Mavzu: Avtomobil elektr jihozlariga servis


Download 3.14 Mb.
bet28/50
Sana07.11.2023
Hajmi3.14 Mb.
#1753027
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50
Bog'liq
Mavzu Avtomobil elektr jihozlariga servis

O‘t oldirish
O‘t oldirish uchirgichi batareyadan o‘t oldirish asbob-larini ulash yoki uzishga xizmat qiladi. Kalit, qulf, prujinali qulf plastinalari, korpus, povodok, qo‘zg‘aluvchan kontakt, izolyasion disk va shunga mos qismalar uning asosiy qismlari hisoblanadi.
SKD-5 «Sibiryak» kombayinidagi uchirgich faqat kontrol o‘lchash asboblari va tovush signali asboblarini ishga turishga xizmat qiladi.
ZIL-130 avtomobiliga faqat batareyadan o‘t oldirish asboblarini ulash uchungina emas, balki startyorni ulashga xizmat qiluvchi o‘t oldirish uchirgichi o‘rnatiladi. Uchirichda qaytaruvchi prujina 7 va prujinaviy fiksator 9 bor.
Kalit buralganda povodok va qo‘zg‘aluvchan kontakt 10 qulf bilan birga buriladi. Bunda qo‘zg‘aluvchan kontakt chiqiqlari plastina 13 bilan birikadi va o‘t oldirish ulanadi. Prujinaviy fiksatorlar qulfni ulangan holatda tutib turadi. Startyorni ulash uchun qulf yana bir oz buriladi, natijada prujina ta’sirida ulangan o‘t oldirishga mos holatga qaytadi.
O‘t oldirish uchirgichillariga texnikaviy xizmat ko‘rsatish simlarining qismlarga ulanganini vaqt-vaqti bilan tekshirib turish va oksidlanganda ularni tozalashdan iborat.
Batareyadan o‘t oldirish tizimini o‘rnatish
Batareyadan o‘t oldirish tizimni o‘rnatish oldidan uzgich kontaktlari orasidagi tirkish tekshiriladi va rostlanadi, so‘ng uchqundan o‘t oldirish svechasi birinchi silindrdan burab olinadi. Svecha teshigi bosh barmoq yoki qog‘oz tiqin bilan zich berkitiladi. Tirsakli val dasta bilan asta buriladi. qisish takti boshlaganda birinchi silindrda barmoq ostidan kuch bilan havo chiqa boshlaydi, tiqin esa teshikdan otilib chiqadi. GAZ-51A va boshqa avtomobillarda birinchi silindrdagi porshenning to‘g‘ri vaziyati maxovikdagi po‘lat sharcha karterdagi ko‘rsatkich bilan bir to‘g‘ri chiziqda joylashgandan keyin aniqlanadi.
Ikkinchi asosiy operatsiya-uzgich kontaktlarini porshening o‘rnatilgan vaziyatiga mos holda ajrala boshlash vaziyatiga o‘rnatish (ya’ni poreshen o‘t oldirishni ilgarilatish doimiy burchagida yu.ch.n. ga etmaydi). Dastlab vakuum rostlagichning trubkasi karbyuratordan burab olinadi, oktan-korrektor ko‘rsatkichi dastaki rostlash gaykasi yordamida nol bo‘limga suriladi. So‘ngra taqsimlagich rotorining yon chiqishdan birinchi silindrning o‘t oldirish svechasiga sim o‘tgan elektrod qopqog‘i qarshisida turganligi tekshiriladi Oktan-korrektorning o‘rnatish vinti bo‘shatilgach, uzgich korpusi kontaktlar ajralgugnga qadar rotor aylanishi bo‘yicha buriladi. SHu paytni ko‘chma lampa bilan fiksatsiyalash qulay. Lampa simlaridan biri uzgich-taqsimlagichning yon qismasiga, ikkinchisi massaga ulanadi. Uzgich kontaktlari ajralish bilan lampa yonadi, so‘ngra o‘rnatish vinti mahkamlanadi. Ayni shu paytda induksion g‘altakning ikkilamchi chulg‘amida birinchi silindrning o‘t oldirish svechasiga keluvchi yuqori kuchlanishli tok hosil bo‘ladi.
14. Mavzu: Ko‘mirli kontaktni almashtirish, rotorni kuygan markaziy kontaktlarini tozalash yoki almashtirish, rotor qopqog‘ini almashtirish.
O't oldirish tizimi dvigatel silindrlarida yonuvchan aralashmani kerakli paytda ishonchli tarzda alangalanishini ta'minlash va dvigatelni yuklanishiga hamda aylanishlar chastotasiga bog'liq ravishda o't oldirish paytini (ilgarilatish burchagini) o'zgartirish uchun xizmat qiladi. Karburatorli avtomobil dvigatellarida kontaktli, kontakt-tranzistorli va kontaktsiz o't oldirish tizimlari qo'llaruladi.

Download 3.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling