1. Inflatsiya va uning turlari, inflatsiyaning pul massasiga ta’sirining statistik tahlili


Download 323.57 Kb.
bet1/12
Sana12.03.2023
Hajmi323.57 Kb.
#1264462
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1. Inflatsiya va uning turlari, inflatsiyaning pul massasiga ta’


Mundarija:
Kirish
1. Inflatsiya va uning turlari, inflatsiyaning pul massasiga ta’sirining statistik tahlili.
2.Kredit partfeli va uning risklarini statistik tahlili.
3.O’zbekiston banklarida muddati o’tgan qarzlar, xavfli kredit paketlari ulushi bo’yicha statistik tahlili.
4. O’zbekiston sharoitida inflatsiyaning pul massasiga va kredit paketlariga ta’siri tahlili.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish
Respublikamizda iqtisodiy islohotlarni o‘tkazish tubdan yangicha yondashuvini, bunda sifat jihatidan yangi vazifalar hamda sharoitlarni, amaliy tajribani hisobga olishni, asosan o‘z kuchiga tayanishni hayotning o‘zi taqozo qilmoqda. Bu tub o‘zgarishlar mamlakatimizning iqtisodiy sohalarini rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochmoqda. Bu jarayonlarni yanada mustahkamlash respublikamiz tijorat banklarining inflatsiya sharoitida kredit portfellari va to’lov muddati o’tgan qarzlarni samarali boshqarish imkoniyati darajasida oshirishni taqozo etadi.
Tijorat banklari kreditlari bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik subyektlarining joriy va investitsiya xarajatlarini moliyalashtirishning asosiy manbaiga aylanadi. Shu bilan birga kreditlar tijorat banklari mahsulotining asosiy turi hisoblanadi. Banklar kreditlar orqali o‘zlarining faoliyatini moliyaviy asosini yaratadilar.
Hozirgi kunda berilgan kreditlarni o‘z vaqtida va to‘liq qaytmasligi, transformatsiya riskining chuqurlashib ketishi O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida likvidlilik muammosining paydo bo‘lishiga va chuqurlashib ketishiga olib keldi.
Shuning uchun ham muhtaram Prezidentimiz o’zining 2022- yil 28 – yanvardagi PF- 601 sonli farmonida ham ushbu soha bo’yicha quyidagi jumlalarni keltirib o’tganlar: “ Iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni ko‘paytirish maqsadida, kelgusi 5 yilda fond bozori aylanmasini 200 million AQSh dollaridan 7 milliard AQSh dollariga yetkazish.
Mamlakatimizda kapital harakatini bosqichma-bosqich erkinlashtirish hamda yirik korxonalarni va ulardagi ulushlarni (aksiyalarni), shu jumladan fond birjasi orqali xususiylashtirish.
Davlat ulushiga ega tijorat banklarida transformatsiya jarayonlarini yakunlab, 2026-yil yakuniga qadar bank aktivlarida xususiy sektor ulushini 60 foizgacha yetkazish. “
Bundan tushunish mumkunki banklar faoliyatini rivojlantirish va doimiy inflatsiya sharoitida kredit paketlarini samarali boshqarish orqali tadbirkorlik subye’tlarini rivojlantirish va ko’paytirish asosiy masala sifatida qaralmoqda.
Bundan tashqari 2017-yil 12-sentabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3270-sonli2 qarori asosida bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, xalqaro tajribani hisobga olgan holda, bank tavakkalchiligini baholashni takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishning zamonaviy tamoyillari hamda mexanizmlarini joriy etish dolzarb vazifalardan qilib belgilandi.
Men yuqorida keltirilga sabablar tufayli “ Inflatsiya sharoitida kreditlar va to’lov muddati o’tgan qarzlar “ mavzusida kurs ishi yozishni va sohani statistik tahlil qilishga kirishdim.

Download 323.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling