qaraganda, bunday maqsadga erishish ehtimoli kamroq. Kelishilgan muolajalarni amalga oshirish bo’yicha kelishuvda auditor, sub’ekt va boshqa har qanday uchinchi shaxs o’rtasida kelishilgan auditorlik muolajalarini bajarish uchun jalb qilinadi va amalda olingan xulosalar bo’yicha hisobot taqdim etadi. Ushbu hisobotni oluvchilar auditor hisoboti bo’yicha o’z xulosalarini chiqarishlari lozim. Ushbu hisobot faqat kelishilgan muolajalarni amalga oshirish bo’yicha kelishuvda ishtirok etayotgan tomonlarga taqdim etiladi, zero muolajalar o’tkazilishi sabablari bilan xabardor bo’lmagan boshqa tomonlar uning natijalariga noto’g’ri talqin berishi mumkin Kompilyatsiyani amalga oshirish bo’yicha kelishuvda buxgalter, auditga oid bilimlaridan qarama-qarshi holda, moliyaviy hisobotni to’plash, turkumlash va umumlashtirish uchun o’zining buxgalteriya hisobiga oid bilimlarini qo’llash maqsadida jalb qilinadi. Odatda kompilyatsiya mufassal ma’lumotlar hajmini kamaytirishga va ularni boshqariladigan hamda tushunarli shaklga aylantirishga yordam beradi, bunda ushbu ma’lumotlar asosida yotgan ta’kidlashlarni test sinovidan o’tkazish shart emas. Qo’llaniladigan muolajalar buxgalterga moliyaviy hisobot bo’yicha qandaydir ishonch bildirish imkonini bermaydi va buning uchun mo’ljallanmagan. Lekin kompilyatsiyalashtirilgan ma’lumotdan foydalanuvchilar kasbiy buxgalter ishidan muayyan foyda oladilar, zero xizmatlar tegishli ravishda kasbiy mohirlik va sinchkovlik bilan amalga oshiriladi. Ma’lumotga auditorning hisoboti ilova qilinganda yoki kasbiy aloqalarda auditor nomini qo’llashga uning roziligi bo’lgan taqdirda, auditor moliyaviy ma’lumot bilan bog’liq deb hisoblanadi. Xalqaro audit standartlari boshqa xizmatlar auditida ham qo’llaniladi. Xalqaro audit standartlari asosiy va kerakli protseduralardan iborat. Aldash oldindan bilib qilinadigan harakat hisoblanib, bir yoki bir necha kishi, rahbariyat tomonidan, ishchilar yoki uchinchi shaxs tomonidan amalga oshirilgan bo’lishi mumkin. Aldash moliyaviy hisobotni noto’g’ri tuzilishiga olib keladi. Aldash va xatoning farqlariga yana to’xtaladigan bo’lsak: aldash xo’jalik operatsiyalari jarayonida mahsulot va xizmatlar chiqimi operatsiyalari, kirimi operatsiyalari amalga oshirilib, ularni hisobga olishda buxgalteriyada aks ettirishda bilib turib o’zgartirish, noto’g’ri provodkalar berish, ko’paytirib yoki kamaytirib ko’rsatish, asosiy vositalarni hisobga olishda: ularni kirim qilishda, chiqim qilishda, ularga amortizatsiya hisoblashlarda bila turib noto’g’ri rasmiylashtirish, ular moliyaviy hisobotlarda noto’g’ri ko’rsatilib, oxirida moliyaviy hisobot noto’g’ri tuzilishga olib keladi. Xato esa xo’jalik operatsiyalari jarayonida hisob yozuvlarida arifmetik yoki mantiqiy xatoliklar, hisob ma’lumotlariga e’tiborsizlik yoki xo’jalik faoliyati faktlarini, mulkning holati va mavjudligini, majburiyatlar va hisoblash ishlarini noto’g’ri tasavvur etish orqali hisob va hisobot ma’lumotlarining ko’zda tutilmagan holatdagi buzilishi, asosiy vositalarni olib kelish, kirim qilish, chiqim qilish va provodkalar berishda bilmasdan noto’g’ri provodkalar berish, ularni bilmasdan, hisobchining e’tiborsizligi tufayli noto’g’ri rasmiylashtirish va hujjatlarda aks ettirish oqibatida moliyaviy hisobotlarni noto’g’ri tuzilishiga olib kelishdir. Download 233.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling