Mavzu: avtomatlashtirilgan tizimlarning elektr qismlari. Reja: 1


Download 42.95 Kb.
bet4/4
Sana15.09.2023
Hajmi42.95 Kb.
#1678514
1   2   3   4
Bog'liq
markaz mavzu

O`zgarmas tok mashinalari. O`zgarmas tok mashinalari ham generator ham dvigatel bo`lib ishlay oladi.O`zgarmas tok mashinalari tuzlishini tushuntiruvchi chizma.1-induktor (stator); 2-yakor (rotor); 3-kollektor.Tok yakordan tashqi zanjirga, yoki tashqi zanjirdan yakorga bir yo`nalishda oqishi uchun o`zgarmas tok mashinalarida kollektordan foydalaniladi. Elektr toki kollektorga va kollektordan shetkalar orqali oqadi.Qo`zg`atish cho`lg`amini tok bilan ta`minlash bo`yicha o`zgarmas tok mashinalari quyidagilarga bo`linadi (5-rasm).

  1. – Mustaqil qo`zgatiluvchi, bunda qo`zg`atish cho`lg`ami tashqi tok manbaidan tok oladi;


  2. – Parallel qo`zg`atilish;


  3. – Ketma-ket qo`zg`atilish;


  4. – Aralash qo`zg`atilish.




Mustaqil (a), parallel (b), ketma-ket (v), aralash (g) qo`zg`atishli o`zgarmas tok mashinasi sxemalari.
O`zgarmas tok generatorlari mustaqil tok manbasi kerak bo`lgan hollarda ishlatiladi. Masalan,elektromagnitlarda, elektromagnitmuftalarda, elektrodvigatellarda, elektroliz vannalarda, payvandlash quvurlarida va shunga o`xshashlarda.
Elektr yuritma asoslari. Elektr yuritma ishchi mashina ustida aylantiruvchi magnit hosil qilish uchun hizmat qiladi.
Elektr yuritmani elektr qismi bir yoki bir necha elektrodvigatellardan va elektr qurilmalaridan iborat. Elektr yuritmani mexanika qismi va reduktorli uzatma, harakat o`zgartirgichlari va boshqalardan iborat bo`lib, u elektrodvigatel o`qidan ishchi mashinaga aylantiruvchi momentni uzatish uchun ishlatiladi.
Elektr yuritmalar uch guruhga bo`linadi: yakka dvigatelli, guruhli va ko`p dvigatelli. Yakka dvigatelli elektr yuritmada har bir ishchi mashina o`z elektrodvigateliga ega. Guruhli elektr yuritmada bir guruh ishchi mashinalar bitta elektrodvigateldan harakat oladi. Ko`p dvigatelli elektr yuritmada agregatni har bir ishchi mashinasi yoki organi o`z elektrodvigateliga ega. Ishlab chiqarishni maxanizasiyalash va avtomatlashtirish ko`p dvigatelli elektr yuritmalarni keng qo`llanilishiga olib kelmoqda.
Download 42.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling