Mavzu: Axborot urushi atamasi
Download 182.57 Kb. Pdf ko'rish
|
axboriy qarama-qarshiligi
10 kompyuter tizimlari yaratuvchilari va ularni matematik ta’minlovchilar uchun moddiy mablag‘larni ayamaydi. Hatto shunday formula ham paydo bo‘ldi: «Kelajak urushida kimning dasturchilari kuchliroq bo‘lsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi». Ijtimoiy muhit bir necha ming yillardan beri mavjud, lekin keng axborot urushlari faqatgina ikkinchi ming yillik oxirlaridagina boshlandi. Chunki, kibernetik muhitning yuzaga kelishi axborot urushlari davrini boshlab berdi. Аynan kibernetik tizimlar uchun «axborot qurol» deb ataluvchi tegishli vositalar ishlab chiqildi va aynan kibernetik muhitda bu qurollardan foydalanib ma’lum g‘alabalarga erishish mumkin. Aniq bo‘lishi uchun texnik vositalar zamonaviy axborot urushi haqida gapirar ekanmiz kibernetik urush va kibernetik qurol terminlarini ishlatish mumkin. Ular sodir bo‘layotgan hodisalarning mohiyatini aniqroq aks ettiradilar. Hozirgi paytda АQShda axborot qurolning turli tizimlari yaratilgan va qurol sifatida qabul qilingan (Information weapon — INFOR) (bundan keyin qisqacha INFOR). Bu tizimlarni vazifasi va ta’sir doirasi (ob’ektlari) bo‘yicha shartli ravishda uchta turga (klasslarga) ajratish mumkin. Infor Ishdan chiqaruvchi va zararlantiruvchi axborot tizimlar va davlat harbiy ob’ektlari, sanoat, transport, aloqa, energetika, banklar va boshqa tashkilotlar boshqaruv organlari faoliyatini ta’minlovchi tarmoqlar. Bu klassga «kompyuter viruslari», «mantiqiy bombalar» va boshqa vositalar kiradi. Ularning qisqacha xususiyatlari shulardan iborat: Kompyuter Virusi (KV) boshqalarning «Elektron muhitiga» tadbiq etiladigan (kiritiladigan) dastur. KV aloqa tarmoqlari va axborotlar almashish tarmoqlari orqali yuboriladi, elektron telefon stantsiyalari va boshqaruv tizimlariga kirib boradi. Ko‘rsatilgan, belgilangan vaqtda yoki KV signallari bo‘yicha EHM xotirasida saqlanadigan axborotlarni o‘chirib yuboradi yoki o‘zgartiradi, shu bilan birga o‘zgartirish ixtiyoriy yoki aniq maqsadli bo‘lishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling