Mavzu: Axborot boshqaruv tizimlarining modellari


Download 22.11 Kb.
bet1/2
Sana09.03.2023
Hajmi22.11 Kb.
#1254644
  1   2
Bog'liq
Document (6)


Mavzu: Axborot boshqaruv tizimlarining modellari


Qaror qabul qilishning qo’llab-quvvatlash axborot tizimi tarkibiga uchta asosiy qism: ma’lumotlar bazasi, modellar bazasi va quyi tizim dasturlari kiradi.

Ma’lumotlar bazasi qaror qabul qilishni qo’llab-quvvatlashning axborotlar texnologiyasida muhim o’rin tutadi. Ma’lumotlar bevosita foydalanuvchi tomonidan matematik modellar yordamida hisob-kitoblar qilish uchun foydalanilishi mumkin.


Modellar bazasini yaratishdan maqsad ayrim ob’ekt yoki jarayonlarni tasvirlash va qulaylashtirishdir. Modellardan foydalanish qaror qabul qilishni qo’llab-quvvatlashning axborotlar tizimida tahlil o’tkazishni ta’minlaydi. Aniq algoritmlar yordamida muammoning matematik talqiniga asoslangan modellar to’g’ri qarorlar qabul qilish uchun foydali axborotni topishga qulaylik yaratadi. Axborot tizimlari tarkibida modellardan foydalanish statistik usullar va moliyaviy tahlil usullarini qo’llashdan boshlanadi, ular odatdagi algoritmik tilda buyruq berib amalga oshiriladi. Qaror qabul qilishni qo’llab quvvatlashning axborotlar tizimlarida modellar bazasi strategik, taktik va operativ modellardan iborat bo’ladi. Strategik modellar boshqaruvning oliy darajasida tashkil qilish maqsadlari, unga erishish uchun zarur bo’lgan zahiralar hajmlari, shuningdek bu zahiralarni sotib olish va ulardan foydalanish siyosatini o’rnatish uchun foydalaniladi. Ular korxonalarni tanlash va raqobatchilar siyosatini oldindan bilishda foydali bo’ladi.
Taktik modellar. O’rta bo’g’in boshqaruv xodimlari tomonidan mavjud zahiralardan foydalanishni taqsimlash va nazorat qilish uchun qo’llaniladi. Ulardan foydalanish sohalari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: moliyaviy rejalashtirish, xodimlarga talablarni rejalashtirish; korxonalarni joylashtirish sxemasini qurish. Bu modellar odatda firmaning ayrim qismlariga (masalan ishlab chiqarish, sotish) qo’llanishi mumkin. Taktik modellarni qamrab oluvchi vaqtinchalik muddat bir oydan ikki yilgachadir.
Operativ modellar boshqaruvning quyi darajalarida kunlar va hujjatlar bilan o’lchanuvchi mudatlarda aperativ qarorlar qabul qilishni qo’llab quvatlash uchun foydalaniladi.
Matematik modellar matematik usullarni amalga oshiruvchi model, bloklar, modullar va ish tartibi jamlamasidan iborat bo’ladi. Bunga chiziqli dasturlashtirish, vaqtinchalik xatarlarning statistik tahlili, regresiv tahlil va oddiy ish tartibidan (protsedura) murakkab dasturlar to’plamigacha kirish mumkin. Model, blok va ish tartiblari alohida ham, modellarni qurish va quvatlash uchun kompleks holda ham foydalanilishi mumkin. Boshqaruv tizimining asosiy vazifalaridan biri qaror chiqarish funktsiyasi. Bu funktsiya o’z-o’zidan sodir bo’lib qolmay: birinchidan – to’liq axborotlar bo’lishi kerak; ikkinchidan – axboratlarni yig’ish, saqlash, uzatish va shu kabi axborotlashirish jarayonlariga tegishli ishlar amalga oshirilishi lozim. Ana shular e’tiborga olinsa, boshqaruv tizimida axborot tizimini shakllanishi uchun quyidagi uch unsurni bo’lishi shartdir: mutaxasislar; texnik vositalar; axborotlar. Shuning uchun ham axborot tizimi boshqaruv funktsiyalarini ifodalovchi – axborotlarni yig’ish, jamlash, uzatish, saqlash va boshqa jarayonlarni amalga oshruvchi «inson-mashina» tizimi deb yuritilib, boshqaruvchi sub’ekt va boshqariluvchi ob’ekt o’rtasidagi to’g’ridan to’g’ri va teskari aloqalarini tutashtiradi, hamda tashqi axborotlar oqimini tizimga kiritadi va chiqaradi Bu tizimni yaratish uchun bir nechta tomoyillar ishlab chiqilgans
Axborot tizimlarining turlari, klassifikatsiyasi va yaratish tamoyillari.
Hozirgi kunda jamiyat taraqqiyotining hamma jabhalarida aloqa vositalari va kompyuterdan foydalanishga asoslangan yangi axborot texnologiyalarini qo’llanishi bilan bog’liq holda «axborot tizimi» degan ibora keng qo’llanib kelinadi. Agarda axborot tizimlari tashkil topish bosqichlarini e’tiborga oladigan bo’lsak, u holda ham moddiy (insonlar, hujjatlar, kompyuterlar), ham mavhum (matematik modellar, bilimlar) tizimlarni o’z ichiga oluvchi dinamik tizimligi aniqlanadi. Axborot texnologiyasini yaratilishidan asosiy maqsad insonga ob’ekt holatini tahlil qilishi va shu asosda biron faoliyatni amalga oshirishi yuzasidan qaror qabul qilish uchun zaruriy axborotlarni ishlab chiqishdan iboratdir. Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagi tavsifni berish mumkin. Axborot tizimlari – ob’ekt, xodisa yoki jarayonning holati haqida yangicha ma’lumot olish maqsadida ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va uzatish vositalari hamda usullari majmuasidan (boshlang’ich ma’lumotlar) foydalanish jarayonidir. Iqtisodiy tizimlar boshqarish nuqtai nazaridan axborot tizimi kabi qaraladi va ko’pincha avtomatlashtirilgan tizim, deyiladi. Bu tizimlarning asosiy vazifasi foydalanuvchilarning talabiga muvofiq ravishda axborotlarni to’plash va tayyorlash, saqlash, uzatish va taqdim etishdan iborat. Qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida axborotlarni saqlash, to’plash va ishlov berish uchun foydalaniladigan vositalar, usullar va xodimlarning o’zaro bog’liq to’plami axborot tizimlarini tashkil qiladi (AT). Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari kompyuter va kommunikatsion qurilmalar, dasturiy ta’minot, lingvistik vositalar, axborot resurslari va tizim mutaxassisini o’z tarkibiga oluvchi majmuadir. Tizim qaror qabul qilmish va foydalanuvchining axborotlarga bo’lgan talablarini qondirish uchun mavjud dunyoning bior-bir qismining dinamik axborot modelini qo’llab-quvvatlaydi.
Avtomatlashtirilgan Atning tarkibi 5-rasmda aks ettirilgan.

https://yolkki.ru/uz/the-state/osnovnye-priznaki-sovremennogo-informacionnogo-obshchestva/

20-asrning oxiridan to hozirgi kungacha dunyo miqyosida sanoatning o’sishining eksponenti bo’lib kelgan.

“Nomoddiy” mahsulotlarning ko’payishi


Bir asr oldin ishlab chiqarilgan ma’lumotlarga qaraganda, insoniyat tarixida birinchi marta katta hajmdagi ma’lumotlar yaratila boshlandi.

Bu nafaqat texnologiya hozirda mavjud bo’lgan qulay foydalanish, balki iqtisodiy resurs sifatida axborot tomonidan olingan yangi qiymat bilan ham bog’liqdir.

Kamchiliklari
Iqtisodiy nazoratni kuchaytirish
Texnologiyalar jahon miqyosida yangi qoidalarni o’rnatishga va kapitalizmning paydo bo’lishiga olib keldi, bu global aloqa vositasi sifatida kiber makondan foydalanadigan kuchli institutlar nazorati ostida.

Bu jamiyat uchun har doim ham ijobiy bo’lmaydigan raqobatlashadigan fikrlashni yaratdi.

Kümülatif rejimning paydo bo’lishi
Neo-marksistlar nazariyalariga ko’ra, axborot jamiyatining paydo bo’lishi kümülatif iqtisodiy tizimni vujudga keltirdi, bu esa ish haqining pasayishi va ishchi kuchini jalb qilishning ozgina ehtiyoji tufayli qashshoqlik va ishsizlikni oshiradi. Sanoat.

An’anaviy jamiyatdan ajralib chiqish


Texnologiyalarga bog’liq jamiyatni yaratish jamiyatning hozirgi holati to’g’risida noto’g’ri tushunchani keltirib chiqaradi.

Garchi hozirgi kunda texnologiyadan foydalanish odatiy omilga aylangan bo’lsa-da, odamlar hali ham bir asr avvalgidek qobiliyatli, ammo hozirgina bilimga osonroq kirish mumkin.

Adabiyotlar
Axborot jamiyati, Sotsiologiya lug’ati, 1998. Encyclopedia.com saytidan olingan
Axborot jamiyati, M. Ruz, 2005. Techtarget.com saytidan olingan
Axborot jamiyati nima?, F. Vebster, 2010 yil nashr etilgan. Tandfonline.com
Axborot jamiyati xususiyatlari, E. Cummins, (nd). Study.com saytidan olingan
Axborot jamiyati, Vikipediya ingliz tilida, 2018. Wikipedia.org saytidan olingan
Maqola



Download 22.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling