Mavzu: auditda tanlab tekshirish uslubi reja


Ichki nazorat tizimi bilan umumiy tanishish


Download 62.5 Kb.
bet4/4
Sana21.10.2023
Hajmi62.5 Kb.
#1714191
1   2   3   4
Bog'liq
audit mustaqil ish

Ichki nazorat tizimi bilan umumiy tanishish. Auditor tekshiruvning dastlabki bosqichida korxonaning xususiyatlari va faoliyat ko‘lami bilan, shuningdek, buxgalteriya tizimi bilan yaqindan tanishishi lozim. Buning natijasida auditor tekshiruv o‘tkazish maqsadida mijoz ichki nazorat tizimiga asoslanish qanchalik maqsadga muvofiqligini aniqlaydi.
Agar auditor mijoz ichki nazorat tizimiga asoslanish mumkin emas deb topsa, audit tekshiruvini shunday tashkil etishi kerakki, unda ichki nazorat tizimidan umuman foydalanilmasligi kerak.
Aksincha, ichki nazorat tizimiga asoslanish maqsadga muvofiq dcb topsa, ushbu tizimning ishonchliligi yuzasidan dastlabki baholashni amalga oshirishi zarur.
Ichki nazorat tizimining ishonchliligini dastlabki baholash. Ushbu vazifa auditorlik firmasi tomonidan ishlab chiqilgan uslublar asosida amalga oshiriladi. Bu baholash amaliyoti natijasi sifatida auditorlik firmasi mijozning butun ichki nazorat tizimi yoki uning alohida tarmog‘i sifatini «O'rta” yoki «Yuqori” deb baholash imkoniga ega bo'ladi. Auditor ichki nazorat tizimiga asoslanish yoki unga murojaat etmaslik masalasini shu baholashga asosan amalga oshirishi kerak.
Agar ichki nazorat tizimi yoki uning alohida tarmoqlarida muhim kamchiliklar aniqlansa auditor bu haqda mijoz rahbariyatiga xabar berishi, bu holning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni taklif etishi va tekshiruvini shunga mos ravishda olib borishi lozim.
Ichki nazorat tizimining ishonchliligini tasdiqlash. Auditorlik firmasi ichki nazorat tizimini dastlabki baholash natijasida bu tizim ishonchli deb topsa, audit tekshiruvi davomida ushbu tizimning muhim kamchiliklardan xoli ekanligini doimiy tekshirib borishi kerak.
Ichki nazorat tizimining ishonchliligini tasdiqlash uchun zaruriy uslubiyatlarni auditorlik firmasining o‘zi mustaqil ravishda ishlab chiqadi.
Agar auditorlik firmasi ichki nazorat tizimining ishonchliligini tasdiqlash amaliyotini o‘tkazish davrida ushbu tizimni dastlabki baholash natijasidan farqli xulosaga kelsa, tekshiruvni sifatli tashkil etish maqsadida tanlab tekshirish hajmini oshirishi lozim bo‘ladi.
Ichki nazorat tizimini auditor tomonidan baholashning har bir bosqichi tegishli tartibda hujjatlashtirilishi kerak. Bu jarayonda ichki nazorat tizimi bo‘yicha aniqlangan barcha kamchiliklar, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ham bayon etilishi kerak.
Ichki nazorat tizimini baholash bo‘yicha yuqorida keltirilgan uch bosqichni amalga oshirgach auditor tekshiruv davomida tanlab tekshirish uslubini samarali asosda qo‘llash uchun ichki nazorat tizimiga qanchalik asoslanish mumkinligi masalasini hal etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

  1. Oʼzbekiston Respublikasining Аuditorlik faoliyati toʼgʼrisidagi qonuni

  2. Аuditning xalqaro standartlari. T.: OʼzBАMА, 2013

  3. M.Tulaxodjaeva, Sh.Ilxomov, K.Аxmadjonov, Sh.Fayziev, M.Tulaev, M.Xodjaeva Аudit. Darslik. T.: Iqtisodiyot, 2018 – 405b

  4. Z.Mamatov Аudit. Darslik. T.

  5. V.Podolьskiy Аudit. Uchebnik. M.: YuNITI-DАNА, 2008 – 744s

  6. R.Dustmurodov Аudit asoslari. T.: Milliy entsiklopediya, 2003

  7. K. Ahmadjonov Audit asoslari Darslik.

Download 62.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling