Mavzu: auditda tanlab tekshirish uslubi reja


Auditda tanlab tekshirish uslubini qo’llashda ichki nazorat tizimining ahamiyati


Download 62.5 Kb.
bet3/4
Sana21.10.2023
Hajmi62.5 Kb.
#1714191
1   2   3   4
Bog'liq
audit mustaqil ish

Auditda tanlab tekshirish uslubini qo’llashda ichki nazorat tizimining ahamiyati.

Auditda tanlab tekshirish uslubini samarali qo‘llashda korxonaning ichki nazorat tizimi katta ahamiyatga ega. Korxonada ichki nazorat tizimini joriy etish rahbariyat zimmasidagi vazifa hisoblanadi. Ichki nazorat tizimi korxona hajmi va faoliyat xususiyatlariga javob berishi, doimiy va samarali ishlashi lozim. Bu vazifani amalga oshirish uchun rahbariyat korxona ichida audit qo'mitasini tuzishi, ichki auditorlarni jalb etishi mumkin. Ushbu xodimlarning vazifasi korxona ichki nazorat tizimini joriy etish, uning sifati ustidan doimiy nazorat olib borish, kamchiliklar aniqlanganda ulami bartaraf etish choralarini taklif etishdan iborat.


Korxonada ichki nazorat tizimining vazifasi shu korxona o‘z oldiga qo‘ygan ma’lum maqsadlarga erishishini ta’minlashdir. Auditor ichki nazorat tizimini o'rganganda ushbu nazorat tizimi korxona oldiga qo'yilgan maqsadlarga qanchalik erishilishini ta’minlaganini baholashi zarur. Bu faoliyat ichki nazorat tizimining sifatini aniqlash imkonini beradi. Ichki nazorat tizimi korxonada o‘tkaziladigan audit tekshiruvi hajmi va yo‘nalishini oldindan belgilashda muhim omil hisoblanadi.
Ammo ichki nazorat tizimi har qancha sifatli tuzilmasin, korxona oldidagi maqsadlarga to‘liq erishilishini ta’minlay olmasligi mumkin. Bunga asosiy sabablar:
1. Ichki nazorat tizimini joriy etish xarajatlari ushbu tizimni joriy etishdan keladigan foydadan oshmasligi kerak. Bu esa ichki nazorat tizimining mutlaqo mukammal bo‘lishiga yo‘l bermaydi.
2. Har qanday ichki nazorat tizimida inson oniili mavjud. Ya’ni ushbu tizim inson tomonidan joriy etiladi va unda m a’lum sabablarga ko‘ra xatoliklar, kamchiliklar yuzaga kelishi mumkin.
3. Ichki nazorat tizimi sifatiga xodimlarning til biriktirishi orqali ta’sir o‘tkazilgan bo‘lishi mumkin.
Auditor tomonidan ichki nazorat tizimini tekshirish quyidagi uch bosqichda amalga oshirilishi lozim:
- ichki nazorat tizimi bilan umumiy tanishish;
- ichki nazorat tizimining ishonchliligini dastlabki baholash;
- ichki nazorat tizimining ishonchliligini tasdiqlash.
Ushbu bosqichlarni batafsil ko‘rib chiqamiz:

Download 62.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling