Mavzu: Auditorlik tanlash turlari
Auditorlik tanlashning konseptual asoslari
Download 110.17 Kb.
|
Auditorlik tanlash kurs ishi
2.2 Auditorlik tanlashning konseptual asoslari
“AUDITORLIK TANLOVI” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AUDITNING MILLIY STANDARTI 14-SONLI AMS [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 3-sentabrda ro‘yxatidan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 815] Umumiy qoidalar2 1. Mazkur standart O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 10-iyundagi 296-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasida qilgan ma’ruzasida bayon etilgan asosiy qoidalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini normativ tartibga solish elementi hisoblanadi. Standartning maqsadi 2. Mazkur standartning maqsadi auditorlik tashkiloti uchun tekshirilayotgan ma’lumotlar jamlanmasidan tanlash qoidalarini belgilash va bu tarzda olingan ma’lumotlar natijalarini baholash hisoblanadi. Amal qilish sohasi 3. Mazkur standartning talablari barcha auditorlik tashkilotlari uchun rasmiy auditorlik xulosasini tayyorlashni ko‘zda tutuvchi auditni amalga oshirishda majburiy hisoblanadi, bundan tavsiyaviy tusga ega ekanligi to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilgan qoidalar mustasno. 4. Mazkur standart talablari, tekshiruv natijalari asosida rasmiy auditorlik xulosasi tayyorlashni ko‘zda tutmaydigan auditning amalga oshirilishida, shuningdek, auditga turdosh xizmatlar (konsalting xizmatlari) ko‘rsatilishida tavsiyaviy tusga ega bo‘ladi. Aniq topshiriqni bajarish chog‘ida mazkur standartning majburiy talablaridan chetga chiqilgan hollarda auditorlik tashkiloti buni o‘zining ish hujjatlarida hamda audit va (yoki) unga turdosh xizmatlarga buyurtma bergan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga beriladigan yozma hisobotda majburiy tartibda ko‘rsatib o‘tishi lozim. Tanlash turlari 5. Tanlash reprezentativ, ya’ni ishonchli bo‘lishi lozim. Bu talab, o‘rganilayotgan jamlanmaning barcha elementlari tanlashda bir xil asosdagi ehtimollikka ega bo‘lishini ko‘zda tutadi. Reprezentativlikni ta’minlash uchun auditorlik tashkiloti quyidagi usullarning biridan foydalanishi mumkin: 5.1. Tasodifiy tanlash. Tasodifiy sonlar jadvali bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. 5.2. Muntazam tanlash. Elementlarni tasodifiy tanlangan sondan boshlab muntazam oraliqda tanlanishini ko‘zda tutadi. Oraliq masofa yo jamlanma elementlarining muayyan sonida yoki qiymatni baholash asosida quriladi. 5.3. Aralash tanlash. Tasodifiy va muntazam tanlashning turli usullari uyg‘unligini ifodalaydi. 6. Auditorlik tashkiloti, tanlash o‘tkazilishi natijalari bo‘yicha auditorning professional mulohazasi butun jamlanmaga daxldor bo‘lmagan hollarda noreprezentativ, ya’ni ishonchli bo‘lmagan jamlanmani qo‘llashga haqli. Auditor alohida olingan operatsiyalar guruhini yoki tegishli ravishda ehtimolli xatolar belgilangan operatsiyalar toifasini tekshirganda noreprezentativ tanlashni qo‘llanishi mumkin. 7. Auditorlik tashkiloti buxgalteriya hisobida schyotlar bo‘yicha saldo va operatsiyalarning to‘g‘ri aks ettirilganini tekshirishi yoki tekshirilayotgan jamlanmaning elementlari soni juda ham kamligidan statistik usullarning qo‘llanishi maqsadga muvofiq bo‘lmaganligi sababli yoki agarda auditorlik tanlashning qo‘llanishi yoppasiga tekshiruv o‘tkazishdan ko‘ra samarasizroq bo‘lganda, nazorat tizimi vositalarini yoppasiga tekshirishi mumkin. 8. Mazkur standart, shuningdek statistik usulda tuzilgan tanlashlarga nisbatan ham qo‘llanadi. U auditorlik dalillarini to‘plash uchun ishonchli imkoniyatlarini namoyon etishi lozim. Tanlashning tuzilishi 9. Auditorlik tanlash tekshirilayotgan jamlanmaning 100 foizdan kam bo‘lgan obyektlariga nisbatan auditorlik tartib-taomillari qo‘llash maqsadida amalga oshiriladi. Bunday obyektlar deganda schyotlar saldosini tashkil etuvchi elementlar yoki butun tekshirilayotgan jamlanma haqida bir fikrga kelishga imkon beruvchi auditorlik dalillarini yig‘ish uchun schyotlar bo‘yicha aylanmalarni tashkil etuvchi operatsiyalar tushuniladi. Tanlashni tuzish uchun auditorlik tashkiloti buxgalteriya hisobotining aniq bir bo‘limini tekshirish tartibini, tanlash amalga oshiriladigan tekshirilayotgan jamlanmani va tanlash hajmini belgilab olishi kerak. 10. Buxgalteriya hisobotining aniq bir bo‘limi tekshiruvini o‘tkazishni ishlab chiqishda auditorlik tashkiloti tekshirish maqsadini va bu maqsadlarga erishishga yordam beruvchi auditorlik tartib-taomillarni belgilab olishi kerak. Shundan so‘ng auditor yuz berishi mumkin bo‘lgan xatolarni aniqlashi, unga zarur bo‘lgan, to‘plash kerak bo‘lgan dalillarni baholashi va shuning asosida ko‘rilayotgan ma’lumotlar jamlanmasini belgilashi kerak. 11. Auditorlik tashkiloti o‘rganilayotgan jamlanmani shu tarzda aniqlashi kerakki, u auditning maqsadiga muvofiq kelsin. Jamlanma muayyan tarzda identifikatsiya qilinadigan birliklar to‘plamidan tashkil topishi kerak. Auditorlik tashkiloti jamlanma elementlarini tanlashni o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishga imkon beruvchi samarali va tejamkorlik tarzida o‘tkazadi. 12. Tanlashni o‘tkazishda auditorlik tashkiloti o‘rganilayotgan jamlanmani, har birining elementlari o‘xshash xususiyatlarga ega bo‘lgan, alohida guruhlarga (“jamlanma bo‘laklari”ga) ajratishi mumkin. Jamlanmani bo‘lish (ajratish) mezonlari shunday bo‘lishi kerakki, har qanday element bo‘yicha, u qanday jamlanma bo‘lagiga tegishli ekanligini aniq ko‘rsatish mumkin bo‘lsin. Stratifikatsiya deb nomlanuvchi mazkur tartib-taomil, ma’lumotlar tarqoqligini (variatsiyani) kamaytirib, auditorlik tashkilotining ishini yengillashtirishga imkon beradi. Tanlash riski 13. Tanlashning hajmi (o‘lchamini) belgilashda auditorlik tashkiloti tanlash riskini, yo‘l qo‘yilgan va kutilayotgan xatolarni aniqlashi kerak. 14. Tanlash riski shundan iborat bo‘ladiki, auditorning tanlash ma’lumotlari asosida tuzilgan, muayyan masalalar bo‘yicha fikri, xuddi shu masalalar bo‘yicha butun jamlanmani o‘rganish asosida yuzaga kelgan fikrlardan farq qilishi mumkin. Tanlash riski nazorat tizimi vositalarini testdan o‘tkazishda ham, buxgalteriya hisobida schyotlar bo‘yicha aylanmalarni va saldolarning to‘g‘ri aks ettirilganligini batafsil tekshirishda ham mavjud bo‘lishi mumkin. Auditorlik amaliyotida nazorat tizimi testlari va schyotlar bo‘yicha aylanmalar hamda saldo to‘g‘riligini tekshirishda birinchi va ikkinchi tur risklari farqlanadi. 14.1. Nazorat vositalarini testdan o‘tkazishda quyidagi tanlash risklari farqlanadi: 14.1.1. Birinchi tur riski — tanlash natijasi nazorat tizimining ishonchsizligidan dalolat berib, aslida esa tizim haqiqatda ishonchli bo‘lgan holda, to‘g‘ri farazni rad etish riski. 14.1.2. Ikkinchi tur riski — tanlash natijasi tizimning ishonchsizligidan dalolat berib, aslida esa nazorat tizimi zaruriy ishonchlilikka ega bo‘lmagan holda, noto‘g‘ri farazni qabul qilish riski. 14.2. Schyotlar bo‘yicha aylanmalar va saldoning buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks etganligini sinchiklab tekshirishda quyidagi tanlash risklari farqlanadi: 14.2.1. Birinchi tur riski — tanlash natijasi tekshirilayotgan jamlanma jiddiy xatolarga ega ekanligidan dalolat berib, aslida esa jamlanmada bunday xatolar bo‘lmagan holda, to‘g‘ri farazni rad etish; 14.2.2. Ikkinchi tur riski — tanlash natijasi tekshirilayotgan jamlanma jiddiy xatolarga ega emasligidan dalolat bersa, aslida esa jamlanma jiddiy xatoga ega bo‘lgan holda noto‘g‘ri farazni qabul qilish riski. 15. To‘g‘ri farazni rad etish riski auditorlik tashkiloti tomonidan yoki tanlash o‘tkazish natijasida uning hisob-kitobida xato borligi aniqlangan xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan qo‘shimcha ishlarni bajarishni talab etadi. Noto‘g‘ri farazni qabul qilish riski auditorlik tashkiloti ishi natijalarini shubha ostiga oladi. 16. Tanlashning o‘lchami auditor tomonidan ruxsat etiladigan deb hisoblanadigan xato miqdori bilan aniqlanadi. Uning miqdori qanchalik kichik bo‘lsa, tanlashning zaruriy o‘lchami shunchalik katta bo‘ladi. 17. Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xato auditor tomonidan tanlangan muhimlilik darajasiga muvofiq auditni rejalashtirish bosqichida aniqlanadi. Yo‘l qo‘yiladigan xatoning miqdori qancha kam bo‘lsa, auditorlik tanlashning hajmi shuncha katta bo‘lishi kerak. 17.1. Nazorat tizimi vositalarini testdan o‘tkazishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolar bo‘lib xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan belgilangan va auditorlik tashkiloti rejalashtirish bosqichida aniqlagan nazorat tartib-taomillaridan maksimal darajadagi chetlanish hisoblanadi. 17.2. Schyotlar bo‘yicha saldo va aylanmalar to‘g‘riligini tekshirishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xato deb saldoda yoki provodkalarning muayyan toifasidagi maksimal xato hisoblanadi va bunga auditorlik tashkiloti yo‘l qo‘yilishiga rozi bo‘ladi. Bunday xatolarning butun audit jarayoniga jamlanma ta’siri, auditorlik tashkiloti uchun buxgalteriya hisobotlari muhim xatolardan xoli ekanligini yetarlicha ishonchli darajasida tasdiqlash imkonini beradi. 18. Agar auditor tekshirilayotgan jamlanmada xato mavjud deb hisoblasa, bunday xatolarning umumiy miqdori yo‘l qo‘yiladigan xatoning o‘lchamidan oshmasligini tekshirish uchun katta miqdordagi tanlashni amalga oshirishi kerak. Agar auditor jamlanma xatolardan xoli deb hisoblasa, kichik o‘lchamdagi tanlashdan foydalanadi. Tanlash natijalarini baholash 19. Har qanday tanlash uchun auditorlik tashkilotining quyidagilarga majbur: 19.1. Tanlashga tushgan har bir xatoni tahlil etish; 19.2. Tanlashni amalga oshirishda olingan natijalarni butun tekshirilayotgan jamlanmaga tatbiq etish; 19.3. Tanlash risklarini baholash. 20. Tanlashga tushgan xatolarni tahlil qilishda auditorlik tashkiloti birinchi navbatda tanlashga kirgan xatolarning tabiatini aniqlashi lozim. 20.1. Tanlashni shakllantirishda u qanday aniq maqsadlarni ko‘zlab o‘tkazilayotganini ta’riflash va tanlashda aniqlangan xatolarni shu maqsadlarga muvofiq ravishda baholash lozim. Agar ko‘zlangan tekshiruv maqsadlariga tanlash tekshiruvlari yordamida erishilmagan bo‘lsa, unda auditorlik tashkiloti muqobil auditorlik tartib-taomillarini o‘tkazishi mumkin. 20.2. Auditorlik tashkiloti xatolarning sifat jihatini, ya’ni ularning mohiyati va ularni yuzaga keltirgan sabablarni baholashi, shuningdek, ularning auditning boshqa uchastkalariga ta’sirini aniqlashi mumkin. Aniqlangan xatolarni tahlil qilayotganda auditorlik tashkiloti, ular operatsiya turlari, ishlab chiqarish birliklari va bo‘linmalari bilan, ular uchun topilgan xatolarning kelib chiqish vaqti va hokazolar bilan bog‘liq bo‘lgan umumiy belgilarga egaligi to‘g‘risida xulosaga kelishi mumkin. Bu holda auditorlik tashkiloti tekshirilayotgan jamlanmani, tegishli belgilariga ko‘ra jamlanmani guruhlarga bo‘lishi va har birini alohida tekshirishi mumkin, bu esa aniqroq natijalarga erishishga imkon beradi. 21. Auditorlik tashkiloti tanlashlar bo‘yicha olingan natijalarni butun tekshiriladigan jamlanmalarga tatbiq etishi shart. Tanlash natijalarini butun jamlanmalarga tatbiq etish usullari turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ular doimo tanlashni tuzish usullariga muvofiq kelishi lozim. Agar jamlanma tegishli ravishda jamlanma bo‘laklariga ajratilgan bo‘lsa, uni tatbiq etish ham ularning har biriga nisbatan amalga oshirilishi kerak. 22. Auditor tekshiriladigan jamlanmadagi xato yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan miqdordan ortiq emasligiga ishonch hosil qilishi kerak. Buning uchun auditor tatbiq etish vositasida olingan jamlanma xatolarini yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan xato bilan solishtiradi. Agar birinchi xato yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgandan ortiq bo‘lsa, auditorlik tashkiloti tanlash xatolarini takroran baholashi lozim. Agar ularni nomaqbul deb topsa, u holda auditorlik tartib-taomillari doirasini kengaytirishi yoki o‘tkazilganlariga muqobil bo‘lgan auditorlik tartib-taomillarini qo‘llashi kerak. 23. Auditorlik tashkiloti auditorlik tanlashning barcha bosqichlarini va uning natijalarini tahlilini majburiy tartibda ishchi hujjatlarida aks ettirishi kerak. Xulosa va takliflar Korxonadagi buxgalteriya hisobi va ichki nazorat ahvolining auditor tomonidan to’g’ri baholanishi uning barcha keyingi ishlari muvaffaqiyatining garovidir. Chunki, agar auditorda mijoz hisobotini o’rganish va xodimlar bilan suhbat o’tkazish natijasida, hisobot to’g’ri va ishonchli birlamchima’lumotlar asosida tuzilganligiga mutlaqo ishonch hosil bo’lsa, u dastlabki hujjatlar va hisob registrlarini tanlab tekshiruvdan o’tkazishi mumkin Aks holda,auditor birlamchi ma’lumotlarning to’g’ri rasmiylashtirilganligi, buxgalteriya xodimlarining bilim darajasi va ichki nazoratning tashkil etilishiga qoniqish hosil qilmasa, u juda puxta, odatda,yoppasiga tekshiruv o’tkazishi lozim. Korxonaning butun moliya-xo’jalik faoliyatini yoppasiga tekshirish juda sermehnat ishdir. Ammo, auditor kasb etikasining me’yorlariga muvofiq mijoz korxona moliyaviy hisobotining ishonchli (ishonchsiz) ligiga to’la ishonch hosil qilishi yoki u to’g’risida fikr bildirishdan bosh tortishi lozim. Agar tekshiriladigan to’plam elementlarining soni sta-tistik tanlashusullarini talab qilmaydigan darajada kam bo’lsa, yoki auditorlik tanlash usulini qo’llash yoppasiga tekshiruv o’tkazishga qaraganda samarasiz bo’lsa,auditorlik tashkiloti buxgalteriya hisobidagi qoldiqlarni va muomalalarningschyotlarda aks ettirilishini yoki nazorat tizimi vositalarini yoppasiga tekshiruvdan o’tkazishi mumkin. Auditor ko’p hollarda mijoz hisobotining ishonchliligiga o’rtacha darajada ishonch hosil qiladi.Bu ayrim hisob bo’limlari bo’yicha hisob yaxshi tashkil etilganligi, malakali mutaxassislar tomonidan amalga Aynan hisobot ko’rsatkichlariga nisbatan ishonch hosil qilishdarajasi o’rtacha bo’lganda auditorlik tanlash usullarini qo’llash zarur. Mijozning buxgalteriya va ichki nazorat tizimi sifati audit tekshiruvining butun keyhigi jarayonmi belgilab beradi. Auditor tekshiruvning dastlabki bosqichida mijoz mohyaviy hisobotlarini o'rganish va buxgalteriya xizmati xodimlari bilan suhbatlashish jarayonida shu mohyaviy hisobotlar to‘g‘ri va to'hq dastlabki hujjatlarga asosan tuzilgan degan xulosaga kelsa auditor dastlabki hujjatlarni tanlab tekshirishi mumkin bo‘ladi. Aks holda, ya’ni moliyaviy hisobotlarni o‘rganish, mijoz ichki nazorat tizimini tekshirish jarayonida auditor ularning sifatidan qoniqmasa auditor moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun asos bo'lgan barcha dastlabki hujjatlarni yoppasiga, hammasini tekshirishi lozim. Yoppasiga tekshirish auditordan katta vaqt va mehnat talab etadi. Ammo auditorlik etikasiga asosan auditor moliyaviy hisobotlaning BHMSga asosan tuzilganini yoki bu standartlardan chetga chiqish bo‘lganini o‘z xulosasida aniq bayon etishi kerak. Bu esa auditordan dastlabki hujjatlarga tayanishni talab etadi. Dastlabki hujjatlaning sii'ati esa moliyaviy hisobotlarning haqqoniy yoki noto'g'ri ma’lumotlami aks ettirayotganini ko‘rsatadi. Auditor mijoz moliyaviy hisobotlarining BHMS ga asosan tuzilgani yuzasidan ko‘pincha o‘rta darajadagi ishonchga ega bo‘ladi. Bunga sabab moliyaviy hisobotlarning ba’zi elementkiri bo‘yicha buxgalteriya hisobi sifatli taslikil etilgan bo‘lishi, malakali mutaxassislar tomonidan olib borilishi, kompyuterlashgan bo‘lishi, samarali ichki nazorat tizimi tashkil etilgan bo'lishi, moliyaviy hisobotlarning boshqa ba’zi elementlari bo‘yicha esa buning aksi bo‘lishi mumkin. Tanlab tekshirish uslubini ham aynan o‘rta darajadagi ishonchga ega bo‘lgan holda qo‘llash kerak. Foydalanilgan adabiyotlar Download 110.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling