Mavzu: Auditorlik tanlash turlari
Download 110.17 Kb.
|
Auditorlik tanlash kurs ishi
Mavzu: Auditorlik tanlash turlari Mundareja: Kirish……………………………………………………………………………….2 I-BOB Auditorlik tanlash tushunchasi va usullari ……………………………….4 Auditorlik tanlash tushunchasi. ……………………………………………….4 Auditorlik tanlash usullari, tanlash uslubini shakillantirish…………………..8 1.3Tanlash risklari va natijalarini baholash. ……………………………………...12 II-BOBAuditning xalqaro amaliyotida auditorlik tanlash va konseptual asoslari.……………………………………………………………………………15 2.1 Auditning xalqaro amaliyotida auditorlik tanlash……………………………15 2.2 Auditorlik tanlashning konseptual asoslari…………………………………...20 Xulosa………………………………………………………………………………26 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………………28 Internet sayitlar…………………………………………………………………….30 Kirish Ma’lumki, so’ngi yillarda auditorlik faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish bo’yicha qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qaroriga muvofiq, 2000 yil 26 mayda yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati to’g’risida» gi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonunni amalga oshirish, auditorlik xulosalari soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olinishini ta’minlash maqsadida 2000 yil 22 sentabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 365-sonli «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to’g’pisida» gi qarori va boshqa qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi, Auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqi uchun attestatsiya o’tkazish va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish tartiblari belgilandi. 20 dan ortiq auditorlik faoliyatining milliy standartlari ishlab chiqildi. shuningdek, 2000 yil 7 avgustda O’zbekiston hududida faoliyat ko’rsatayotgan auditorlar va auditorlik tashkilotlarini ixtiyoriy ravishda birlashtiruvchi mustaqil jamoat tashkiloti - O’zbekiston auditorlar palatasi tashkil etildi. Mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiyalash, bozor islohotlarining yanada chuqurlashtirilishi natijasida yildan yilga salmoqli natijalar qo’lga kiritilib, barqaror iqtisodiy o’sish yo’nalishi mustahkamlanib bormoqda. Bunda hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy siyosatning to’la va izchil amalga oshirilishi, iqtisodiyotning muhim ustuvor tarmoqlarining belgilab berilishi hamda ularni rivojlantirish bo’yicha «Audit» fanini chuqur o’rganish moliya, soliq, bank ishi va boshqa iqtisodiy sohalardagi muammolarni hal qilishda muhim rol o’ynaydi. Soliqlar va soliqqa tortish yo’nalishidagi mutaxassislar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlarining ma’no-mohiyatini anglashi, iqtisodiy bilimlarga ega bo’lishi bilan bir qatorda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning byudjet oldidagi qarz majburiyatlarini hisobini yuritish tartiblarini, soliqlar va boshqa majburiy ajratmalar hisob-kitoblarini hamda hisobotlarini tekshirish ko’nikmalarga ega bo’lishi zarur. Shu jihatdan «Audit» fanini chuqur o’rganish moliya, soliq, bank ishi va boshqa iqtisodiy sohalardagi muammolarni hal qilishda muhim rol o’ynaydi. Uning asosiy maqsadi - moliyaviy buxgalteriya hisobotlaridagi ma’lumotlarning haqqoniyligini ta’minlash, sub’ekt faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish, hisob yuritish bo’yicha maslahatlar berish va boshqalardan iborat. «Audit» fanini o’rganish uning turli mulkchilik shakllaridagi korxonalarni tekshirishda tutgan o’rnini tushunish va nazariy bilimlarni amaliy bilimlar bilan boyitishni vazifa qilib qo’yadi. Download 110.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling