Mavzu: Axborot texnologiyasining bugungi kundagi o’rni


Download 12.04 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi12.04 Kb.
#1323348
Bog'liq
Axborot texnologiya-1


Mavzu: Axborot texnologiyasining bugungi kundagi o’rni.
Reja:

  1. Kirish

Axborot ustida kerakli amallarni bajarish borasida tashkil qilingan javraen axborot texnologiyasi deb ataladi.
Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash- tashkiliy texnikadan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo’llaniladi.
.Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan bo'lsa-da, xozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o'ziga xos xususiyati shundaki, tsivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xom ashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o'rinni egallamoqda.
Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan bog'liq faoliyat soxalari tashkil vailadi.
2.Asosiy qism.
1.O’zbekistonda Axborot texnologiyalarning rivojlanish tarixi.
2.O’zbekistonda Axborot texnologiyalarning rivojlanishi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar
3.O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish.
Axborot texnologiyalari va kommuni-katsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda quyidagi yo‘nalishlar belgilab olingan: — davlat va xo‘jalik organlari, mahalliy davlat organlarining joylarda zarur axborot tizimlari va resurslarini, dasturiy ta'minot va elektron xizmatlarning joriy qilinishini muvofiqlashtirishlarini belgilab olish; — mamlakatda raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari bozorini, jumladan davlat xususiy sherikchiligi asosida texnopark va kovorking-markazlar faoliyatini tashkil qilish orqali xorijiy sarmoyalarni jalb qilish uchun qulay sharoit yaratish; — zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasi, aloqa texnologiya va tarmoqlarini rivojlantirish, zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirishni joriy qilishni muvofiqlashtirish; — davlat boshqaruvida va iqtisodiyot sohalarida elektron xizmatlarni joriy qilish, elektron tijorat va dasturiy ta'minot bozorini rivojlantirish orqali raqamli iqtisodiyotni yuksaltirish; — Internetning milliy segmentini, raqamli media-kontentni tashkiliy, moddiy-texnik va iqtisodiy qo‘llabquvvatlash orqali rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; — shahar va hududiy infratuzilmani boshqarishda foydalanish, xususan turar-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish, transport logistikasi, xavfsiz va «aqlli shahar» uchun «aqlli tizim»larni ishlab chiqish;—malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish. Komissiyaga quyidagi vazifalar yuklatiladi:—ikki oy muddatda davlat organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining holati, jumladan axborot tizimlari va kadrlar bilan ta'minlanganlik holatini to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazish; — 2018 yilga qadar mazkur yo‘nalishni takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. Shu bilan birga, 2030 yilga qadar «Raqamli O‘zbekiston» konsepsiyasini ishlab chiqish yuzasidan ham chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan. Qaror loyihasi muhokamasi joriy yilning 31 avgustiga qadar davom etadi.
Bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasi respublikamizning rivojlanishida muhim o‘rin tutib kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan yurtimizda axborot texnologiyalarini keng joriy qilish va rivojlantirish borasida olib borgan siyosati hozirgi kunga kelib o‘z natijalarini ko‘rsatmoqda. Prezidentimizning 2020 yil 2 martdagi farmoni bilan tasdiqlangan Harakatlar strategiyasining “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlashda eng ustuvor vazifalaridan biri, ijtimoiy soha ob’ektlari, jumladan, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini tezkor internetga ulash vazifasi qo‘yildi. Bu, o‘z navbatida, yosh avlodning zamonaviy bilim olishi, bemorlarga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish salohiyatini oshirishi bilan ahamiyatlidir.
Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyatda kechayotgan jarayonlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, islohotlar samaradorligini oshiradi, aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi, yangidan-yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Shu nuqtai nazardan aytganda,Ushbu sohani rivojlantirish bo’yicha O’zbekiston o’z strategik yo’lini belgilab bo’lgan va ushbu yo’lda ko’pdan ko’p ishlar amalga oshirilmoqda.Men aynan shu ishlar haqida eng so’ngi malumotlarni bermoqchiman 2019-yil 31-oktyabr kuni Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019-yilning 9- oyida amalga oshirilgan ishlar natijalari bo‘yicha hisobot eshitildi. Majlisda Qo‘mita a’zolari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar. Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining joriy yil 9 oyidagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi. Ta’kidlanganidek, 2019-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi zimmasiga 40 ta maqsadli vazifa yuklatilgan. Ularni amalga oshirish borasida vazirlik tomonidan izchil ishlar olib borilgan. Jumladan, chet el investorlarini dasturiy mahsulotlar sohasida qo‘shimcha loyihalarni amalga oshirishga jalb qilish maqsadida joriy yilning sentyabr oyida “ICTWEEK Uzbekistan 2019” AKT haftaligi o‘tkazildi. Mazkur tadbir doirasida “DIGITAL UZBEKISTAN” AKT forumi, “ICTEXPO” ko‘rgazmasi, “Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarda axborot texnologiyalari va innovatsion rivojlanish” forumi tashkil etilib, Birlashgan Arab Amirliklari bilan birgalikda “mGowAward” respublika tanlovi e’lon qilindi. Aloqa va axborot texnologiyalari sohasidagi yetakchi xorijiy mamlakatlar (Belarus va Hindiston) oliy o‘quv yurtlari bilan qo‘shma fakultetlarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tuzilmasida O‘zbek-Belarus qo‘shma fakultetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2019/2020-o‘quv yilida yangi yo‘nalish bo‘yicha 505 nafar yigit-qizlar talaba bo‘ldi. Bundan tashqari, 1-band bo‘yicha investitsiya dasturi doirasida III-IV choraklarda bajarilishi lozim bo‘lgan “Optik tolali aloqa liniyalarini qurish”, “Radiochastota spektri monitoringi tizimini kengaytirish va rivojlantirish”, “Magistral va multiservis transport tarmog‘ini kengaytirish” loyihalari amalga oshirilmoqda. Shu bilan bir qatorda, majlisda vazirlik faoliyatidagi kamchiliklar ham tahlil qilindi va shundan kelib chiqib, bir qator tavsiyalar bildirildi. Xususan, magistral telekommunikatsiya transport tarmoqlarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyiha doirasida qurilmalarni respublikaga keltirish va joylarda o‘rnatish ishlarini jadallashtirish lozimligi ta’kidlandi. Shuningdek, joriy yilda optik tolali aloqa liniyalari qurilishini 10 ming kilometrga yetkazish choralarini ko‘rish zarurligi, bunda olis qishloq aholi maskanlari va ijtimoiy infratuzilma ob'yektlariga alohida e’tibor qaratish kerakligi qayd etildi. 29-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston Respublikasi hamda Yaponiya hukumatlari kelishuviga muvofiq mamlakatimizdagi OTMlar orasida yagona bo‘lgan, qiymati 1,6 mln. AQSh dollarini tashkil etuvchi o‘quv media-markazi ochildi. O‘quv media-markazining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) vitse-prezidenti janob Kazuxiko Kashikava, Yaponiya elchisi janob Fujiyama Yoshinori, universitet professor-o‘qituvchilari, OAV vakillari hamda talabalar ishtirok etishdi. Ochilish marosimidan so‘ng tadbir ishtirokchilari va mehmonlarga media-markazning barcha imkoniyatlari, eng ilg‘or texnologiyalar, uning faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. O‘quv media-markazida xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish, ta’lim tizimida eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, shuningdek, talabalarga amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishda foydalaniladi. Bu orqali zamonaviy media makoniga yuqori tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarni yetkazib berish maqsad qilingan. 4 sentabr kuni, Toshkentdagi Xalqaro savdo markazida ICTWEEK-2019 haftaligi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda «O‘zbektelekom» AK, Huawei kompaniyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va IT texnoparki vakillari ishtirok etishdi. Mutasaddilar haftalik doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar, tanlovlar, xalqaro hamkorlik va boshqa muhim masalalar haqida ma'lumot berishdi. Jumladan, 5G tarmog‘i borasida «O‘zbektelekom» AK tijorat direktori v.b Alisher Zufarov kengroq axborot berdi. Aholi imkoniyatini hisobga olib, keyin texnologiyani yaxshilashga e'tibor bersak, ancha orqada qolib ketishimiz mumkin. 14 sentyabrda Toshkent univermagida test rejimida 5G’ni ishga tushirdik. Keyin «O‘zekspomarkaz»da xuddi shu jarayon o‘tkazildi. U yerda 5G tarmog‘iga ulangan smartfon, kompyuterlar namoyish etildi. Bu tarmoqni keng foydalanuvchilarga taqdim qilishdan oldin qiladigan ishlarimiz ko‘p. Eng avvalo, malakali kadrlarni tayyorlash. Keyingi bosqichlarda 5G’ni aholi gavjum hududlarga o‘rnatish mo‘ljallangan. Shuningdek, qancha qurilma sotib olishimiz kerakligi, qancha mablag‘ ketishi masalalari ham bor», deydi Zufarov.Uning ta'kidlashicha, O‘zbekistonda 5G tarmog‘ini ishga tushirishga kamida bir yoki bir yarim yil vaqt ketadi. Ba'zan rejalar amaliyotdan farq qiladi. Ko‘rsatilgan muddat qisqarishi ham mumkin. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjumani bo'lib o'tdi(4.11.19) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2019 yil 4 noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjumanini o‘tkazdi. Matbuot anjumanida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Q.Yuldashev va “O‘zbektelekom” AK vakillari ishtirok etdilar. Matbuot anjumani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349-son Farmoni ijrosiga bag‘ishlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2018 yil 19-fevraldagi PF-5349-son Farmoni asosida Axborot texnologiyalari vazirligining asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor vazifalari belgilab berilgan. Telekommunikatsiyalar yo‘nalishida operator va provayderlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar.
3. Xulosa.
Axborot texnologiyasi jamiyatning jadal rivojlanishiga ta’sir etuvchi eng muhim omildir. Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan bo’lsa-da, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatning o’ziga hos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch – energiya, xom – ashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan harajatlardan ustunlik qilmoqda, yani axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o’rinni egallamoqda.
Download 12.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling