Mavzu: Auditorlik tanlash turlari


Tanlab tekshirish ikki turli bo’lishi mumkin: Muvofiq (mos) kelishni tanlab tekshirish Mohiyatan tanlab tekshirish


Download 110.17 Kb.
bet3/9
Sana17.06.2023
Hajmi110.17 Kb.
#1551136
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Auditorlik tanlash kurs ishi

Tanlab tekshirish ikki turli bo’lishi mumkin: Muvofiq (mos) kelishni tanlab tekshirish Mohiyatan tanlab tekshirish.

Muvofiqlikni tanlab tekshirishning vazifalari. Tekshiriladigan hisobot davri ichida ichki nazorat me’yorlarining tez-tez buzilib turishini aniqlashdan iborat. Bunga korxona rahbariyatining chetdan sotib olingan tovar-moddiy zahiralar va chet tashkilotlar xizmatlari uchun taqdim etilgan schet-fakturalarni to’lashga ruxsat etishi, korxonaga sotib olinayotgan tovar-moddiy zahiralar-ni nomlari, miqdori va sifati bo’yicha ularning tegishli hujjatlari bilan solishtirishi misol bo’ladi.

Mohiyatan tanlab tekshirishning vazifasi ichki nazoratning buzilishini qiymat ifodasida o’lchashdan iborat. Mohiyatan tanlab tekshirish miqdoriy tanlab tekshirish deb ham ataladi. Bunga buxgalteriya hisobi schyotlarining qoldiqlari-ni, dastlabki hujjatlardagi yozuvlarni tasdiqlash, uchinchi shaxslardan tasdiqlar olish, xo’jalik faoliyati ko’rsatkichlarini tahlil qilish misol bo’ladi.

Har qanday tanlab tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi:

tanlash ko’lami;

kuzatish birligi;

tanlash birligi;

tanlash uslublari;

saylab olish hajmi;

salmoqli (reprezentativ) tanlash;

tanlangan ma’lumotlarni tekshiriladigan to’plamga tadbiq qilish;

Har qanday tanlash (statistik yoki nostatistik) uchun auditorlik tashkiloti quyidagilarni bajarishi lozim:

tanlashga tushgan har bir xatoni tahlil qilish;

tanlash jarayonida olingan natijalarni barcha tekshiriladigan to’plamga tarqatish (ekstrapolyatsiya);

tanlash risklarini baholash;

Tanlovga tushgan xatolarni tahlil qilishda auditorlik tashkiloti birinchi navbatda ularning tavsifini aniqlashi lozim. Auditorlik tanlash jarayonida olingan natijalarni auditorlik tashkiloti barcha tekshiriladigan to’plamga tarqatishi lozim. Natijalarni butun to’plamga tarqatish uslublari turlicha bo’lishi mumkin, ammo hamma vaqt tanlovning tuzilish uslublariga mos kelishi kerak. Agar tekshiriladigan to’plam quyi to’plamlarga bo’laklangan bo’lsa, u holda natijalarni tarqatish ularning har biri bo’yicha amalga oshiriladi.


Download 110.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling