Mavzu: Avtomobil yo‘llarining holatini va transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini baholash
Download 24.32 Kb.
|
Atrabotka
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar.
Uchinchi guruh ko‘rsatkichlariga avtomobil yo‘lining ishonchliligi, yo‘lning xizmat muddati, nisbiy halokatlilik koeffitsienti, halokatlilik va xavfsizlik koeffitsienti va ko‘rish masofasini ta’minlanganligi bo‘yicha baholash;
To‘rtinchi guruh ko‘rsatkichlariga transport vositalarida yuk tashish tannarxi va YTHdan keladigan iqtisodiy yo‘qotishlarni hisoblash orqali baholash mumkin. Hisobiy tezlik ta`minlanganligi koeffitsienti quydagi formuladan aniqlanadi Kh.t = Respublika hududini Yo‘llardan foydalanish sharoiti bo‘yicha tumanlashtirish jadvali 1‑jadval
Avtomobilning maksimal konstruktiv tezligi Vmax uning dvigateli quvvatiga bog‘liq. Kuzatishlar ko‘rsatadiki, Vmaxtezlik bilan haydovchilar faqat ayrim hollardagina qisqa muddatda harakatlanishadi. Yaxshi Yo‘l sharoitlarida transport vositalarining tezligi 0,7-0,85 Vmaxni tashkil qiladi. Bunday tezlik asosan yakka holda gorizontal to‘g‘ri Yo‘l byo‘laklarida kuzatiladi. Amalda Yo‘l sharoiti ko‘tarilish, tushish, rejada kichik egriliklardan, ko‘rinish masofasi normadan past, vertikal egriliklardan tashkil topadi, shuningdek, harakat miqdori va tarkibi har xil byo‘lishi oniy tezlikning qiymatiga ta’sir ko‘rsatadi. Real Yo‘l sharoitlarida yakka holda harakatlanayotgan avtomobillarning tezligi 150-120 km/soatdan 40-30 km/soatgacha o‘zgarishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasida 4 ta iqlim-mintaqa zonalarga byo‘linib, 9 ta tuman iqlim sharoiti mavjud (1-jadval). Jadaldagi IVt tuman – bu tog‘li tumanlar byo‘lib, Yo‘llardan foydalanish sharoiti bo‘yicha tumanlashtirish uchun qo‘shimcha kuzatuvlar olib borish zarur. Tumanlashtirish asosida Yo‘llardan foydalanish sharoiti bo‘yicha tumanlar koeffitsientlari ishlab chiqilgan (2‑jadval). Avtomobil Yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlashga sarf‑xarajatlarni aniqlashda Yo‘llardan foydalanish hududiy sharoitlarini hisobga olish zarurdir. Buning uchun me’yoriy sarf‑xarajatlarni Yo‘llardan foydalanish sharoiti bo‘yicha tuman koeffitsientiga ko‘paytiramiz. Quyida avtomobil Yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlashga haqiqiy talab qilinadigan sarf‑xarajatlarni aniqlash uchun formula (4) keltirilgan: S1 km = Set Ktum (4) bunda S1 km‑1 kmavtomobil Yo‘lini joriy ta’mirlash va saqlashga haqiqiy talab qilinadigan sarf‑xarajatlar, so‘m; Set - Yo‘llardan foydalanish etalon sharoitida 1 kmavtomobil Yo‘lini joriy ta’mirlash va saqlashga sarf‑xarajatlar, so‘m; Ktum ‑Yo‘llardan foydalanish sharoiti bo‘yicha tuman koeffitsientlari (2‑jadval). Yo‘llardan foydalanish sharoiti bo‘yicha tuman koeffitsientlari 2‑jadval
* * ‑ tog‘li tumanlar uchun shartli qabul qilingan. Mavjud foydalanuvdagi avtomobil Yo‘llarning holatini va transport-ekspluatatsion sifatini baholash uchun quyidagi jixoz va asboblardan foydalaniladi: -ravonlikni aniqlash uchun: turli modifikatsiyadagi zarbayo‘lchagichlar (TED-2, TXK-2, PKRS-2 vaboshqalar), uch metrli reyka ponasi va niveleri bilan; -mustahkamlikni aniqlash uchun: egilishni yo‘lchaydigan turli modifikatsiyadagi asboblar (MADI-SNIL, KP-204 va boshqalar), dinamik yuklama beradigan turli qurilmalar (UDN, DINA va boshqalar); -ilashish koeffitsientini aniqlash uchun: PPK-2 (MADI-VNIIBD da ishlab chiqilgan asbob), PKRS-2, PKRS-KP-, “qum dog‘i” va boshqalar; - Yo‘lning qatnov qismida izlarni aniqlash uchun (ko‘ndalang ravonlik) uch metrli reyka va nivelir; -avtomobillar tezligini aniqlash uchun: sekundomer va boshqa asboblar, analitik formulalar. Yo‘l to‘shamasining ravonligini zarbayo‘lchagich bilan aniqlash, avtomobilning Yo‘l to‘shamasi notekisliklari sababli tebranishlari amplitudasini aniqlashga asoslanadi.Avtomobilning bir kilometr Yo‘l davomida tebranishlari amplitudalari qo‘shib chiqiladi(sm/km). Yo‘l to‘shamasining ravonligi uch metrli reyka yoki nivelir bilan ham aniqlash mumkin.Biroq bu usul bilan bo‘ylama ravonlikni aniqlash ancha qiyin va sekin kechadi. Yo‘l to‘shamasining mustahkamligini ikki usul bilan aniqlash mumkin: statik va dinamik. Birinchisida egilishni yo‘lchaydigan asbob o‘rnatilgan hisobiy avtomobil, ikkinchisida-dinamik yuklama beruvchi qurilma zarur. Sinovlarda Yo‘l to‘shamasining mustahkamligini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri, to‘shamaning yuklama ostida elastik egilishi hisoblanadi.Uning qiymati asosida mustahkamlik, ya’ni elatiklik moduli (MPa) hisoblab topiladi. Avtomobil g‘ildiragining qoplama bilan ilashish koeffitsienti ham ikki usulda aniqlanadi: statik va dinamik. Birinchisida PPK-2 (MADI-VNIIBDda ishlab chiqilgan mitti asbob) va “qum dog‘i” (ma’lum hajmdagi qum yo‘lchabsolingan stakanli qurilma, Soyuzdorni ishlanmasi), ikkinchisida-PKRS-2, PKRS+KP-511 va b. asboblar qyo‘llaniladi. Xulosa Avtomobil yo‘llarining transport-ekspluatatsion holati bir qator ko‘rsatkichlarga bog‘liq bo‘lib, bu ko‘rsatkichlar avtomobil yo‘lidan va transport vositalaridan foydalanish samaradorligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Avtomobil yoʼllarida o‘z vaqtida ekspluatatsiya ishlarini bajarish yil davomida transport vositalarining xavfsiz, qulay, belgilangan tezlik va yuklangan holda harakatlanishini taʼminlaydi.Shuning uchun avtomobil yo`llarida transport-ekspluatatsion holatini to`g`ri baholash juda muhim hisoblanadi va bu ishlari sifat talabida bajarish mamlakatimiz iqtisodiyotiga va yo`lning bizga xizmatini xavfsiz qulay foydalanishimizga yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar. М.Г.Горячев, С.В.Лугов. Средства дорожной механизатсии для строителъства и експлуататсии городских улис и автомобилъных дорог. Москва 2013 2. MSHN 05-2005. Avtomobil yo‘llari holatini tashxis qilish va baholash. Toshkent 2005. 3. MSHN 25-2005. Avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash bo’yicha ko’rsatmalar. Toshkent 2005. 4. SHNQ 3.06.03-08 “Avtomobil yo‘llari” . Toshkent 2008. Download 24.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling