Mavzu: Auditorlik dalillarini olish amallari


Auditorlik dalillarini olish amallari


Download 305.78 Kb.
bet2/3
Sana15.06.2023
Hajmi305.78 Kb.
#1482879
1   2   3
Bog'liq
auditorlik dalillar

Auditorlik dalillarini olish amallari

  • Tahliliy amallar : Auditorlik tashkiloti tomonidan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va baholаsh , xo’jalik faoliyatidagi hodisalalrning buxgalteriya hisobida g’ayriqonuniy va noto’g’ri aks ettirilish holatlarinin aniqlash maqsadida xo’jalik yurituvchi subyektning muhim moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlarini tekshirish, shuningdek, xato va kamchiliklarning sabablarini ochib berish
  • Tashqi tasdiqnoma: Tashqi tasdiqnoma qog’oz shaklida , elektron yoki boshqa vosita orqali uchinchi tomondan (tasdiqlovchi tomon) auditor uchun to’g’ridan-to’g’ri yozma bildirishnoma sifatida olingan auditorlik dalillaridan iborat
  • Qayta tekshirish: Qayta tekshirish dastlab tadbirkorlik sub’yekti ichki nazoratining tarkibiy qismi sifatida amalga oshirilgan tartib-taomillar yoki nazorat vositalarining auditor tomonidan mustaqil qayta tekshirilishini o’z ichiga oladi

Auditorlik dalillar olinish manbalari

Auditorlik dalillar olinish manbasiga ko’ra 3 xil bo’ladi:

1.Ichki: Auditorlik dalillar xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatidan olinishi mumkin.

2.Tashqi: Auditorlik dalillar uchinchi tomonlardan yozma ko’rinishda olingan ma’lumotlardan iborat.

3.Aralash:Auditorlik dalillar xo’jalik yurituvchi subyektdan yozma yoki og’zaki ko’rinishda olingan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.

Auditorlik dalillar turlariga ko’ra

Auditorlik dalillar turlariga ko’ra 2 xil bo’ladi:

  • Yozma: Yozma ravishda olingan dalillar ishonchliroq bo’lishi mumkin
  • Og’zaki: Og’zaki dalillar ancha muhim va foydali bo’lishi mumkin

Auditorlik dalillarini olish usullari

  • Haqiqatdagi nazorat – bu auditor tomonidan moddiy aktivlar tekshirilishi yoki sanab chiqilishidir. Bunda olinadigan dalillar turi ko’pincha tovar moddiy qimmatliklari va naqd pullar bilan bog’liq. Haqiqatdagi nazorat ishonchli va foydali turdagi audit dalillari olish uchun imkon yaratadi.
  • Tasdiq – auditor so’roviga binoan mustaqil uchinchi tomondan yozma javob olish bo’lib, unda u yoki bu ma’lumotning to’g’riligi tasdiqlanadi. Tasdiq mijozga bog’liq bo’lmagan manbalardan kelib tushayotgani uchun, ular ayniqsa qimmatli va tez-tez qo’llaniladigan dalil turlari sanaladi
  • Hujjatlashtirish ko’pincha yozma tasdiq deb ataladi. Auditor o’rganib chiqayotgan hujjatlar – mijozning xo’jalik operatsiyalari bo’yicha ma’lumotlarning tizimli hisobga olish uchun mijoz tomonidan ishlatiladigan yozuvlardir

Download 305.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling