Mavzu: Auditorlik faoliyatida muhimlilik va risk Spiker talabalar: Hikmatov Fazliddin (5-7) slaydlar


Auditda muhimlikni belgilashning ikki uslubi


Download 11.52 Kb.
bet3/5
Sana10.02.2023
Hajmi11.52 Kb.
#1187244
1   2   3   4   5
Bog'liq
1. (5-7) slaydlar

Auditda muhimlikni belgilashning ikki uslubi.
Induktiv uslub – moliyaviy hisobotning xar bir elementi bo’yicha aloxida ravishda muxim bo’lgan ko’rsatkichni aniqlash va bu ko’rsatkichlarni qo’shish orqali umumiy muximlik ko’rsatkichini hosil qilishni nazarda tutadi. Ammo, bu uslubiyatni amaliyotda qo’llashda ehtiyotkorlik bilan yondoshish zarur. Chunki, bu uslub aloxida olingan muximlik ko’rsatkichlarini umumiylashtiradi va olingan natija moliyaviy hisobotning bir elementi bo’yicha muxim bo’lmasada, boshqa elementga nisbatan muxim bo’lishi mumkin.
Deduktiv uslub – butun moliyaviy hisobot yoki uning asosiy bo’limlari bo’yicha umumiy muximlik ko’rsatkichini aniqlash va bu ko’rsatkichni moliyaviy hisobotlarni tashkil etuvchi elementlar o’rtasida taqsimlab yuborishni nazarda tutadi.
Xalqaro amliyotda muximlik ko’rsatkichini belgilashda dedukitiv uslub qo’llaniladi va muximlik quyidagi uch bosqichda yangidan aniqlanadi:
1. rejalashtirish jarayonida
2. audit tekshiruvini o’tkazish jarayonida
3. auditorlik xulosasini tayyorlash jarayonida.
Birinchi bosqichda auditor o’z malakasi va moliyaviy hisobotlarning dastlabki Tahlili asosida qabul qilinishi mumkin bo’lgan va moliyaviy ma’lumotlardan foydalanuvchilarning qaroriga ta’sir etmaydigan xatolikning jadvaldagi kabi eng yuqori va quyi chegaralarini belgilaydi.
Minimal chegaradan past bo’lgan xatoliklar muxim bo’lmagan xatoliklar xisoblanadi. Maksimal ko’rsatkichdan yuqori bo’lgan xatoliklar esa muxim xatoliklar bo’ladi.
Audit riski
Audit riski – auditor tomonidan, muxim xatoliklarga ega bo’lgan moliyaviy hisobotlar yuzasidan, bilmagan holda noto’g’ri (teskari) xulosa berilishi riskidir. Boshqacha qilib aytganda, moliyaviy hisobotlarda muxim xatoliklar mavjud, ammo tekshiruv jarayonida auditor tomonidan ularning aniqlanmaslik xavfi.
Audit rejasini ishlab chiqish jarayonida auditor audit riskiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashi lozim. Quyida moliyaviy hisobotlarda muxim xatoliklar mavjud bo’lishi mumkinligini ko’rsatuvchi omillar ro’yxati
Faoliyatda
- Korxonaning o’z tarmg’idagi boshqa korxonalarga nisbatan shubhali darajada yuqori daromad ko’rsatkichlariga egaligi;
- Iqtisodiy omillarning (inflyatsiya, foiz stavkalari, ishsizlik va boshqalar) operatsion faoliyatga yuqori darajada ta’sirchanligi;
- Tashkilotda sifatli boshqaruv nazoratining yo’lga qo’yilmaganligi sababli boshqaruvning tarqoqligi;
- Korxona o’z faoliyatini yaqin kelajakda to’xtashi mumkinligini ko’rsatuvchi ichki va tashqi omillarning mavjudligi
Boshqaruvda
- Boshqaruv va moliyaviy qarorlar faqat birgina shaxs tomonidan qabul qilinishi;
- Rahbariyat o’zi uchun juda yuqori maosh belgilaganligi;
- Rahbariyatning korxona faoliyat yurituvchi tarmoqdagi obro’-e’tibori past
darajadaligi;
- Rahbariyat kelgusi daromadlarga nixoyatda katta e’tibor qaratganligi.

Download 11.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling