Mavzu. Axborot – kommunikatsion texnologiyalarining roli va ahamiyati
Download 470.04 Kb.
|
1-mavzu. Axborot – kommunikatsion texnologiyalarining tushunchas-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18 – modda.
14 – modda. Elektron hujjatni jo’natish
Elektron hujjat, agar u bevosita elektron hujjatni jo’natuvchi yoki uning axborot vositachisi tomonidan jo’natilgan bo’lsa, jo’natilgan deb hisoblanadi. Agar qonun hujjatlarida yoki taraflarning keliShuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, elektron hujjatni jo’natuvchi tomonidan uning bekor qilinishi mumkin bo’lmagan jo’natilish vaqti elektron hujjatni jo’natish vaqti deb hisoblanadi. 15 – modda. Elektron hujjatni qabul qilib olish Agar qonun hujjatlarida yoki taraflarning keliShuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa: elektron hujjatni qabul qilib oluvchi tomonidan ko’rsatilgan axborot tizimi orqali elektron manzil bo’yicha elektron hujjat kelib tushgan vaqt elektron hujjat qabul qilib olingan vaqt deb hisoblanadi; elektron hujjat, agar elektron hujjatning qabul qilib olinishini ta’minlagan axborot tizimi hatto boshqa erda joylashgan bo’lsa ham, elektron hujjatni qabul qilib oluvchi turgan joyda qabul qilib olingan deb hisoblanadi. 16 – modda. Elektron hujjatlarni saqlash Elektron hujjatlar elektron hujjat aylanishi ishtirokchilari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanishi kerak. Elektron hujjatlarni saqlash chog’ida ulardan erkin foydalanish va ularning qog’oz nusxalarini taqdim etish imkoniyati ta’minlanishi lozim. Elektron hujjatni saqlash muddati, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, Shunga o’xshash maqsadga mo’ljallangan qog’oz hujjat uchun belgilangan muddatdan kam bo’lmasligi kerak. 17 – modda. Elektron hujjat aylanishida elektron hujjatlarni muhofaza qilish Elektron hujjat aylanishida elektron hujjatlarni muhofaza qilish elektron hujjat aylanishining ishtirokchilariga yoki boshqa Yuridik va jismoniy shaxslarga zarar etkazilishining oldini olish maqsadida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 18 – modda. Nizolarni hal etish Elektron hujjat aylanishi sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 19 – modda. Elektron hujjat aylanishi to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Elektron hujjat aylanishi to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar. Download 470.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling