Mijoz buxgalteriyasida
- Buxgalteriya nuqtai nazaridan murakkab operatsiyalar ko’plab amalga oshirilganligi;
- Avvalgi yillardagi moliyaviy hisobotlarda muxim xatoliklar aniqlanganligi;
- Mijoz avvalgi yillarda audit tekshiruvidan o’tmaganligi;
- Mijoz rahbariyati yangi auditorga avvalgi yillarda audit tekshiruvini o’tkazgan auditor bilan muloqot uchun ijozat bermasligi.
Xalqaro amaliyotda audit riskini baholashning quyidagi ikki uslubi mavjud:
1
2
Intuitiv uslubda audit riski tekshiruvni rejalashtirish jarayonida auditorning tajribasi va mijoz faoliyati bilan yaqindan tanishishi, xamda mijoz rahbariyati va buxgalteriya xizmati xodimlari bilan og’zaki suxbat olib borish asosida umumiy moliyaviy hisobotlar yoki ularning asosiy guruhlari bo’yicha aniqlanadi.
Ammo audit riskini baholash maqsadida intuitiv uslubni faqatgina kichik korxonalarga nisbatan qo’llash mumkin. Shu sabab ushbu uslub xalqaro amaliyotda qo’llanilmaydi.
Xisoblash uslubida audit riski quyida keltirilgan nisbiy kattaliklarning maxsus faktorli modeli asosida baholanadi:
Audit riski = DR x NR x AR
Ushbu modelda:
DR – doimiy risk (Inherent risk);
NR – nazorat riski (Control risk);
AR – aniqlanmaslik riski (Detection risk).
Doimiy risk – biror schyotga nisbatan xech qanday ichki nazorat tizimining o’rnatilmaganligi sababli shu schyotda muxim xatolikning yuzaga kelish riski.
Nazorat riski – biror schyotga nisbatan ichki nazorat tizimi o’rnatilgan bo’lsaxamki, shu nazorat tizimining sifatli ishlamaganligi sababli schyotda muxim xatolikning yuzaga kelishi riski.
Aniqlanmaslik riski – auditor tekshiruvni o’tkazgach, aslida muxim xatoliklarga ega schyotlarga nisbatan, bilmagan holda, ijobiy xulosa berib yuborishi riski.
Do'stlaringiz bilan baham: |