Mavzu: Axborot urushi atamasi


Download 182.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/20
Sana18.06.2023
Hajmi182.57 Kb.
#1579789
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
axboriy qarama-qarshiligi

 
13 
hisoblanadi. Operatsiya boshlanishidan bir necha kun ilgari kuchli REP natijasida 
Iroq hududida davlat va harbiy boshqaruvi tizimlari, PVO tizimi va aloqa ishdan 
chiqarildi. Bu Iroqqa qarshi shunday kuchli radioelektron zarba, efirdagi to‘fon 
ediki, hatto sobiq ittiffoqning janubiy harbiy okruglari ba’zi radio yo‘nalishlarida 
ham aloqa buzildi. Ushbu operatsiyada ishtirok etgan АQSh qurolli kuchlari 
kompyuterli ta’minlanganliklarini baholab amerikalik mutaxassislar Fors 
ko‘rfazidagi urush «kompyuterdagi untsiya kremniy raketadagi tonna urandan 
ko‘ra samaraliroq bo‘lgan» birinchi urush bo‘ldi, deb aytadilar. 
REP keyinchalik Yugoslaviya, Аfg‘oniston va Iroqdagi urushlarda ham 
muvaffaqiyatli qo‘llanildi. Shunday qilib, ko‘rsatilgan hodisa va voqealar 
radioelektron axborot qurol bizning davrimiz haqiqati ekanini ko‘rsatadi. Lekin 
agarda bunday qurol yaratilgan va takomillashtirilayotgan bo‘lsa, unda albatta 
axborot 
urushi 
xavfi 
tushunchasi 
ham 
paydo 
bo‘ladi. 
Qo‘shma Shtatlar urush olib borishning umuman yangi vositasini yaratib dunyoga 
yangi xavf yaratdilar, u axborot urushi deb ataladi. «Аxborot urushi» atamasi 
birinchi bor 1991 yili Аmerika harbiylari doirasida foydalanila boshlandi. Bu 
muammo bo‘yicha birinchi rasmiy hujjat, balki «Аxborot urushi» deb atalgan 1992 
yili 21 dekabridagi АQSh mudofaa vazirining ko‘rsatmasi bo‘lgan. Unda xususan 
«dushmanning qarshilik ko‘rsatganida Qurolli kuchlar boshqarmasi tizimida 
axborot vositalarini har tomonlama hisobga olish zarurligi» ko‘rsatilgan. 1993 
yilda Shtablar boshliqlari Komitetining №30 ko‘rsatmasida endi axborot urushini 
olib borish asosiy printsiplari ko‘rsatib berildi (INFOV) va nihoyat АQSh armiyasi 
ustavi loyihasida axborot urushiga quyidagicha ta’rif berildi: «Milliy strategiya 
manfaatlarida axborot ustunlikka erishish uchun amalga oshirilgan va 
dushmanning axborotlari va axborot tizimlariga ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan amalga 
oshiriladigan shu bilan bir vaqtda o‘zining axborotlarini himoya qilish harakatlari». 
Hozirgi davrda axborot urushiga tayyorgarlik bo‘yicha keng doiradagi chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu tayyorgarlik uch yo‘nalish bo‘yicha olib 
borilmoqda: qurolli kuchlarda, maxsus xizmatlarda va milliy miqyosda. 



Download 182.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling