1. Inflatsiya va uning turlari, inflatsiyaning pul massasiga ta’sirining statistik tahlili
Inflatsiya va uning turlari, inflatsiyaning pul massasiga ta’sirining statistik tahlili
Download 323.57 Kb.
|
1. Inflatsiya va uning turlari, inflatsiyaning pul massasiga ta’
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inflyatsiya
1.Inflatsiya va uning turlari, inflatsiyaning pul massasiga ta’sirining statistik tahlili.
Inflyatsiya XVIII asrning o`rtalarida muomalaga ta’minlanmagan juda ko`p miqdorda pul chiqarishi natijasida pul tizimidagi inqiroz natijasida yuzaga chiqqan. Inflyatsiya (lotincha «inflation» so`zidan olingan va shishish, ko`pchish, ko`tarilish ma’nosini anglatadi) o`z mohiyatiga asosan pulning qadrsizlanishi, tovar va xizmatlarga bo`lgan baholarning muntazam ravishda oshib borishi jarayonini anglatadi. Shuni ta’kidlash lozimki, rivojlangan mamlakatlar tajribasi inflyatsiya nisbatan me’yor darajasidagi pul massasi holatida ham yuzaga chiqishi mumkin. Inflyatsiya– bu pul massasining tovar aylanmasi ehtiyojlariga nisbatan ortib ketishi natijasida pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar narxlarining o`sishidir3. Inflyatsiya– bu muomala sohasining pul belgilari bilan milliy xo`jalik haqiqiy ehtiyojlaridan ortiqcha miqdordato`libketishi4. Inflyatsiya– bu iqtisodiy tizimda narx o`sishining barqaror tendentsiyasi orqali ifodalanuvchi makroiqtisodiy hodisa5. Inflyatsiya– bu: muomalada mavjud bo`lgan naqd qog`oz pullar yoki naqd bo`lmagan pul hajmining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan tashqari ko`payib ketishi; pullarning xarid qobiliyatining pasayishi; uzoq davr mobaynida narxlarning umumiy o`sishi6. Bu ta’riflardan ko`rinib turibdiki, inflyatsiya tushunchasini yoritishda bir tomonlama yondashishga yo`l qo`yilib, uning mazmunini to`la va yyetarli darajada ochib bera olinmagan. Inflyatsiyani to`g`ri tushunish uchun pulning qadrsizlanishini va uning sabablarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Pulning qadrsizlanishi faqatgina qog`oz pullargagina xos bo`lgan hodisa emas, u hamma pullarga, jumladan metall (oltin) pullarga ham xosdir. Oltin pul quyidagi ikki holatda qadrsizlanadi: 1) oltin qazib olish texnologiyasi takomillashib, yangi texnikalarni qo`llagan holda mehnat unumdorligining oshishi va, binobarin, oltin qiymatining pasayishi natijasida. Agar boshqa tovarlar qiymati o`zgarmagan holda oltin qiymati ikki barobar pasaygan deb faraz qilsak, u holda tovarlar odatdagi hajmlarining muomalasi uchun ikki barobar ko`proq oltin pul kerak bo`ladi. Demak, buholatdatovarlarnarxioshib, oltinpulningqadrsizlanishiro`yberadi; 2) ba’zi iqtisodchilar metall pullarning qadrsizlanishini qadimdan ma’lum bo`lgan metall pullarni soxtalashtirish jarayoni bilan ham bog`laydilar. Qadimgi Gretsiya, Rim imperiyasida eramizga qadar va keyinchalik boshqa davlatlarda ham oltin va kumush tangalar tarkibini nisbatan arzon metallar aralashtirish yoki ularning og`irligini o`zgartirish orqali soxtalashtirish holatlari uchrab turgan. Bu esa metall pullarning o`z qadrini yo`qotishini keltirib chiqargan. Boshqa holatlarda oltin yoki kumush pullar muomalada bo`lgan chog`da ularning qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiya jarayoni ro`y bermaydi. Iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar hajmidan ortiqcha bo`lgan pul massasi – oltin va kumush tangalar xazinaga aylanadi. Aksincha, iqtisodiyotda tovarlar ko`payib, muomala vositasini bajarish uchun pul etishmagan taqdirda ularni osonlik bilan jamg`arma tarkibidan chiqarib, muomalaga kiritilgan. Bu esa boshqa sharoitlar o`zgarmagan holda oltin va kumush pullar inflyatsiyaga uchramasligini anglatadi. Real qiymatga ega bo`lmagan qog`oz pullarning muomalaga kirib kelishi esa inflyatsiyaning kelib chiqishi uchun asosiy manba hisoblanadi. Chunki qog`oz pullarni jamg`arma sifatida muomaladan chiqarish kam samarali va ishonchsiz vosita bo`lib, ular pullarning ortiqchaligi sharoitida ham muomalada qoladilar. Natijada muomalada ortiqcha qog`oz pullarning ko`payishi mavjud yalpi talabni yanada kuchaytirib, narxlarning o`sishini tezlashtiradi. Inflyatsiya bozor xo`jaligining har xil sohalarida takror ishlab chiqarish nomutanosibliklari tug`diradigan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir. Biroq, shuni ham nazarda tutish kerakki, alohida tovar bozorlaridagi talab va taklif nisbatining har qanday buzilishi ham inflyatsiyani keltirib chiqaravermaydi. Shuningdek, iqtisodiyotdagi davriy o`zgarishlar, masalan, talabning mavsum bilan bog`liq holda oshishi yoki tabiiy ofatlar natijasida tovarlarga talabning kuchayishi keltirib chiqargan narxlarning o`sishi inflyatsiyani anglatmaydi. Bu narxlar ma’lum muddat o`tgach, bozordagi talab va taklif nisbati muvozanatga kelgach, yana pasayishi mumkin. Yuqoridagilardan xulosa qilib inflyatsiyaga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: inflyatsiya deb pul muomalasi qonunlari buzilishi bilan bog`liq holda qog`oz pullarning qadrsizlanishiga aytiladi. Bu yyerda qog`oz pul miqdorining nisbatan ortib ketib, uning qadrsizlanishi gap uning ortiqcha emissiya qilinishi, pul emissiyasi o`zgarmasdan, uning aylanish tezligining oshishi, muomaladagi pulmiqdori o`zgarmasa ham tovar ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish hajmining kamayib ketishi, tovarlar va xizmatlar ijtimoiy qiymatining va, binobarin, narxining pasayishi va nihoyat, pul qiymatining pasayishi kabi omillar ta’sir qiladi. Manashu omillar yana bir-bor inflyatsiya – tovarlar narxining o`sishidir degan ta’rifning to`liq va yetarli emasligini ko`rsatadi. Qog`oz pullar inflyatsiyaga uchraganda uch xil narsaga nisbatan qadrsizlanadi: 1) oltinganisbatan – bu oltinning qog`oz pullarda bozor narxining oshishida o`z ifodasini topadi; 2) tovarlarga nisbatan – bu tovarlar narxining oshishida o`z ifodasini topadi; 3) bardoshli chet el valyutalariga nisbatan – bu chet el valyutalariga nisbatan milliy pul kursining tushib ketishida o`z ifodasini topadi. Hozirgi zamon inflyatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlarga bo`lgan baholarni muntazam o`sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi, moliya hamda kredit sohasidagi salbiy omillar bilan tasniflanadi. Inflyatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo`lib iqtisodiyot tarmoqlari, jamg`arma va iste’mol, talab va taklif, davlat daromadlari va xarajatlari, xo`jaliklarning pul massasi va unga bo`lgan talabi o`rtasidagi mutanosiblik hamda markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu ta’kidlab o`tilgan omillar o`z mohiyatiga asosan inflyatsiyaga, uning darajasiga turlicha ta’sir etishi mumkin. Xalqaro amaliyotda iqtisodchi olimlar inflyatsiyaning yuzaga chiqadigan omillar asosan ikki guruhga: ichki va tashqi omillarga ajratadilar. Biz ushbu omillarning mohiyatini yoritishga xarakat qilamiz. 1. Ichki omillarni mohiyatiga asosan pullik (monetar) va pulsiz omillarga ajratish mumkin. Pullik omillarga davlat moliyasining inqirozi, byudjetning taqchilligini mavjudligi, davlat qarzdorligini ortishi, pul emissiyasi, kredit dastaklarining aylanishini ko`payishi, pul aylanmasining tezligi va boshqalar kiradi. Pulsiz omillarga milliy iqtisodiyot tarmoqlari o`rtasidagi nomutanosiblik, tarmoqlar iqtisodiy rivojlanishdagi bir maromsiz daraja, ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohalarida monopoliyaning (oligopoliya) mavjudligi, narx shakllntirishdagi davlat monopoliyasi, markaziy bankning kredit ekspansiya va boshqa omillarni kiritish mumkin; Download 323.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling