Mavzu: Avtomatik o‘lchash ko‘priklari. O‘zgarmas tok kompensatorlari
Download 29.18 Kb.
|
METROLOGIA 11
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr o‘lchashlarning fan va texnikadagi ahamiyati
MAVZU: .Avtomatik o‘lchash ko‘priklari. O‘zgarmas tok kompensatorlari REJA : .Avtomatik o‘lchash ko‘priklari. O‘zgarmas tok kompensatorlari ELEKTR O’LCHASHLAR Sanoat, transport, qishloq va suv xo‘jaligi, kimyoviy texnologiya va boshqa sohalardagi ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida texnologik, agrokimyoviy va biologik nazorat bilan birga turli o‘lchash ishlari ham olib boriladi. Shuning uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati boshqarishda qo‘llanilayotgan nazorat va o‘lchash vositalariga bevosita bog‘liq. Har bir yetuk mutaxassis o‘z ish joyida texnologik jarayon parametrlarini, ularning o‘lchash usullarini, o‘lchash asboblari va qurilmalarining texnik xarakteristikalarini bilishi kerak. Bakalavriatni tugatgan har bir kishi o‘lchash asboblari bilan ishlashda o‘lchash sxemalari va asboblarini ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan bilim va malakaga ega bo‘lishi, elektr, magnit, noelektrik kattaliklarni bilishi, ularni o‘lchashi, nazorat qilishi, o‘lchash asboblarini to‘g‘ri tanlay olishi, xatoliklarning sababini aniqlashi lozim. Transport, Issiqlik texnikasi, elektroenergetika, qishloq va suv xo‘jaligi, geologiya va geofizika, tibbiyot, biologiya, atrof-muhit ekologiyasi sohalarida yuzaga keladigan muammolarni yechishda turli parametrlarni o‘lchash va axborot olish sezilarli darajada murakkablashib bormoqda. Bu holat yangi o‘lchash usullari va vositalarini yaratishni va birlamchi o‘lchash o‘zgartkichlari – datchiklarga, umuman olganda, o‘lchash texnikasiga bo‘lgan talabni kuchaytirmoqda. Shuning uchun o‘lchash asboblarining texnik imkoniyatlarini hisoblash, texnika vositalari yordamida kengaytirish va turli sharoitlarga moslashtirish hozirgi o‘lchash texnikasining dolzarb masalasi bo‘lib qolmoqda. «Elektr o‘lchashlar» fani talabalarga elektromagnit hodisasi va jarayonlarini, elektr, magnit kattaliklar va parametrlarini hamda texnologik jarayonlarni boshqarishda yuzaga keladigan muammolarni hal etishga imkon beradi. Metrologiya va elektr o‘lchashlardan olingan bilim va ko‘nikmalar kasb-hunar kollejlarining elektrotexnik yo‘nalishdagi talabalariga «Sanoat korxonalarining elektr jihozlari va qurilmalari», «Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish», «Elektrotexnologiya» va boshqa fanlarni o‘zlashtirishlarida yordam beradi. «Elektr o‘lchashlar» sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi hamda boshqa sohalar yo‘nalishida bakalavr va mutaxassislar tayyorlashda o‘qitilishi lozim bo‘lgan fandir. Davlat ta’lim standartlari, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan kelib chiqqan holda, bu fan kollej talabalarida metrologiya va elektr o‘lchashlar bo‘yicha zarur va yetarli bo‘lgan bilim hamda ko‘nikmalarni shakllantiradi. O‘quv qo‘llanmaning maqsadi elektrotexnika, elektroenergetika, radiotexnika va avtomatika cohalariga oid ta’lim yo‘nalishida elektrik bakalavrlarni tayyorlashga ko‘maklashishdir. Talabalar fanni o‘qish jarayonida elektr o‘lchovlar, o‘lchash asboblarining tuzilishi, ularning ishlatilishi va ta’mirlashning asosiy masalalarini o‘rganadilar. Asboblarning texnik xarakteristikalari va xususiyatlari, ularning qiyoslash usullari hamda qoidalari bilan tanishadilar. «Elektr o‘lchashlar» fanini o‘rganish natijasida talabalar olgan bilimlari hamda tajribalarini ishlab chiqarishda qo‘llashlari lozim bo‘ladi. Har bir talaba bilimlarini respublikamiz oldida turgan o‘ta muhim masalalarni yechishga, jahon andozalariga mos keluvchi texnologik jarayonlarni samarali boshqarish hamda mahsulotlarni ishlab chiqarishga safarbar etishi kerak. Elektr o‘lchashlarning fan va texnikadagi ahamiyati Moddiy dunyoni bilish usullaridan biri – o‘lchashdir. «Har qanday fan o‘lchashdan boshlanadi», – degan edi buyuk rus olimi D.I.Mendeleyev. Bizga ma’lum bo‘lgan tabiiy fanlardagi barcha qonunlar zamirida o‘lchash yotadi.
Download 29.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling